Tavsiya etiladigan so‘zlar: sen, o‘z, barcha, u, hamma, unday, bunday, shu,
bu, men, siz, qandaydir.
6.4-mashq.
Quyida berilgan izohlardan lapar, baxil, saxiy, insof,
omonlashmoq, yo‘ymoq so‘zlarining ma’nolarini topib, lug‘at daftaringizga
ko‘chiring va eslab qoling: 1) birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan; sarf-
xarajatni yoqtirmaydigan; 2) to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar
orasida tarafma-taraf bo‘lib birgalikda ijro etiladigan qo‘shiq va raqs; 3) birovdan
narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan; 3) adolat va vijdon bilan ish tutish; 4)
salomlashmoq; vidolashmoq; 5) biror narsaning sababini o‘zicha taxmin qilmoq.
Uyga vazifa
6.5-mashq.
“Kim birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi” maqoli asosida
matn yarating va uni sifndoshlaringiz huzurida telenutq sifatida og‘zaki ifodali
bayon etishga tayyorlaning.
7-dars
RAVISHNING MA’NO TURLARI
7.1-mashq.
Quyida ravish ma’no turlarining har biriga aralash holda 5 tadan
misol berilgan. Ularni ma’no turi bo‘yicha jadvalga joylashtiring: zo‘rg‘a, kecha,
uzoqda, sal, mardlarcha, boya, unda-bunda, g‘oyat, olg‘a, endi, tez, ozgina,
yuqoridan, ertalab, ko‘p, to‘satdan, avval, to‘g‘riga, juda, do‘stona.
7.2-mashq. Berilgan har bir qatordagi so‘z o‘ziga xos bir umumiy belgi ostida
birlashadi, biroq ulardan bittasi boshqalaridan keskin farqlanib turadi.
Qatorladagi shunday so‘zni aniqlang.
Masalan, ota – shaxs oti, kitob – narsa oti, qishloq – o`rin-joy oti; bu so`zlar ot
so`z turkumiga kirishi bilan birlashadi, ammo otning har xil ma`no turi ekanligi
bilan farqlanadi (siz boshqa umumiy va farqli tomonini ham aytishingiz mumkin.
Bu esa sizning mahoratingizga bog`liq).
1) birdan, qo‘qqisdan, tong;
2) ertalab, avval, to`satdan;
3) g‘oyat, juda, eng.
Do'stlaringiz bilan baham: |