7.3-mashq.
Nuqtalar o‘rniga tegishli ravishlarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
Ularning qaysi ma’no turiga oidligi va qanday vazifada kelganini ayting.
1. Xadicha xola bundan yaqin olti oy ... kelganida, bir qiyiq behi olib kelgan
edi. (A.Q.) 2. Xadicha xola ... o‘ylanib turdi. (A.Q.) 3. Men darvozaning oldida ...
turib qoldim. (O.Y.) 4. Sidiqjon ... o‘tirdi-yu, endi qaytib ketmoqchi bo‘lib turganida
O‘rmonjon kelib qoldi. (A.Q.) 5. ... eshik «g‘iyq» etib ochildi-yu, Hamro bosh suqib
mo‘raladi. (G‘.Rasulov) 6. Poyezd meni sershovqin stansiyaga tashlab, ...
qichchqirganicha, oldinga intildi. (S.A.) 7. ... Sidiqjonni ko‘rgani bolaligidagi
o‘rtoqlaridan biri keldi. (A.Q.) 9. U O‘rmonjonga, Bo‘taboyga, Kanizakka ... salom
aytdi. (A.Q.)
Tavsiya etiladigan so‘zlar: jindak, ozgina, burun, xiyla, ancha, picha, yana,
kechqurun, ko‘pdan ko‘p, ko‘p.
7.4-mashq.
To‘xtovsiz, do‘stona, qishin-yozin, mardlarcha yasama ravishlari
ishtirokida gaplar tuzing. Ravishning qaysi ma’no turiga mansubligini, gapda
qanday sintaktik vazifada kelayotganini ayting.
7.1- topshiriq.
Matnni o‘qib, unda qanday g‘oya ilgari surilayotganini ayting.
Hikoyadagi tasvirdan qanday hikmat hosil bo‘ladi?
FIL HIKOYATI
Filni bir xonaga qamashib, uni umrida ko‘rmagan kishilarga ko‘rsatishdi. Xona
qop-qorong‘i bo‘lib, nafas olishidan u yerda bir maxluq borligi zo‘rg‘a bilinar edi.
Kishilar avval filni paypaslab ko‘rishdi va so‘ngra o‘z tasavvurlarini bayon qilishdi.
Хartumini ushlagani filni yo‘g‘on arqonga, qulog‘ini ushlagani yelpig‘ichga,
oyoqlarini ushlagani ustunga, qornini ushlagani qoyaga o‘xshatdi.
Shunday qilib, har bir kishi filni o‘zi paypaslagan narsasidek tasavvur qildi.
(Sharq hikoyasi)
Do'stlaringiz bilan baham: |