1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Uyga vazifa 
5.2-topshiriq. 
Kundalik matbuot nashrlaridan undov va modal so‘zlar 
qatnashgan matn yoki parchalarni ko‘chirib yozing. Gaplarni bu so‘zlarsiz o‘qib 
ko‘ring. Farqlarni tushuntiring. 
5.3-topshiriq.
Berilgan izohlardan uchqun, shu’la, nur, ziyo, yog‘du 
so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling. 
So‘zlarni “kitobiylik belgisining oshib borishi” asosida tartiblang: 2) tumanday 
taraluvchi yorug‘lik; 2) bir yo‘nalishda yo‘nalgan yorug‘lik; 3) lipillab, ko‘rinib-
ko‘rinmay turgan olov yoki yorug‘lik; 4) bilim, ma’rifat; 5) olov zarrasi. 
6-dars 
OLMOSHNING MA’NO TURLARI 
6.1-mashq.
Quyida olmosh ma’no turlarining har biriga aralash holda 5 tadan 
misol berilgan. Ularni ma’no turlari bo‘yicha jadvalga joylashtiring ma’no turi 
nomlarini yozib, jadval mazmunini og‘zaki bayon qiling. 
O‘sha, hamma, qaysi, o‘zim, allakim, hech qaysi, men, barcha, o‘zi, hech 
qancha, sen, ana, qachon, har kim, o‘zlari, sizlar, hech qayer, biz, qayer, mana shu, 
qaysidir, hech qachon, qanaqa, ular, bari, o‘zing, nega, ana o‘sha, nimadir, o‘zingiz, 
allaqancha, hech bir, allaqanday, har qancha, bu. 
Ma’no 
turi 
Olmoshlar 


6.2-mashq.
Har bir qatordagi so‘zlar bir umumiy belgi ostida birlashadi
biroq ulardan bittasi boshqalaridan keskin farqlanib turadi. Ushbu so‘zni toping:
1) 
biz, hamma, ular; 
2) kim? qachon? kimdir; 
3) har kim, har doim, har nima.
O‘zingiz ham shunday qator tuzing. 
6.3-mashq.
Misollarni ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga tegishli olmoshlarni 
qo‘yib qaysi ma’no turiga mansubligini qavs ichida yozing. 
1. Agar indamasak, ...larning lapar aytishlaring kechgacha tugamaydiganga 
o‘xshaydi. (S.A.) 2. ... uyim deb so‘zlama, uy ortida kishi bor. 3. Baxil topsa, bosib 
yer; saxiy topsa, ... yer. (Maqollar) 4. ... kishidan bir gap chiqadi. (A.Q.) 5. ... 
gapingiz haq, o‘rtoq Ahmedov. (A.Q.) 6. ... xayol, ... tasavvur bilan yigit Darai 
Nihonga qarab jo‘nadi. (S.A.) 7. ...ga ...ning insofim yo‘l bermaydi. (S.A.) 8. 
Shirinso‘z, mehribon xola yana ...ning yelkasiga qoqib omonlashdi. (Mirmuhsin) 9. 
... ona bo‘lishdan behad shod. (I. R.) 10. ...ning qoni to‘kilgan joydan shifobaxsh 
buloq chiqqan. (I. R.) 11. ... gapni hazilga yo‘yish uchun Sidiqjon ham kuldi. (A.Q.) 
12. ...dan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz bermoqchiman. (A.Q.) 13. ... ...ni ... sirli 
odam deb o‘ylayapsiz. (Mirmuhsin) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling