1 shavkat zokirov
partiya arbobi CHjou Enlay tayinlanadi. Yapon bosqinchilariga qarshi kurash va
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
partiya arbobi CHjou Enlay tayinlanadi. Yapon bosqinchilariga qarshi kurash va fuqarolarni urushi davri yirik harbiy sarkandasi CHju De Xalq Ozodlik Armiyasining bosh qo'mondoni bo'lib qoladi. XXRda davlat hokimiyatining xarakteri ishchi dehqon ittifoqiga asoslanuvchi, ishchilar rahbarligidagi xalqning demokratik diktoturasi sifatida belgilandi. Hokimiyatining markaziy va mahalliy organlarida ishtirok etishga kommunistlar bilan bir qatorda partiyasizlar va burjua-demokratik partiyalarining a'zolari jalvb qilindilar. Biroq mamlakatga asosan rahbarlikni ozodlik kurashi yillarida obro'-e'tibori nihoyatda o'sib ketgan kompartiya amalga oshirar edi. To'g'ri, dastlabki vaqtlarda joylarda Harbiy nazorat o'rnatib yirik ma'muriya rayonlar (SHimoliy, SHimoli-sharqiy, SHimoli-g'arbiy Xitoy kabi) tuzildi. Harbiy nazorat organlari vazifasiga jamoat tartibini o'rnatish, xo'jalikni yo'lni qo'yish, aksil inqilobiy, harakatlarni bostirish, yer islohoti va boshqa islohotlarni nihoyasiga yetkazish uchun sharoitlarni tayyorlashlar kirardi. 1950-1951-yillarda ko'plab gomindonchi yirik zamindor va jinoyatchi to'dalar yo'q qilindi. (ular soni qariyb 2 mln kishini tashkil etidi). Jamoat tartibi tiklana borgan sari, harbiy nazorat organlari hokimiyatni aholini barcha qatlamlari vakillari konferentsiyalarda saylangan mahalliy xalq hukumatlariga berila bordi. XKP rahbariyati milliy masalada milliy avtonomiya tamoyilligini ilgari 79 surdi. Turli vaqtlarda avtonom uyezd, okrug, va yirik avtonom vakillar tuzildi. (ichki Mo'g'uliston Sinziyan-uyg'ur, Tibet va boshqa). Imperiya davlatlarining Xitoyni siyosiy qamal qilishga intilgan sharoitda sobiq SSSR bilan XXR o'rtasida 1950 yil 14 fevralda imzolangan do'stlik va ittifoq o'zaro yordam to'g'risidagi shartnoma va bir qator ahdlashuvlarni imzolanishi alohida ahamiyatga ega bo'lgan edi. Bu shartnoma va axdlashuvlarda boshqa imtiyozlardan tashqari sovet qo'shinlarni Port-Arturdan olib chiqib ketish va bu rayondagi inshootlarni Xitoyga berish, imtiyozli shartlar bilan 300 mln dollar miqdorida uzoq muddatli (yiliga 1 foizli) kreditlar berish, Xitoy iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish uchun SSSRdan turli asbob-uskunalar va materiallarni yetkazib berishi ko'zda tutildi. SSSRning Xitoyga yordami zarur islohotlarni amalga oshirilishida ulkan rol o'ynadi, ayni vaqtda Xitoy jamiyatining barcha jabhalariga stalincha modelining uning barcha ziddiyatlari vakillari qusurlari bilan joriy etilishiga ham imkoniyat yaratdi. Inqilob g'alabasidan keyingi yillardagi eng muhim ijtimoiy islohotlardan, iqtisodiyot va moliyani sog'lomlashtirishning shart-sharoitlaridan biri 1950 yil iyundagi qabyuul qilingan yer va agror islohot to'g'risidagi yangi qonun asosida yer islohotini nihoyasiga yetkazish bo'ldi. Yer silohoti belgilangan muddat 1953 yil bahoriga kelib yakunlandi. Hammasi bo'lib dehqonlar fuqarolar urushi davrida o'tkazilgan yer islohot natijalarini qo'shib hisoblaganda 47 mln gektar yer oldilar. Ular har yili ijara haqqi sifatida to'laydigan 30 mln to'nna donni yer egalariga topshirish majburiyatidan qutildilar. Yer islohoti qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish, ichki bozorni kengaytirish, sanoatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratdi. 1953 yil bahoriga kelib yirik zamindorlik mulkchiligi tugatildi, dehqonlarning boy yuqori qatlamining mavqei zaiflashdi, kambag'al dehqonlarning esa turmush darajasi bir muncha ko'tarildi. XKP rahbariyati dehqonlarni mehnat o'zaro yordam guruhlarining tuzilishiga chaqirdi. 1953 yil boshida o'zaro yordam guruhlari dehqon xo'jaliklarining 40 %dan ortig'ini birlashtirgan edi. 80 Pomeshchik yer egaligini tugatish bilan bir vaqtda feodal tuzumning boshqa sarqitlarini bartaraf etish va ilg'or ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish bo'yicha chora- tadbirlar ko'rildi. Niqoh haqidagi yangi qonunga ko'ra oila-nikoh munosabatlarida ayollarning erkak bilan teng huquqligi e'lon qilindi. Xalq ta'limi tizimi islohoti haqida qaror maktablar, oliy o'quv yurtlarini demokratlashtirishga, katta yoshdagi aholi vakillarining savodsizligini tugatishga, xalq orasidan ko'plab mutaxassis kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga yo'qoltirildi. Mehnat qonunchiligi kasaba uyushmalarining huquqiy holati va vazifalarini, yirik va o'rta korxonalarda mehnat sug'urtasi qoidalarini, ishsizlikka qarshi kurash tadbirlarini belgilab bordi. Iqtisodiyotni tiklash va qayta ko'rishga birinchi darajali ahamiyat berildi. Xitoy xalq xo'jaligi bu davrda xaddan tashqari qoloq bo'lib, og'ir sanoat unchalik ko'p belmagan yomon uskunalangan korxonalargagina ega edi, sanoatning ko'plab muhim tarmoqlari umuman mavjud emasdi. CHayqovchilikni oldini olish va narx-navoni barqarorlashtirish muhim vazifalaridan biri bo'lib qolgan edi. Bunga esa moliya ustidan davlat nazoratini o'rnatish, davlat qo'lida to'qimachilik mahsulotlari va boshqa eng muhim tovarlarni to'plash yo'li bilan erishildi. 1952 yil oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishda o'tgan yillardagi maksimal darajadan o'tishga erishildi. Transport tiklandi, yangi temir yo'l militsiyalari qurildi. SHuningdek Don mahsulotlari ishlab chiqarish ham ilgari eng yuqori darajadan (1936 yil) o'zib ketdi. Xitoy iqtisodiyotini tiklash ko'p ukladlilik sharoitida sodir bo'ldi. Bu yerda mayda tovar ukladi (dehqon miqdorlar va hunarmandlarning xo'jaligi), xususiy kapitalistik (milliylashtirilmagan-natsionnalizatsiya qilinmagan milliy burjuaziya korxonalari), davlat sektori (ilgari gomindon davlatiga tegishli bo'lgan og'ir sanoat korxonalari, ayroport, moliya va tashqi savdo korxonalari) mavjud edi. Xorijiy sarmoyaning 81 barcha imtiyozlari bekor qilindi va XXR dastlabki yillardayoq u mamlakat iqtisodiyotidagi o'z pozitsiyalarini yo'qotadi. Iqtisodiyotni tiklanishi bilan bir vaqtda davlat sektorining solishtirma hajmi o'sdi. (1949-1952 yillarda u sanoat ishlab chiqarishida 25% dan 41 %gacha o'sadi. SHaharlarda milliy burjuaziyaning iqtisodiy pozitsiyalariga tubdan putur yetkazishga va qishloqlarda dehqon xo'jaliklarini kooperativlarga birlashtirishga qaratilgan ommaviy kompaniya avj olib ketdi. 1956 yilga kelib 96 %dan ortiq dehqon xo'jaliklari kooperatiqlarga birlashtirildi, bunda kooperativlarning 88%ini yer va boshqa ishlab chiqarish vositalari davlatlashtirilgan kooperativlar tashkil qiladi. SHu 1956 yiliyoq xususiy korxonalarni sotib olish yo'li bilan tarmoqlar bo'yicha yoppasiga millaylashtirish boshlandi. Natijada yil oxiriga kelib xususiy sarmoyaning iqtisodiyotdagi ulushi bor yo'g'i. 3 %ni tashkil etdi. Bundan tashqari og'ir sanoat rivojlantirishni sezilarli darajada jadallashtirishga urinib ko'rildiki, bu o'z navbatida iqtisodiyotda nomutanosibliklarga, qurilishi oxiriga yetkazilmagan ob'ektlarni ko'payishi va boshqa salbiy holatlarga olib keladi. XXR siyosiy hayotda 1956 yil sentyabrida bo'lgan XKPning VIIs'ezda muhim voqea bo'lib qoldi. Uning barcha kundalik ishlari XKP markaziy qo'mitasining bosh kotibi Den Syaonin tomonidan muvoqiqlashtirib turildi. Delegatlarga I.V.Stalin shaxsiga sig'inishni qoralagan KPSSning XX s'ezdi katta ta'sir ko'rsatdi. Xitoy kommunistlari bu qarorni qo'llab quvvatladilar, lekin sovet kommunistlarining barcha xatti-harakatlarini takrorlashni ep ko'rmadilar. XKP nizomidan Mao TSzedun g'oyalari haqidagi eslatmalarni chiqarib tashlanishi o'ziga xos kompromissning namoyon bo'lishi edi desa bo'ladi. Biroq, Mao TSzedunning o'zi partiya raisligi lavozimini saqlab qoldi. Endilikda muholifatga keng minbar beriladigan bo'ldi. Lekin vaziyat keyingi yilning yoziga kelib butunlay o'zgaradi. Mao TSzedunning fikriga hur fikrlilik huquqi bir maqsadda u ham bo'lsa “begona o'tni aniqlash va yulib 82 tashlash uchun berilgan ekan. 1957 yilning oxirlariga kelib faqatgina rasmiy ma'lumotlarga qaraganda qariyb 10 ming nafar odam o'ng element sifatida ayblanib qatag'on qilingan edi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling