1 shavkat zokirov
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
101 Hindiston 1945-2002 yillarda Ikkinchi jahon urushidan so'ng Hindistonning iqtisodiy ahvoli. Milliy ozodlik kurashining o'sishi va mustaqillikning qo'lga kiritilishi. Ikkinchi jahon urushi xalqaro vazmyatda ham Hindistonning ichki siyosiy ahvolida ham tub o'zgarishlarga olib keldi. Fashistlar Germaniyasi va militoristik Yaponiyani tor-mor keltirishi, Xitoy va Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarining qudratili to'lqini Hindistonga ulkan ta'sir ko'rsatdi. Hindiston xalqlari uchun urushdan keyingi yillar katta qiyinchilik va sinovlar davri bo'ldi. Urush yillarida o'tkir inqirozga uchragan qishloq xo'jaligi uchun oxiriga kelib tushkunlikni boshdan kechirmoqda edi. Ocharchiliklar mamlakatning bir qator eng muhim rayonlarini qamrab oldi. Oziq-ovqat va sanoat mollarining yetishmasligi narx- navoning sezilarli darajada o'sishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning umumiy miqdorini kamayishi, shuningdek, harbiy korxonalarning yopilishi natijasida o'n minglab ishchilar ko'chada qoldilar. Urush yillarida 2 mln dan ortiq hind askarlari harakatdagi armiyada bo'lib, urushdan keyin demobililizatsiya qilingan askarlarning katta qismi ish topa olmay ishsizlar sarmoyasini ko'paytirdilar. Hindistonning mustaqil rivojlanish tendentsiyasi va Angliyaning mustamlaka xukmronligi o'rtasidagi asosiy ziddiyat shu qadar keskinlashib ketdiki, Ikkinchi jahon urushidan keyin avj olib ketgan ozodlik harakati inglizlarning mamlakatdan quvib chiqarish masalasini ko'ndalang qo'ydi. Bu harakatda hind aholisining asosiy qatlamlari: milliy burjuaziya, ishchilar, dehqonlar ommasi, ziyolilar (o'quvchi yoshlarning ko'p sonli otryadi bilan birga) birlashgan edilar. Bu harakatlarning har birining milliy mustaqillikni himoya qilishda ishtirok etishining o'z sabablari bor edi. 102 Ikkinchi tomondan ingliz ma'murlari Hindistonda o'z mustamlakachilik hukmronliklarini saqlab qolish uchun kurashda zamindorlarning katta qismi, knyazlar, nomdor burjuaziya va aholining ba'zi qatlamlariga tayanadilar. Mustamlakachilikka qarshi kurashning ko'tarilishi 1945 yilning boshida boshlandi. Bu vaqtda inglizlarga qarshi yirik qo'zg'olonlar Bonores, Kalkutta, Bombey va boshqa shaharlarda ko'tarildi. Harakat, ayniqsa, 1945 yilning noyabrida uyushqoqlik va keng qamrov xarakter kasb etadi. Ular hind qo'shinlaridan Hindixitoy va Indoneziyadagi ozodlik harakatini bostirish uchun foydalanishga qarshi norozilik kompaniyasiga qo'shilib ketdi. Milliy ozodlik harakati armiya va floti ham qamrab oldi. 1946 yilning fevralida Bombeyda “Talvar” kemasida g'alayonlar boshlanib ketdi. Unga dengizchilarga qum alalashgan guruch erishi bahona bo'lgan edi. 19 fevralda “Talvar”ga Bombey reydida turgan va 12 ta o'nrgoq bazalarining boshqa kemalari qo'shildilar. Dengizchilar qo'zg'oloni boshlangandan so'ng uni qushinlarning boshqa birlari vakillari, undan keyin esa Bombey shahrining oddiy kishilari ham qo'llab quvvatladilar. Qo'zg'olon bostirilgan bo'lsa-da, favqulodda katta ahamiyatga ega bo'lgan edi. U armiyaning jipslashuvi va turli diniy jamoalar , millatlar va siyosiy harakatlarning (o'sha bosqichda) birinchi namunasi bo'lib Hindistonda britan hukmronligining chuqur inqirozidan guvohlik berdi. Natijada mustamlakachi ma'murlar 1946-1947 yillarda ommaviy ozodlik harakatini bo'shashtirishga umid qilib bir qator siyosiy manevrlar qilib ko'rdilar. SHu maqsadda 1946 yilning boshlariga Markaziy va prvintsiyala qonunchilik organlariga saylovlar belgilandi. Mustamlakachi ma'murlar Hindiston Milliy Kongresi bilan Musulmonlar Ligasi o'rtasida mojaro chiqarib va bu mojaroni mamlakat siyosiy hayotining bosh muammosiga aylantirishga intildilar. Saylovlarda birga aasosiy siyosiy xarajatlar ishtirok etdilar. HMK Hindistonning to'la mustaqilligi uchun kurash shiori bilan saylovlarga kelgan bo'lsa, musulmonlar ligasi Pokiston (“Poklar mamlakati”) uchun, ya'ni sobiq mustamlaka 103 Hindistoni huzurida musulmon davlati tashkil etish kurash shiori bilan chiqadi. Natijada, HMK Bombey, Madras, Qo'shma provintsiyalar, Markaziy provintsiyalar, Orrisa, Asem va boshqa provintsiyalarda mutloq ko'pchilik o'rinlarga ega bo'ldi. Musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilgan provintsiyalarda esa Musulmonlar ligasi mutloq ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lmadi, chunki ko'p musulmonlar mamlakatni bo'linishini istamas edilar. Inglizlar muvaqqat hukumat masalasini musulmon munosabatlarini haddan tashqari keskinlashuviga olib kelgan omilga aylantirdilar. 1946 yilning avgustida HKM Javoxarlal Neru boshchiligida o'z muvaqqat hukumatini shakllantirdi. Musulmonlar ligasi uning tarkibiga kirishdan bosh tortdi va to'g'ridan-to'g'ri Pokiston uchun kurash boshlaganlini e'lon qildi. SHunday qilib, hind-musulmon munosabatlari keskinlashib ketdi va bir qator qurolli to'qnashuvlarga aylandi. 1947 yil iyunida yangi vitse-qirol Lord Mauntbetten hokimiyatni Hindistonga berish rejasini e'lon qiladi. Bunga ko'ra Hindiston diniy belgiga ko'ra Hindiston Ittifoqi va Pokistonga bo'lindi. YAngidan tashkil qilingan davlatlar dominion huquqini oldilar. Knyazliklarga ddominionlardekqaysi biriga kirishni o'zlari xal qilish huquqi berildi. Mamlakatni dastlabki bo'linishi jarayonida siyosiy to'qnashuvlar va hind-musulmon qirg'inlari, ayniqsa, Bengal va Panjobda qo'zg'atildi. Katta miqdordagi qochoqlar musulmon rayonlaridan hind rayonlariga va aksincha hind rayonlaridan katta miqdordagi qochoqlar musulmon rayonlariga o'tib ketdilar. To'la bo'lmagan ma'lumotlarga ko'ra faqatgina Panjobda qirg'in va xunrezliklar qurbonlari yarim millionga yetgan. 1947 yilning o'rtalariga kelib mamlakatni ikki dominionga bo'lish nihoyasiga yetdi. 15 avgustda Hindiston mustaqilligi e'lon qilindi. Mamlakatning davlat-huquqiy maqomining o'zgartirilishi uning tarixida mutlaqo yangi sahifani ochdi. Ta'si majlisi o'z qonunlarini chiqarish vakolatini qo'lga kiritdi. 104 Birinchi mustaqil hukumat ish boshladi. Javoxarlal Neru Hindistonning birinchi bosh vaziri bo'ldi. Garchi Angliya Hindistonni bo'lib tashlash va uning kuchsizlantirish rejasini amalga oshirish uchun mamlakatda diniy-jamoaviy adovatdan foydalanishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, Hindiston yarim orolida ikki siyosiy muqobil davlatning tashkil topishi ular xalqlarining rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichga kirganligini bildirar edi. Ikki davlatning iqtisodiy resurslari xaddan tashqari nomutanosib tarzda taqsimlangan edi. Qazib chiqarish va qayta ishlash sanoatining 90% Hindistonda qolgan; Pokistonda esa Hindistonga nisbatan jon boshiga ikki barobar ko'p guruch ishlab chiqarilardi. Djut va paxta yetishtiruvchi rayonlar Pokistonga o'tgan bo'lsa, deyarli barcha to'qimachilik fabrikalari esa Hindistonda edi. Bunday holat (o'zaro keskin munosabatlar bilan birga) shunday ham yuqori bo'lmagan ikki mamlakat salohiyatini zaiflashtirar edi. Ma'muriy boshqaruvni hindlashtirish dominion bilan knyazliklarga integratsiyasini ta'minlash va ya'ngi konstitutsiyani tayyorlash bo'yicha ishlar Hindistonda yangi davlat hokimiyatining birligi navbatdagi vazifalari bo'lib qoldi. Bir qadar murakkab vaziyat Jammu kanyaligida va musulmon aholisi zid bo'lgan Kommir knyazligida yuzaga keldi. Bu knyazlikni Hindistonga qo'shilishi haqidagi ahdnomaga alohida avtonomiya berar va uning kelajakdagi maqomi masalasini muammoligicha qoldiradigan edi. Bu keyinchalik Hindiston va Pokiston o'rtasida bir- biriga harbiy mojaroga sabab bo'lib hizmat qildi va shuningdek, hindlar va musuklmonlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni kuchaytirdi. Hind tashkiloti a'zosi tomonidan hind va musulmonlar birligini yo'lga qo'yish uchun kurashayotgan Hindiston lideri Mohandas Kaaramgend Gandining o'ldirilishi 1948 yilning fojiali voqealarining kulminatsion nuqtasi bo'ldi. 105 Ilgarigi mustamlaka konstitutsiyasidan tubdan farq qiluvchi Hindistonning yangi konstitutsiyasini qabul qilinishi mamlakat suverentetini mustahkamlanishi jarayoni ulkan voqea edi. Hindiston suveren demokratik respublika deb e'lon qilindi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat xalq g'alabasi va SHtatlar kengashidan umumhindiston parlamenti tashkil etildi. Konstitutsiya 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirdi va uning e'lon qilinishi Hindistonning siyosiy mustaqilligini uzil-kesil mustahkamladi. Javoharlal Neru davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar (1950-1960 yillar birinchi yarmi). Mustaqillikni qo'lga kiritgach, Hindiston ko'plab qiyinchiliklarga duch keldi. Mustamlaka davrida milliy ozodlikka erishish asosiy maqsad bo'lib, qolgan muammolar esa ikkinchi darajali edi. Endilikda iqtisodiy qoloqlik, ochlikni bartaraf etish, savodsizlik, ishsizlikni tugatish, agrar masalani xal qilish, ijtimoiy, milliy, diniy va kastaviy qarama-farshiliklarni yechimini topish birinchi darajali vazifalar bo'lib qoldi. Iqtisodiy vazifalarni xal etish Javoxarlal Neru xukumati sanoatining davlat va xusumiy sektorini uyg'un rivojlantirish yo'lini tutdi. Iqtisodiyotning davlat kommunistik ijrosi asosini mustaqillikka qadar ingliz ma'muriyatiga tegishli bo'lgan korxonalar - temir yo'llar, aloqa vositalari, yirik irrigatsion inshootlar, elektrostantsiyalar, harbiy zavodlar tashkil etdilar. Sarmoyaviy fondiga ko'ra qariyb davlat sektorida keng bo'lgan qolgan barcha korxonalar xususiy kompaniyalar nazorati ostida qoldirildi. Maqsadli yo'naltirilgan qurilmalar ta'minlashga intilib Neru hukumati rivojlanishning besh yillik resurslarini dasturlariga kiritishdi. 1956-1961 yillarga mo'ljallangan Ikkinchi rejani tasdiqlatish jarayonida iqtisodiyotning milliylashtirilgan tarmoqlari davlat tasarrufida qolishi, intellektual, ximiya, stanoksozlik, avtomobil va dengiz transportida davlat korxonalarining hissasini ko'paytirishi haqida qaror qabul qilindi. 106 Davlat sektorini rivojlantirish va og'ir sanoat-korxonalarining qurilishi katta qiyinchiliklar evaziga Hindiston iqtisodiy mustaqillikning asoslarini yaratdi, busiz uning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash mumkin emasdi. SHu bilan birga bu jarayonda byurokratiyaning o'sishi, bir qator korxonalarining samaradorligi, besh yillik rejalarni bajarilmay qolishi, o'tkir ijtimoiy muammolarni xal etishga mablag'larning yetishmay qolishi kabi salbiy holatlar ham paydo bo'ldi. Hindistonni modernizatsiyalashga qaratilgan choralardan biri bu argrar islohotlar bo'ldi. Qadim davrlardan hind jamiyati uchun zamindorlikning alohida ko'rinishi xos bo'lib, bunga ko'ra zamindorer-joy bo'lish bilan birga, soliq tizimida davlat bilan dehqon o'rtasida vositachilik vazifasini ham o'tab kelgan. Yer islohoti zamindorni soliq yig'ish huquqidan mahrum qildi. Ijaralar tizimidagi islohotlar ham muvofiq. Ishlov berilayotgan yerlarni sotib olish huquqiga ega bo'ldilar. Biroq zamindorlar yer islohotiga qattiq qarshilik ko'rsatdilar, ular o'z yerlarida ishlayotgan ijarachilarni qo'shimcha o'z yerlaridan xaydab yuborar, bundan boshqalari aksariyat ijarachilar yerni sotib olish bahosi yuqori bo'lganligi uchun yerli bo'la olmas edilar. Dehqonlarning yersizlik muammosi xal qilinmadi. HMK tashqi siyosatining asosiy jihati harbiy ittifoqlarga qo'shilmaslik va yosh mustaqil davlatlar bilan yaqinlashish bo'ldi. Javoxarlal Neru sobiq SSSR bilan do'stona munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish yo'lini tutdt. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling