1 shavkat zokirov


O'zbekiston - Hindiston munosabatlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana20.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1789924
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
1 shavkat zokirov

 
O'zbekiston - Hindiston munosabatlari. 
Hindiston azal-azaldan fan va texnologiya sohasida o'z an'analariga egaligini va XX 
asrda ko'zga ko'rinarli yutuqlarga erishganini bugun jahon axli e'tirof etmoqda. Buyuk 
xind olimlari Xomi Bxabxa va Vikrama Sarabxaining ulkan xizmatlari tufayli 
yadroviy fan va atomdan tinch maqsadlarda foydalanish bobida salmoqli yutukdarga 
erishildi. Hindiston fazoviy tadqiqotlar, sun'iy yo'ldoshlar texnologiyasidan 
foydalanish va yo'ldoshlarni samoga uchirish borasida yangi chuqilarni zabt etdi. 
So'nggi 
yillarda 
Xindiston 
iqtisod, 
qishloq 
xo'jaligi, 
fan 
va 
texnika, 
telekommunikatsiya, aviatsiya, ta'lim hamda mudofaa sohalarida ulkan yutuqlarga 
erishmoqda. 
O'zbekiston - Hindiston aloqalari ko'p asrlik tarixga ega. Ayniqsa, Hindistonda 
Boburiylar hukmronligi davrida ikki halk; aloqalari nixoyatda kengaygan. Boburiy 
shoxlar davrida o'lkada ko'plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Oradan bir 
necha asr o'tganiga qaramay, bu imoratlar juda yaxshi saqlangan. Agra shaxrida barpo 


114 
etilgan Toj Maxal dunyoning yetti mo''jizasidan biri sanaladi. Dexlidagi Qizil qal'a va 
ko'plab boshqa obidalar ham sayyohlarni o'ziga jalb etadi. Bugungi kunda O'zbekiston 
bilan Hindiston o'rtasida do'stlik, o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan yuksak 
darajadagi hamkorlik aloqalari qaror topgan. Ikki mamlakat mintaqada xavfsizlik va 
barqarorlik 
masalasida 
mushtarak 
qarashlarga 
ega. 
Hindiston 
xukumati 
O'zbekistonning ekstremizm va terrorizmga qarshi olib borayotgan sobit-qadam 
siyosatini yukori baxolamoqda. 1. Siyosiy soxada. Hindiston O'zbekiston 
Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 26 dekabrda rasman e'tirof etgan. 1992 yil 18 
martda Tashkent shaxrida ikki tomonlama diplomatik aloqalar o'rnatish borasida 
Protokol imzolandi. 1992 yilning sentyabr oyida Dexli shaxrida O'zbekiston 
Respublikasining Konsullik vakolatxonasi ochildi va 1994 yil mazkur vakolatxona 
elchixona makrmiga ega bo'ldi. Toshkent shaxrida 1988 yildan boshlab faoliyat olib 
borayotgan Hindiston xukumatining Bosh Konsullik vakolatxonasi 1992 yili 
elchixonaga aylantirildi. Bugungi kungacha O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 
Xindiston Respublikasiga 3 marta rasmiy tashrifi amalga oshirildi. (1991 rl avgust, 
1994 yil yanvar, 2000 yil may). 1993 yil 23-25 may kunlari esa Xindiston Bosh vaziri 
N.Raoning O'zbekistan Respublikasiga rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi. Bundan tashqari, 
o'zbek-xind aloqalarini rivojlantirish maqsadida ikki davlat Tashqi ishlar vazirlarining 
bir qator uchrashuvlari uyush-tirildi. 2003 fevral oyida O'zbekistan Tashqi ishlar 
vaziri A.Komilovning Xindistonga tashrifi chog'ida xalqaro terrorizmga qarshi kurash 
borasida qo'shma ishchi guruxini tuzish xaqida bitim imzolandi. Mazkur guruxning 
birinchi yig'ilishi 2003 yilning may oyida Toshkent shaxrida bo'lib o'tdi. 2003 yil 3-4 
fevral kunlari Xindiston Mudofaa vaziri Dj.Fernandes, 6-9 noyabr kunlari esa 
Xindiston Tashqi ishlar vaziri YA.Singxaning O'zbekistonga tashriflari bo'lib o'tdi. 
Mazkur tashriflar chog'ida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan bir 
qator muxim xujjatlar imzolandi. Ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-xukukiy 
asosini 45 ta davlatlararo, xukumatlararo va idoralararo xalkaro xujjatlar tashkil etadi. 


115 
"Xamkorlik printsiplari to'g'risidagi qo'shma Deklaratsiya", "Davlatlararo munosa-
batlar 
va 
xamkorlik 
to'g'risidagi 
Bitim", 
"O'zaro 
qo'llab-quvvatlash 
va 
investitsiyalarni ximoya qilish to'g'isidagi Bitim", "Jinoiy ishlar bo'yicha o'zaro 
xukukiy yordam to'g'risidagi SHartnoma", "Xalqaro terrorizmga qarshi kurash 
borasida qo'shma ishchi guruxini tuzish to'g'risidagi Bitim", madaniyat, ta'lim, 
sayyoxlik, sport va boshqa soxalardagi xamkorlik to'g'risidagi bitimlar bunga misol 
bo'la oladi. 2005 yil 4 aprel kunlari O'zbekistan Respublikasi Prezidenti I A .Karimov 
davlat tashrifi bilan Xindiston Respublikasida bo'ldi. Tashrif davomida mamlakatimiz 
rahbari Xindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx bilan uchrashdi va mamlakatlarimiz 
o'rtasidagi ilm fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sayyoxlik kabi ijtimoiy soxalar bilan 
birga, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa soxalarda keng xamkorlik kilish 
zarurati xakida fikr almashildi. SHu bilan birga, xalkaro terrorizm, ekstremizm va 
insoniyat uchun xavfli boshqa masalalarda qarashlarimiz mos kelishi xakida 
suxbatlashildi. SHundan so'ng Prezidentimiz I.A.Karimov Xindiston Respublikasi 
Prezidenta Abdul Kalam bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasi-
dagi aloqalarning bugungi xolati va kelajakda yanada rivojlanish istiqbollari to'hrisida 
ko'plab fikrlar o'rtaga tashlandi va bir necha kelishuvlar imzolandi. 2. Savdo-iqtisodiy 
soxadagi munosabatlar O'zbekistan va Xindiston Respublikalari o'rtasida iqtisodiy 
hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish maksadida tashkil etil-gan savdo-iktisodiy 
va ilmiy-texnikaviy xamkorlik borasidagi maxsus xukumatlararo komissiya o'z 
faoliyati doirasida bir qancha masalalarni ko'rib chiqdi. O'zbekistan bilan Xindiston 
Respublikasi o'rtasida 1993 yili imzolangan savdo-iqtisodiy xamkorlik to'g'risidagi 
Bitimga asosan bu ikki davlat o'rtasidagi o'zaro savdo aloqalari yaxshi yo'lga 
qo'yilgan. Ikki davlat o'rtasida tovar ayirboshlash 2002 yili 40,5 mln. AKD1 dollarini 
tashkil etgan bo'lsa, 2003 yili bu ko'rsatkich 108,6 mln. AKD1 dollariga va nixoyat, 
2004 yili 15,1 mln. AKGL dollarigacha ko'tarildi. Ikki davlat o'rtasidagi eksport va 
import strukturasini: dori-darmon, farmatsevtika va tibbiyot maxsulotlari, qog'oz, 


116 
kosmetika, elektronika, choy, kimyo preparatlari, paxta va paxta maxsulotlari, metall, 
qurilish mollari, ipak, jun, charm maxsulotlari va boshqalar tashkil qiladi. Tovar 
ayirboshlashda avia xizmatlar aloxida o'rin tutadi. 1992 yili Dexli shaxrida 
«O'zbekistan xavo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining vakolatxonasi ochildi. 
Xozirda mazkur aviakompaniyaning xavo laynerlari xaftasiga 4 marta Xindistonga 
parvoz qilmoqda. Bugunga kelib, O'zbekistan Respublikasida 5 ta xind kompaniyasi 
va tashkilotining vakolatxonasi, Xindiston Respublikasi investorlari ishtirokida 
tashkil etilgan 45 ta korxona faoliyat olib borayapti. SHundan 26 tasi qo'shma 
korxona, 19 tasi esa 100% xind sarmoyasi jalb etilgan korxonalardir. 2005 yil 12 
yanvarda O'zbekistan Respublikasiga Hindiston ishbilarmon doiralari vakillari tashrif 
buyurdilar va mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy texnikaviy 
hamkorlik masalalariga doir xukumatlararo komissiyaning beshinchi yig'ilishi bo'lib 
o'tdi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling