1 shavkat zokirov
Xitoy xalq Respublikasi XX asr oxiri XXI asr boshlarida
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
Xitoy xalq Respublikasi XX asr oxiri XXI asr boshlarida.
XX asr so'nggi o'n yilligi o'rtalariga XXR jahon iqtisodiy tizimida mustahkam pozitsiyalarni egalladi. Mamlakat yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha 7- o'rinni, tashqi savdo ko'lami bo'yicha 11 o'rinni egallagan edi. Biroq aholi jon boshiga (bu vaqtda aholi 1 mln 200 mln.dan ortgan edi.) daromad ancha kamgina (yiliga 260 dollar) qolmoqda edi. Alohida rayonlarning tarqqiyoti ham nomutanosib bo'lib, ular ichida mamlakatning shimoli-g'arbi rivojlanishida sharqiy rayonlarga nisbatan orqada qolmoqda. Lekin yuqori darajada rivojlangan Gonkong (1997 y) va Makao (1999 y) larning Xitoy tarkibiga qo'shilishi XXR tarixida muhim voqea bo'lib, bu mamlakat iqtisodiyotini sezilarli darajada mustahkamladi. 200-2004 yillarda Xitoyning YAIM ko'lamining o'sishi o'rtacha 3.1 foizni tashkil qildi. 2004 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning qiymati 1.7 trln. YUan (14 trln. AQSH dollari) tashkil etdi. Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiy o'sishi eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishni ustivorligi va bevosita chet el investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinishiga asoslangan. 98 2003 yilda chakana savdo miqdori o'tgan yilga nisbatan 9 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 19.7 foizga o'sgan XXRning sanoat mahsulotlarining eksporti bu vaqt ichida 30.6 foizga ko'paygan. Bunda eksport miqdorining 85 foizini elektronika, yengil, to'qimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari tashkil etgan. 2003 yilda Xitoyda jon boshiga milliy daromad miqdori 1090 AQSH dollarini tashkil etgan. O'zbekiston -Xitoy munosabatlari O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni tartibga soluvchi 100dan ortiq davlataro va boshqa kelishuvlar imzolangan. Ikki davlat rahbariyati o'rtasida davomi uchrashuvlar va tashriflar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Xitoyga 1992, 1994, 1999 va 2001 yillarda tashrif buyurdi. 2002 yilda Oliy Majlis raisining o'rinbosari Boris Bugrov, 2003 yilda bosh vazir O'tkir Sultonov, 2004 yilda Tashqi ishlar vaziri Sodiq Safoyev, 2004 yilda Bosh vazir o'rinbosari E.G'aniyevlar XXRga tashrif buyurgan bo'lsalar, Xitoy tomonidan 1994 yilda davlat kengashi raisi Li Pen, 1995 yili rais o'rinbosari Xu TSzintao, 1996 yilda rais ining o'rinbosari TSyan TSichen, 2001 yilda Davlat Kengashi raisining o'rinbosari Li Lantsin, 2002 yilda Davlat kengashining a'zosi I.Aymat, 2003 yilda Tashqi ishlar vaziri Li CHjaosin, 2003-2004 yillarda Ijtimoiy xavfsizlik vazirining o'rinbosari YAn Xuannin, 2004 yilda XXR raisi Xu TSzintaolar O'zbekistonda rasmiy tashrif bilan 10 ta muhim hujjat, jumladan, O'zbekiston va XXR o'rtasida sheriklik munosabatlarini, do'stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish, mustahkamlash to'g'risida qo'shma deklaratsiya narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda iste'mol qilinishiga qarshi kurashish haqida bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirlarining tashriflari chog'ida quyidagi bitimlar 99 imzolandi: terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to'g'risida; ikki tomonning tashqi siyosiy idoralari o'rtasida hamkorlik va maslahatlar to'g'risida. 2005 yilning 25-27 may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ikki kunlik davlat tashrifi bilan Xitoy xalq Respublikasida bo'ldi. O'zbekiston va Xitoy rahbarlarining yakkama-yakka suhbatida o'zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqbollariga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida o'zaro savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi. Tomonlarni neft-gaz, sayyohlik, ta'lim, yuqori texnologiyalar, transport kommunikatsiyalari, to'qimachilik, konchilik sanoati sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdilar. Iqtisodiy sohadagi hamkorlik. Davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy bitimga binoan, o'zaro iqtisodiy munosabatlar kun sayin rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasining axborotiga binoan, 2004 yilda ikki tomonning tovar aylanmasi 367,1 mln. AQSH dollari miqdorida bo'lib, uning 101,5 mln O'zbekistondan eksportni va 265,6 mln O'zbekistonga importni tashkil etdi. O'zbekistonda XXR sarmoyasi ishtirokida 122 ta korxona mavjud bo'lib, ularning 102 tasi qo'shma korxona va 20 tasi 100% XXR sarmoyasi asosidagi korxonalardir. Ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohadagi hamkorlik. Ikki mamlakat o'rtasida madaniyat, ta'lim, fan va texnika sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib bormoqda. Samarqand shahrida “SHarq taronali” xalqaro festivalida Xitoy vakillari, Pekin xalqaro madaniyati va turizm festivalida esa O'zbekistonning folklor jamoalari muntazam ishtirok etadi. 2001 yilda Toshkentda XXR madaniyat markazining ochilishi bo'lib o'tdi. 100 2004 yil iyun oyida XXR raisi Xu TSzintaoning tashrifi davomida xitoy tilini o'rganish bo'yicha O'zbekistonda Kofutsiy nomidagi Institutni tashkil etishga kelishib olindi. Xitoy tomoni institutni barcha zaruriy o'quv adabiyotlari, lingofon jihozlari va o'qituvchilar bilan ta'minlash majburiyatini oldi. 2005 yil 18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oqsaroyda XXR Davlat Kengashi rahbarining o'rinbosari qabul qilindi. Muloqot chog'ida O'zbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga oid fikr almashildi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling