1 shavkat zokirov
Den Syaoninning iqtisodiy islohotlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
Den Syaoninning iqtisodiy islohotlari
1978 yilning dekabrida bo'lgan XKP ning III plenumida Den Syaonin iqtisodiy islohotlar tashabbusi bilan chiqadi. Biroq bu dasturning amalga oshirilishi butun iqtisodiy tizimini tubdan modernizatsiya qilish sharoitidagina mumkin bo'ldi. Dehqonning ishlab chiqarishdagi mas'uliyatiga asoslanadigan tizimga o'tila boshladi. Qishloq xo'jaligida asta sekin oilaviy pudrat joriy qilina bordi. Xo'jalikni jamoa, bo'lib yuritishning ilgarigi tizimi ko'rinishi o'zgara bordi. Yer shartnoma asosida dehqonga berilar, ortiqcha mahsulotni o'zi istagancha tasarruf etish huquqiga ega edi. Bu qishloq xo'jaligi sur'atlarining jadal o'sishiga olib keldi. Ayni vaqtda qishoq xo'jalik mahsulotlarini sotib olish narxlari oshirildi. Dehqonning shaxsiy mulkchiligiga asta-sekin qishloq xo'jaligi texnikasi ham o'ta boshlaydi. 1984 yildan islohotning og'irlik markazi shaharlar zimmasiga tushdi. Korxonalarga yanada kengroq huquqlar berildi., mehnatga yarasha haq to'lash tamoyili qayta tiklandi, xususiy tadbirkorlik faoliyatiga yo'l ochildi. XXR iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun erkin iqtisodiy xududlar barno etildi, ular dengiz bo'yicha viloyatlarida tashkil etilib chet el investitsiyalari uchun qulay sharoitlar 94 yaratildi. Partiya qo'milari ilgarigidek davlat, xo'jalik organari o'rnini egallab olmaydi, endilikda aholi orasida faqatgina tarbiyaviy ishlari bilangina shug'ullana bordilar. O'tkazilayotgan islohotlar tez orada o'zining ilk ijobiy istijolarini berdi. VI -esh yillik (1981-1985yy) davomida sanoat ishlab chiqarishi yilligi o'rtacha 11 %dan o'sib berar edi. 80 yillarda shahar va qishloq aholisining daromadlari deyarli ikki marta ko'paydi, lekin bu ko'rsatkich boshqa davlatlar bilan solishtirganda ancha pastligicha qolayotgan edi. 1987 yilning kuzida XKPning XIII s'ezdi belib o'tdi, unda XXRda sotsializmning boshlang'ich bosqichi to'g'risidagi nazariya ishlab chiqildi. Bu konstituttsiyaga ko'ra Xitoyda sotsializm qurilishi uchta asosiy bosqichni bosib o'tishi kerak. 1990 yilga kelib XXR YAIM 1980 yilga nisbatan ikki marta ko'paytirish va Xitoy axolisi asosiy oziq-ovqat,va kartochka tizimidan foydalanmagan xolda kiyim kechak bilan ta'minlash lozimligi takidlandi. Ikkinchi bosqich 1990-2000yillarni o'z ichiga olishi bu bosqichda YAIM (yangi ichki maxsulot) 1990 yilga nisbatan ikki marta oshirishi va axoli turmushi o'rta darajaga yetkazilishi ko'zda tutilidi.So'ngi bosqich anchagina uzoq davrni ya'ni 2000 yildan 2043 yilgacha (ya'ni XXRning 100 yilligi) bo'lgan davri o'z ichiga olishi va bu bosqich Xitoyni o'rtacha rivojlangan (dunyo o'lchovlari bo'yicha) mamlakatga aylantirishi belgilandi. Qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun 1980 yillarning oxirida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha qat'iy choralar ko'rildi: ma'muriy usullar bilan eng muhim tovarlarning narxlarini o'sishi cheklab borildi, kapital qurilish ko'plab ob'ektlari to'xtatib qo'yildi, bir qator qishloq xo'jalik tovarlarini xarid narxlari ko'tarildi. Umuman olganda bu iqtisodiy rivojlanish uchun qo'shimcha imkoniyatlar berdi. Ayni vaqtda davlat amaldorlari va partiya xodimlarining xususiy biznesga nisbatan munosabatida suiste'molchiliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga 95 oshirildi. Korruptsiya va poraxo'rlikda fosh etilgan shaxslarga qattiq jazolar, uzoq muddatni qamoqdan tortib ayrim hollarda esa xatto oliy jazo choralari qo'llanildi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling