1 shavkat zokirov
yillarning yarmi va 1970 yillarda ichki qarama-qarshiliklarni
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
1960 yillarning yarmi va 1970 yillarda ichki qarama-qarshiliklarni o'sib borishi Mustamlaka davrida ijtimoiy ziddiyatlar ikkinchi o'ringa surib qo'yilgan, hindlarning aksariyat ko'pchiliginimilliy ozodlik g'oyasi birlashtirgan edi. Mustaqilikni qo'lga kiritilishi manfaatlarni aksariyati, turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarining kurashini yuzaga chiqara bordi. HMKga turli indusporast partiyalar ham, 107 kommunistik, sotsialistik, xalq dehqon-ishchi partiyalari ham guruhlar muxolifatda edilar. Ijtimoiy masalalarda Hindiston milliy kongresining pozitsiyasi tahdidga uchradi. Ishsizlik, oziq-ovqat yetishmasligi sharoitida kelib chiqqan norozilik hind jamiyatining ko'plab guruhlarini, birinchi navbatda, ishchilar, hunarmandlar, mayda xizmatchilarni qamrab oldi. Zamindorlarning yer islohotini hayotga tadbiq etilishiga qarshilik ko'rsatishi dehqonlar harakatini qo'paytirdi. HKMda bu partiya bog'langan yirik sarmoyadorlar va zamindorlardan tarkib topganziyolilar, shahar va qishloq burjuaziyasi, mehnatkashlar ommasiga bu partiya bilan bog'langan turli ijtimoiy qatlamlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlarni ifodalovchi turli guruhlar mavjud edi. Aslida HKMning kuchi ana shu xilma-xillikka asoslangan bo'lsa-da, (umummilliy obro'-e'tibor) ayrim vaqtda uning ichki zaifligi ham ana shu holat bilan aloqador edi. Birlikni ushlab turishga mustaqillik uchun umumiy kurash an'analari, umumiy manfaatlarni tushunish va shuningdek, Javoxarlal Neru shaxsiy yordam berib kelardi. Buyuk siyosiy yetakchining fazilatlari, uning xalq orasidagi obro'-e'tibori, mulkdor qatlamlar orasidagi ta'siri va xalqaro e'tirof unga Kongres va mamlakatda jipslashtiruvchi funktsiyani amalga oshirish imkoniyatini berardi. 1964 yil Javoxarlal Neruning vafot etishi HKMda turli-tuman guruhlarning faollashuviga olib keldi. 1967 yil saylovlari HKMning eng ta'sirchan partiya holati saqlanib qoldi. Parlament va SHtatlarning qonunchilik palatalarida o'rinlarning bir qismini yo'qotilganligini ko'rsatdi. Parlamentda o'ng partiyalar va kommunistlarilgariga qaraganda ko'p mandat va o'rin oldilar, HKMning mahalliy mamlakatlarida ichki partiyaviy kurash keskinlashdi. 1966 yildan hukumatga boshchilik qilayotgan Indira Gandi (J.Neruning qizi) va uning kongresdagi va uning tashkilotlar tarafdorlari Kongress obro'-e'tiborini tiklashga intilib, mayda ishlab chiqarishni rag'batlantirish va 108 dolzarb sektori faoliyati sohalarini kengaytirishga qaratilgan yangi islohotlar o'tkazish yo'lini e'lon qildilar. Indira Gandi 14 ta yirik banklari undan so'ng ulgurji savdoni mahalliylashtirish haqida qonun qabul qilindi. Bu qonunlarni amalga oshirish jarayonida butun mamlakat bo'ylab banklarning filiallari tashkil etildi, bu esa bank depozitlarini kuchaytirishga, davlat sektorini rivojlantirishga mablag'lari ko'payishiga olib keldi. SHuningdek, hukumat tomonidan monopoliyalar faoliyati cheklandi, uncha katta bo'lmaganer uchastkalariga soliqlar kamaytirildi, eng yirik yer hajmi kamaytirildi. Bu chora-tadbirlar HKM obro'-e'tiborini mustahkamladi, bu uning muddatidan ilgari 1971 yil saylovlarida namoyon bo'ldi. Saylovlardan so'ng progressiv islohotlar davom ettirildi, biroq bu rejalarni hayotga tadbiq qilish bilan bog'liq davlat apparatlarining o'sishi, byurokratiya ta'sirini kamaytirishga va davlat sektorining samaradorligini inobatga olib keldi. Bundan tashqari Bangladesh davlatini tashkil etishga va millionlab qochoqlarni Hindistonga oqib kelishiga olib kelgan Pokiston bilan bo'lgan urush (1971 yil), 1972-1975 yillardagi qurg'oqchiliklar, undan keyin esa 1973-1974 yillardagi neft inqirozi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotga haddan tashqari salbiy ta'sir ko'rsatdi. 1970 yillarning o'rtalarida mamlakatda siyosiy kurash keskinlashdi. Muxolifchi kuchlar hukumatni favqulodda holat joriy qilishga majbur etgan tartibsizliklarni keltirib chiqardilar. Bunday sharoitlarda bir qator siyosiy partiyalar (ko'proq konservativ yo'nalishdagi) “Janata porti” deb nomlangan blokni tuzishga muvaffaq bo'ldilar. U 1977 yildan parlament saylovlarida g'alaba qozondi. Hindiston Milliy Kongress mustaqillik yillarida ilk bor mag'lubiyatga uchradi. Biroq saylovlardan keyin ko'p o'tmay muholifatchi kuchlarning birlashuvi va ularning saylovdagi muvaffaqiyatining ishonchsiz xarakterda ekanligi ma'lum bo'ldi. Hukumatni qilinishining o'zidayoq kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Keng xalq ommasi berilgan vazifalar bajarilmay qoldi, oziq-ovqat, sanoat tovarlarini narxlari 109 o'sib, soliqlar va inflyatsiya oshib bordi. Bularning barchasi Indira Gandi va uning HMK(I)dagi tarafdorlariga 1980 yildagi saylovlarda g'alaba qozonish imkonini berdi. Hindiston rivojlanishining zamonaviy bosqichi (1980 yillarning boshtdan)ning asosiy natijalari 1980 yildagi saylovlarda g'alaba qozongan Indira Gandi boshchiligida hukumat tuzgan HMK(I) favqulodda murakkab muamolarni xal etilishi zarur edi. Uning oldida mamlakat iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy ziddiyatlar, etnodiniy adovat, markaziy hokimiyat va shtatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni yumshatish kabi muammolar turardi. HMK(I)ning hokimiyatga kelishi 1979 yildagi qurg'oqchilik va jahon bozorida neft narxini keskin ko'tarilib ketishi bilan bog'liq yangi qiyinchiliklar sharoitida sodir bo'ldi. Import energetika resurslari uchun harajatlar oshib ketdi. YUzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun Hindiston hukumati yirik miqdorda kredit olish uchun Halqaro Valyuta Fondi (XVF) bilan muzokaraga kirishdi. XVF quyidagi dasturni: importni erkinlashtirish,. Narx-navo ustidan nazoratni bo'shashtirish, iqtisodiyotning davlat xarajatlarini qisqartirish, soliqlarni kamaytirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish sharti bilan 5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratdi. 1981 yili bu dastur hayotga tadbiq qilina boshlandi, biroq belgilangan muddat tugagamasdan turib uning bajarilishi to'xtatib qo'yildi, binobarin, u kutilgan natijani bermadi, balki faqat tashqi qarzlarni ko'payishiga olib keldi. Bu vaqtga kelib mamlakat faqatgina 3,9 mlrd dollardan foydalangan edi. Iqtisodiy muammolar sharoitida 1980 yillarni birinchi yarmida Panjob va ba'zi boshqa shtatlarda terrorchilik xurujlari va tartibsizliklar ko'payib bordi. Sikx ekstremistik tashkilotlari (Panjob aholisining yarmidan ko'pi - sikxlar XV-XVI asr 110 bo'sag'asida yuzaga kelgan diniy targ'ibot izdoshlari )ni tuzish shiorini ilgari sudilar. 1984 yilning iyunida hukumat qo'shinlariga sikx terrorchilari ular o'rnashib olgan sinkxlarning muqapddas qadamjosi - Amratsar shox Oltin ibodatxonasidan qurol kuchi bilan siqib chiqarishga to'g'ri keldi. Oltin ibodatxonani shto'rm qilinishi o'z qadamjolarini oyoq osti qilinishi sifatida qabul qilgan sikxlarning noroziligini uyg'otdi. 1984 yilning 31 oktyabrida yovuzona suiqasd natijasida taniqli davlat arbobi, mamlakat milliy birligining kurashchisi Indira Gandi halok bo'ldi. Suiqasd tashkilotchilari mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishni, Hindistonni parchalashni niyat qilgan edi. Ammo endi Bosh vazir Rajiv Gandi (1944-1991) - Indira Gandining o'g'li, ichki va tashqi siyosatda J.Neru va I.Gandi boshlagan yo'lga sodiqligini ko'rsatdi. 1984 yilning dekabridagi o'tkazilgan parlament saylovlarida HKM(I) da to'la g'alaba qozondi. Hukumat qonunchilik va tartib-intizomni ta'minlash yuzasidan keskin soralar ko'rdi. U mamlakat birligini yanada mustahkamlashi, separatli elementlar bilan kurashishni o'z ichki siyosatidagi asosiy vazifalardan deb bildi. Hind jamiyatidagi “eski dushmanlar” qashshoqlik, ishsizlik, savodsizlik va turli xil kasallaiklarni tugatishga kirishdi. 1980 yillarning o'rtalarida ichki siyosiy vaziyat g'oyat keskinlashdi. Mamlakat hududiy yahlitligi va birligiga tahdid soluvchi separatchi kuchlarning qo'poruvchilik faoliyati kuchaydi. Aholi ko'pchilik qismining, asosan qishloq aholisining qashshoqlashuvi muammosi o'tkirlashdi, bu muammo ko'pchilik hind dehqonlarining yersizligi va juda kam yerga egaligidan kelib chiqdi. SHaharlarda 20 milliongacha ishsizlar armiyasi to'planib qoldi. Rojib Gandi hukumati iqtisod sohasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va uni jahon xo'jaligiga integratsiyalashuv yo'liga qaytdi. Importda cheklovlar yumshatildi, ishlab chiqarish va mahsulotlarni taqsimlash ustidan davlat nazorati pasaydi. Bu sanoat va 111 qishloq xo'jaligi ishlab chiqarilishining o'sishiga olib keldi, YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning yillik o'sishi 5,8 foizni tashkil etdi. Biroq iqtisodiy rivojlanishning bu sur'atlari butun aholi turmush farovonligini jiddish oshirishni ta'minlay olmadi. 1990 yillarning boshlarida mamlakatning tashqi qarzi oshishiga olib kelgan salbiy tendentsiyalar paydo bo'ldi. 1980-1981 yilda Hindistonning tashqi qarzi 25 mlrd dollarni ya'ni YAIM ni 12 foizini tashkil qilgan bo'lsa, 1990-1991 yilda bu ko'rsatkich82 mlrd dollarni ya'ni mamlakatni YAIM 24 foizini tashkil qildi. Bularni bergan 1991 yil Fors ko'rfazidagi urush munosabati bilan kelib chiqqan navbatdagi inqirozi bilan murakablasha bordi. Hindistonda o'tkir moliyaviy inqiroz yoyila bordi, pulning qadrsizlanishining o'sishi (yiliga 16%) boshlandi. Bundan tashqari 1980 yillarning oxiri - 1990 yillarning boshlari siyosiy beqarorlik biln kechdi. 1991 yili saylov kompaniyasi vaqtida Tamil (Hindistonning janubidagi xalq) terrorchilari tomonidan Rajib Gandi o'ldirildi. Narosimxa Rao Hindistonning Bosh vaziribo'ldi. HMK hukumatining iqtisodiy siyosati o'rta yo'ldagi yangi me'yoriy va bozor iqtisodiyoti tamoyillarini uyg'un tarzda qo'zda tutuvchi yo'ldan rivojlanishni ko'zladi. Hind rahbariyati kambag'allikda yoki qashshoqlikda yashayotgan yuz millinlab kishilarning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq sohalarni (ijtimoiy soha, qishloq va chekka rayonlarni rivojlantirish, infrastruktura) davlat yo'li bilan rejalashi saqlab qoldi. Ayni vaqtda davlat tuzilmasini bir qismi uning tasarrufidan chiqarish, davlat sektoridagi bir qator korxonalarning samaradorligini oshirish va davla byudjetiga moliyaviy tushumlarni ko'paytirish maqsadida aktsionerlashtirish bo'yicha chora- tadbirlar ko'rildi. Hind bozori bir qator erkin import uchun ochib qo'yiladi, ulkan byurokratik eksporti va davlatni iqtisodiyotga aralashuvi qisqartirildi. Bularning bari iqtisodiyotning yiliga 5,6 foiz, sanoatni 7,5 foiz, eksportni 13 foiz o'stirishni ko'zda tutuvchi 1992-1997 yillarga mo'ljallangan sakkizinchi besh yillik rejasini iqtisodiy restogratsiyasini belgilab berdi. Reja umumiy bajarildi, iqtisodiyot sur'atlari o'sa bordi, biroq ular ijtimoiy muammolarni xal etish uchun yetarli bo'lmadi, ishsizlik 112 saqlanib qolmoqda, binobarin qashshoqlikni qisqartirish uchun barqaror asos yaratilgan edi. Eng muhim muammolar ham yechilmay qolishi 1996 yil maydagi navbatdagi parlament saylovlari HKM partiyasini mag'lubiyatga uchrashiga olib keldi. Biroq jamiyat islohotlarini qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Garchi 1996-1998 yillarda uch marotaba hukumat almashgan bo'lsa-da ularning katta o'zgartirishlarni davom ettirdilar. To'g'ri, birlashgan frontning dastlabki ikki hokimiyati islohotlarini, iqtisodiyotini birmuncha katta liberalolashtirishdan voz kechmadilar. HMK(I) hukumati qiyinchiliklarni bartaraf qilolmadi. Ayni vaqtda amaldorlar o'z hukumat vazifalarini suiste'mol qilib, korruptsiya bilan shug'ullanayotganligi to'g'risida dalillar ochildi. Bu hukumron partiya apparatiga dog' boo'lib tushdi. Bularning barchasi keng omma orasida orasida norozilik to'g'dirdi va jamiyat turli qatlamlari tanqidiga uchradi. 1989 yilda, saylovlar arafasida, muxolifatdagi katta Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling