1 shavkat zokirov
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 shavkat zokirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik
Institutsional
sohadagi hamkorlik. 1994-yilda Yaponiyada “Yaponiya- O’zbekiston” do’stlik parlament ligasi (raisi mustaqil deputat-K.Vatanabe) tashkil etilgan. 1999-2001-yillarda Toshkentda Yaponiya xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) va Tashqi savdo bo’yicha Yaponiya tashkiloti (JETRO) vakolatxonalari 129 hamda beg’araz va texnik yordamlarni amalga oshiradigan o’zbek-Yapon markazi ochildi. 2002-yilda hukmron Yaponiya Liberal Demokratik Partiyasining taniqli deputatlari tashabbusi bilan YaLDP-O’zbekiston do’stlik parlament ligasi tuzildi. 2003-yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan O’zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlik bo’yicha qo’mita tashkil qilindi. 2004- yilning mayidan esa Osaka shahrida Yaponiya fuqarosi-mashhur biznesmen, “Chori” kompaniyasi boshqaruvi raisi X.Nakamura rahbarligida O’zbekiston Respublikasining Faxriy bosh konsulligi faoliyat ko’rsata boshladi. 2001-yildan boshlab Toshkent va Osaka o’rtasida Milliy aviakompaniyamiz aviareyslari yo’lga qo’yilgan. Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik. Ikki mamlakatning arxeolog olimlari uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Asosan, O’zbekistonning janubidagi budda madaniyati yodgorliklarini ochish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarda faol ishtirok etgan Yapon olimi K.Kato 2002-yilning may oyida davlatimizning oliy mukofoti-“Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi. 2002-yilda mashhur rassom I.Xirayamaning moliyaviy yordami bilan Toshkentda “Madaniyat karvonsaroyi” nomli o’zbek-Yapon ilmiy-ijodiy markazi ochildi. 2002-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Yaponiyaning Vaseda va Soka universitetlari Faxriy doktori unvoniga sazovor bo’ldi. 2003-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi A.Oripov Yaponiyaga O’zbekiston va Yaponiya yozuvchilari o’rtasida hamkorlik o’rnatish uchun tashrif buyurdi. 2004-yilning martida Tokioning Soka Universitetida haykaltarosh R.Mirtojiyev yaratgan Navoiy haykali tantanali sur’atda ochildi. O’sha yilning oktabrida O’zbekistonga Tashqi ishlar vazirligi axborot va madaniyat byurosi bosh direktori 130 rahbarligidagi madaniyat missiyasi tashrif buyurdi. Uchrashuvda Yapon delegatsiyasi “Sivilizatsiya muloqoti”ni o’tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Har yili O’zbekistonda Yaponiya madaniyati kunlari bo’lib o’tmoqda. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling