1-sinfda masalalar yechish orqali arifmetik amallarni oʻrgatish metodikasi
”O`nlik” mavzusida masalalar yechishga oʻrgatish
Download 46.89 Kb.
|
1 SINFDA MASALALAR YECHISH ORQALI ARIFMETIK AMALLARNI OʻRGATISH
1.2 ”O`nlik” mavzusida masalalar yechishga oʻrgatish
Bogʻcha-maktab oʻquvchilari bilan mashgʻulotlarni tashkil qilishning muhim talablaridan biri shunday sharoit yaratishdan iboratki, bu sharoitda bolalar faoliyatlarining turi oʻz vaqtida almashtirilishi va bajarilayotgan topshiriqlarning xilma-xil boʻlishi ta’minlanishi kerak (kuzatishlar, didaktik materiallar bilan amaliy ishlar, rasm solish, suhbatda qatnashish, daftarda mustaqil ish bajarish, kitob bilan ishlash. Shundan keyin kitob bilan ishlash oʻqituvchi rahbarligida boshlanadi, undan keyin esa boshqa sanoq materiallari bilan yana amaliy ishlar bajarishga oʻtiladi (masalan, masalalar tuzish uchun koʻrsatmali rasmlardan foydalaniladi). Bundan keyin esa oʻqituvchi doskada tushuntirgani boʻyicha daftarda mustaqil ish bajariladi. Darsning borishida, oʻqituvchining xohishiga qarab, bolalarda charchash alomatlari sezishi bilanoq, jismoniy tarbiya daqiqalari oʻtkazish foydalidir, darsga bolalarning kayfiyatini koʻtaruvchi, masalan, hazil masalalar, qiziqarli, yorqin, gʻalati rasmlar, jadvallar va shu singari qiziqarli elementlarni kiritish foydalidir. Shu xildagi ba’zi materiallar darslik sahifalarida berilgan. Тa’limning oʻquv, tarbiyaviy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga mashgʻulotlarning butun tizimi bilan, ya’ni kuzatishlar, har xil didaktik materiallardan foydalanib amaliy ishlar oʻtkazish, darslik, bosma asosli daftar bilan ishlash va shu singarilar bilan erishiladi. Bunda asosiy qoʻllanma darslik hisoblanadi. Darslik bilan ishlash darsda ozgina vaqtni olsa-da, ammo aynan shu kurs tizimining izchilligini aniqlaydi, dastur talablarini aniqlashtiradi, kursning har bir masalasi qaysi darajada qaralayotganini koʻrsatadi, ular qanday ketma-ketlikda oʻrganilishini koʻrsatadi. Darslikni yaxshi bilish oʻqituvchiga kursni rivojlantirish mantiqini (mazmunni, ishni ba’zan esa uni tashkil qilishni, shu rejalash bosqichda foydalanilishi maqsadga muvofiq boʻlgan koʻrsatmalilik turlarini) tasavvur qila olishga yordam beradi. Daftar bilan ishlash Sinfda ishlashda darslik bilan bir qatorda bosma asosli daftar asosiy qoʻllanma hisoblanadi. Daftarda berilgan mashqlar darslik materialini tarkiban toʻldiradi. Mazmuniga koʻra u darslik bilan uzviy bogʻlangan, har bir darsning aniq vazifalariga erishishga yordam beradi va shu bilan bir vaqtda oʻquvchi faoliyatiga xilma-xillik kiritadi, bunda u oʻquvchiga rasm solish, chala ishlangan rasmni chizib tugatish, boʻyash, chiziqlar bilan birlashtirish, oʻrash va shu singarilar imkoniyatini beradi. Bu bola qoʻlini raqamlarni yozishga yaxshi tayyorgarlik boʻlib xizmat qiladi. Har gal daftarda navbatdagi topshiriqni bajarishdan oldin bolalar uni qanday bajarishlari kerakligini albatta koʻrsatish kerak (nimadan boshlash kerak, qaysi yoʻnalishda harakat qilish lozim, u yoki bu figura yoki raqamni oʻrashda qalamni uzish kerak yoki kerakmasligi va shu singarilar). Bularning hammasini doskada koʻrsatish kerak, shundan keyin oʻquvchilar oʻqituvchi tushuntirishlarini takrorlashadi, qoʻllariga qalam (ruchka) olib, oʻz daftarlarida bajarishlari kerak boʻladigan harakat yoʻnalishlarini «havoda» koʻrsatadilar, shundan keyingina mustaqil ishga kirishadilar. Daftarning bir sahifasida asosan 3 ta darsga material berilgan, ya’ni darslikning uch sahifasi boʻyicha ishlashga mos keladi (raqamlari daftar sahifasining oʻng yuqori burchagida keltirilgan). Daftarda joylashtirilgan va aniq darsga moʻljallangan materialni oʻquvchilar bilan toʻla bajarish kerak. Daftarda mustaqil ishlar bilan bir qatorda odatda, har bir mashgʻulotda har xil didaktik materiallar bilan bajariladigan amaliy ishlar oʻz oʻrnini topishi kerak. Predmetlar plastmassadan qilingan kichkina oʻyinchoqlar: olmalar va shu singarilar yigʻmasi, har xil oʻlchamli va rangli geometrik shakllar (doirachalar, uchburchaklar, kvadratlar) sanoq choʻplari va boshqa didaktik materiallar boʻlishi mumkin. Bu didaktik materiallardan foydalanish metodikasi haqida kursning asosiy masalalarini qarashda mufassal gapiriladi. Darsga tayyorlanishda oʻqituvchi bunday mashqlar sonini aniqlashda matematika darsi birinchi sinfda vaqt boʻyicha 3 ta taxminan teng bosqichga boʻlinishini hisobga olishi kerak. Oʻyin – bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, oʻyin turlariga qarab, ob’ektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada oʻzida aks ettiradi. Oʻyin – bola hayotining uzviy qismidir. Oʻyin orqali bola atrof- muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, oʻsimliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi. Boshlangʻich ta’lim davrida oʻquvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik oʻyinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik oʻyinlar oʻquvchilar aqlini charxlaydi, soʻz boyligining oshishi, ogʻzaki nutqining riivojlanishida, mukammal inson boʻlib kamol topishida gʻoyat katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. Didaktik oʻyinlar jarayonida, oʻquvchilar oʻyin qoidalariga qat’iy rioya qilishga oʻrganadilar, inoqlik his-tuygʻulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ayniqsa oʻyin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi oshib, mustahkamlana boradi. Oʻquvchilarning iste’dodi, ijodiy qobiliyati namoyon boʻla boshlaydi. Ta’lim jarayonida didaktik oʻyinlar oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga koʻra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, koʻrgazmalilikni taminlashga qaratilgan boʻlib, oʻquvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkoniyatini yaratadi. Hozirgi vaqtda oʻyinlarning takomillashgan turlari mavjud. Oʻyinlar bilan oʻqitish nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari yoki boshlangʻich ta’lim muassasalari, balki ta’limning boshqa turlarida ham qoʻllanilishi mumkin. Oʻqitish oʻyinlari 3 asosiy vazifani bajaradi: Vositali: aniq bir koʻnikma va malakalarni shakllantirish; Inotik: oʻquvchilarda bilimlarini shakllantirish va ularning fikrlarini rivojlantirish; Ijtimoiy- psixologik: kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirish. Har bir vazifa oʻyinning aniq bir turiga mos keladi: instrumental vazifa oʻyin mashqlarda, mostik didaktik oʻyinlarda, ijtimoiy-psixologik esa rolik oʻyinlarda ifodalanishi mumkin. Oʻqitish oʻyinlarning samaradorligini oshirish uchun uning texnologiyasi: Oʻyin oʻqishning maqsadlariga mos boʻlishi; Innovatsion –rolli (oʻyinni amaliy pedagogik – psixologik vaziyatga ta’sir etishi); Oʻyin qatnashchilarining oʻyin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik jarayonga tayyorgarligi; Oʻyinda ijtimoiy elementlarni tadbiq etish imkoniyatlari; Oʻqituvchilar tarbiyachi, psixolog, nafaqat rahbar sifatida, balki oʻyin jarayonida uning kuzatuvchisi va qoʻyilgan xatolarni toʻgʻrilovchisi, maslahatchisi sifatida ham ishtirok etish kabi talablarga tayyor boʻlishi kerak. Boshlangʻich ta’limda bolalarga moʻljallangan ixtiyoriy oʻqitish oʻyini quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin. Oʻyin muhitining yaratish. Bu bosqichda oʻyinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, oʻquvchi-bolalarning psixologik tayyogarligi ta’minlanadi. Oʻyin jarayoning tashkil etish. Bu bosqichda oʻquvchi bolalarga oʻyin-qonda va shartlari tushuntiriladi hamda ular orasida bajariladigan rollarni taqsimlash amalga oshiriladi. Oʻyinni oʻtkazish. Bunda oʻyinni oʻtkazish maqsadlariamalga oshiriladi. Yakun yasash. Bu bosqichda qisman oʻquvchi-bolalarning oʻzlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham oʻyinning borishi, natijalari va qoʻyilgan maqsad toʻla amalga oshgan yoki oshmaganligi tahlil qilinadi. Shuni ta’qidlash kerakki, oʻqitish oʻyinlarida faqat bir oddiy oʻyin uslubidan foydalanilmaydi. Oʻyin jarayonida guruhiy, yakkama-yakka, murabbiy va oʻquvchi-bolalarning birlamchi muhokamasi, sodda test oʻtkazish (masalan, rasmlardan iborat boʻlgan testlar) va soʻrov, rasmiy vaziyatlar yaratishlardan foydalanish mumkin. Oʻqitish oʻyinlarining uslubi va xususiyatidan kelib chiqqan xolda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin. Imitatsion oʻyinlar (aniq ishlab chiqarishga kasbga qiziqtirishga) yoʻnaltirilgan, elementlar koʻnikmalarni shakllantirishga moʻljallangan oʻqitishda foydalaniladi. Mazmunli-rolli oʻyinlar (ularning asosida aniq vaziyat-hayoti, ishchanlik yoki boshqa sifatlar yotadi. Bunday holda, oʻyinda har bir bola aniq rolni bajaradigan teatr qoʻyishni eslatadi). Masalan, “Oʻyinchoqlar doʻkoni va xaridorlar”, “sabzavotlar bozori” kabi oʻyinlar oʻtkazilishi mumkin. Bular intellektual faoliyat shaklidagi ijodiy oʻyinlardir, shuning uchun, ayni holda oʻquvchi-bolalarni tayyorlash va oʻyin senariyasini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega: Innovatsion oʻyinlar (ularning boshda oʻyin turlaridan ajralib turadigan farqi harakatli tuzilishga ega ekanligi va oʻyinlar bir necha oʻqitish-rivojlantiruvchi “fazolarda” masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib oʻtkazishdir. Innovatsion oʻyinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan. Agar yuqorida misol keltirilgan oʻyin turlari uslubi bilan farq qilgan boʻlsa, u holda oxirgilarini ajratish tamoni-aniq vaziyatni boshqarish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat boʻlgan maqsad oʻyinining moʻljallanishidir). Masalan komp’yuter dasturida amalga oshiriladigan sodda “Labirint” oʻyini yoki oʻn sonigacha chegarada bajariladigan maxsus “Hisobla!” oʻyinlari innovatsion oʻyinlarga misol sifatida olinishi mumkin. Tashkiliy- faoliyatli oʻyinlar. Bularda etibor koʻproq oʻyin vaziyatlarini tashhis qilish va muammoni yechish variantlarini tanlashni asoslashga qaratiladi. Uslub nuqtai nazaridan, bu yerda e’tibor koʻproq bolalarning muloqotiga va guruhiy ishlarining boshqa shakllariga qaratiladi. Ishchan oʻyin (trening)lar. Eng samarali uslublardan biri ishchanlik oʻyinidir. Uni modellashtirish jarayonida muammoli vaziyat aniqlanadi va qoʻyiladi, oʻyin maqsadi va uni yechish yoʻllari izlanadi. Ishchanlik oʻyinlari maktabgacha va boshlangʻich ta’lim muassasalarida, shuningdek, ta’limning boshqa turlarida ham qoʻllanilishi mumkin. Bunday oʻyinlarda “Men murabbiy,” “Men haydovchi,” “Men katta boʻlsam...” kabi oʻyinlarda bolalarda ishchanlik oʻyin elementlarini shakllantirish mumkin. Har bir didaktik oʻyinni oʻtkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Masalan, ”Teatr” oʻyiniga qoʻyiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. “Doiraviy misollar” oʻyinida esa ikinchi oʻnlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat boʻlgan didaktik topshiriq qoʻyiladi. Bolalarga oʻyinni oʻrgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. Oʻyinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. Oʻyin oʻtkazilish shakllari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik oʻyinlar ta’limning koʻrgazmaliligini, oʻqituvchining nutqini va bolalar harakatini oʻz ichiga oladi, buning natijasida idrokda (koʻrish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tugʻiladi. Bu esa oʻqituvchining aytganlarini bolalarning oʻylab olishiga va oʻsha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik oʻyinlar qoidalarini oʻquvchilarning oʻzlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik oʻyinlarning boʻ tarzda tuzilish xususiyatlari oʻquvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar oʻyin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar. Download 46.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling