1-sinfda masalalar yechish orqali arifmetik amallarni oʻrgatish metodikasi
Download 46.89 Kb.
|
1 SINFDA MASALALAR YECHISH ORQALI ARIFMETIK AMALLARNI OʻRGATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishining maqsadi:Masalalar yechish orqali oʻquvchilarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinadi, shu orqali mustahkamlanadi. Masalan, bilimlarning shakllanishida nazariyani amaliyot bilan oʻqitishni turmush bilan bogʻliq olib borish imkonini beradi Masala yechish orqali xarid qilingan narsaning narxini, kvartira ta’mirlashning baxosi, poyezdga kechikmaslik uchun uydan qachon chiqish kerak, degan turli xildagi amaliy hisoblashlarni hal qilib beradi.
Kurs ishining vazifasi:Boshlangʻich ta’lim davrida oʻquvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik oʻyinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik oʻyinlar oʻquvchilar aqlini charxlaydi, soʻz boyligining oshishi, ogʻzaki nutqining riivojlanishida, mukammal inson boʻlib kamol topishida gʻoyat katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. Didaktik oʻyinlar jarayonida, oʻquvchilar oʻyin qoidalariga qat’iy rioya qilishga oʻrganadilar, inoqlik his-tuygʻulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ayniqsa oʻyin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi oshib, mustahkamlana boradi. Oʻquvchilarning iste’dodi, ijodiy qobiliyati namoyon boʻla boshlaydi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kompyuterlik matn boʻlib, kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. BOB. 1- SINF OʻQUVCHILARINI ARIFMETIK MASALALAR YECHISHGA OʻRGATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI Masalalarning bilish va tarbiyaviy funksiyalari. Masalalar yechish avvalo bolalarda mukammal matematik tushunchalarni shakllantirishi, ularning oʻquv dasturida belgilab berilgan nazariy bilimlarni oʻzlashtirishlarida muxim axamiyatga ega. Masala. Oʻquvchida 4ta rangli va 2ta oddiy qalam bor. Oʻquvchida hammasi boʻlib nechta qalam bor? Bu masala orqali oʻquvchilarda qoʻshish haqidagi tushunchani shakllantirish, mustahkamlash va yigʻindini topishga doir bilimlar hosil boʻladi. Masalalar yechish orqali oʻquvchilarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinadi, shu orqali mustahkamlanadi. Masalan, bilimlarning shakllanishida nazariyani amaliyot bilan oʻqitishni turmush bilan bogʻliq olib borish imkonini beradi Masala yechish orqali xarid qilingan narsaning narxini, kvartira ta’mirlashning baxosi, poyezdga kechikmaslik uchun uydan qachon chiqish kerak, degan turli xildagi amaliy hisoblashlarni hal qilib beradi. Yuqoridan kelib chiqqan holda masalaning 2ta muhim funksiyasi mavjudligini bilamiz: masalaning bilish xarakteridagi funksiyasi, masalaning tarbiyaviy xarakteridagi funksiyasi. Masalalar yechish jarayonining oʻzi metodikada oʻquvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir koʻrsatishi ma’lum. U aqliy operatsiyalarni; analiz va sintez, konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslash, umumlashtirish kabilarni rivojlantiradi. Turmushda sonlar bilan bogʻliq boʻlgan turli xil hayotiy hisoblashlar vujudga keladiki, uni hal qilish uchun arifmetik amallar bajarishga toʻgʻri keladi. Bunday hisoblash ishini talab qiladigan mazmun masala deyiladi. Har bir masala berilgan (ma’lum) va izlanayotgan (noma’lum) sonlarni o`z ichiga oladi. Masaladagi sonlar, to`plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini xarakterlaydi, Munosabatlarni ifodalaydi yoki topilishi kerak bo`lgan noaniq sonlar bo`ladi. Xar bir masalada shart va saavol bo`ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan sonlar ora sida bog`lanish ko`rsatiladi, bu bog`lanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanini bildiradi. Masala: Yengil mashina 4 soat yo`lda 56 km tezlik bilan yurgan. Mashina qancha masofa yurgan? Sharti: Yengil mashina 4 soat yo`lda 56 km tezlik bilan yurdi (Ma`lum yoki berilgan). Savol: Mashina qancha masofa yurgan? (izlanayotgan yoki noma`lum) masalani yechish: bu masala shartida berilgan sonlar va izlanayotgan sonlar orasidagi bog`lanishini ochib berisgh va shu asosida arifmetik amallarni tanlash, keyin esa ularni bajarish hamda mnasala savoliga javob berish demakdir. Masalani tanlashni o`rganish va uni mustaqil o`qiy olish. Masala tahlili masala savolidagi berilganlarga qarab boradi: Masalada nimani bilish talab qilinadi? (Kastyumga ketgan materialni). Buni birdaniga bilib boʻladimi? (Yoʻq). 3. Nega? (Nechta kostyum tikilganini bilmaymiz). 4. Nechta kostyum tikilganini bilib boʻladimi? (Boʻladi). 5. Qanday qilib? (Nechta koʻylak tikilgan boʻlsa shuncha kostyum tikilgan). Nechta koʻylak tikilgan? ( 24 m materialning har 3 m dan bitta koʻylak tikilgan boʻlsa, 24:3=8 ta koʻylak tikilgan). 6. Kostyum ham 8 ta boʻlsa, har bira kostyumga 4 m dan material ketsa jami necha m material ketgan? (8*4=32 m) 7. Masala svoliga javob berdikmi (ha) Psixologiya kursidan ma’lumki tafakkurni rivojlanishi shaxsning ijodiy faolligi orqali aniqlanadi. Chunonchi, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish oʻqituvchiga oʻquvchilarning mumkin boʻlgan aqliy qobiliyatlarini xotirasidan foydalanish imkonini beradi. Bundan masalarning yana bitta, favqulodda muhim funksiyasi kelib chiqadi. Masalarni yechishda predmmetga boʻlgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishik rivojlanadi. Masalalar oquvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni oʻz shahrining, qishlogʻining hayoti bilan, kishilarning ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligidagi mehnatari bilan tanishtiradi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mehnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mehnat unumdorligini orttirish yurtimiz fuqolarini farovonligini oshirish, hukumatimizning bolalar haqida, ularning oʻqishlari va dam olishlari borasidagi gʻamxoʻrligi kabi materiallarda tushuntiradi. Masalalar ustida ishlar ekan sistemali ravishda va rejali asosda oʻquvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham oʻylab koʻrish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan, masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topadi. Masalalar yechish matematika oʻqitishning tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan turib matematikani oʻzlashtirishni tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Matematikada masalalar yechilish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutloqo tabiiy yoʻlidir. Matematika masalalar yechishning u yoki bu nazariy materiallarni oʻzlashtirish jarayonidagi muhim roʻlini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi: «Natural sonlar arifmetikasi va nolni oʻrganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan soʻz har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qoʻllanilishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan bogʻlanadi». Masala deb, tom ma’noda shunday savolga aytiladiki, uni yechish uchun berilgan sonlar va berilgan sonlar bilan izlangan sonlar orasidagi soʻzlar bilan ifodalangan bogʻlanishga koʻra izlangan sonini topishga aytiladi.( 5,6,7). 7 Bunday masalalar turmushda va har qanday kasbda uchraydi. Hisob kitobga doir masalalarda amallar tanlash masalasi qiyin boʻlmaydi. Hisob kitobga doir masalalarning ikki xil ahamiyati bor, birinchidan bunday masalalarni yechish arifmetik amallarni bajarish malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Ikkinchidan oʻquvchilar arifmetika bilimlarini turmush tajribasidan kelib chiqqan masalalarni hal qilishga tadbiq qilishni oʻrganadi. Hisob kitob masalalaridan tashqari matematik mazmuni murakkabroq boʻlgan masalalar ham yechiladi. Bunday masalalarning koʻpchilik qismi metod bilan, ya’ni tenglamalar tuzish va yechish bilan hal qilinadi. Arifmetik yoʻl bilan yechish esa ziyraklik mulohaza qila bilishni, ozmi koʻpmi tasavvur qila bilishni diqqat qilishni, qiyinchiliklarni yengishda matonatli boʻlishni talab qiladi. Masalalar yechish bilan quyidagi maqsadlarga erishiladi. (5). 1. Oʻquvchilar masalalar yechishar ekan, miqdorlar orasidagi bogʻlanishni tushunishni, ular orasidagi munosabatni topishni tegishli amalni tanlashni oʻrganadilar. 2. Masalalar shartlarida turmushdagi olingan materialdan foydalanish matematikani hozirgi zamon bilan bogʻlashga mustaqil respublikamizning qurilish sohasidagi muvoffaqiyatlarimiz haqidagi oʻquvchilarning bilimlarini aniqlashtirishga yordam beradi. 1. Masalalarda koʻpincha matematik tushunchalar, masalan, boʻlishning ikki turi ayirmali va karrali nisbatda orttirish va kamaytirish amallar qoʻllanishning turli xil hollarni va hokazolar aniqlandi. 2. Masalalar yechishda u yoki bu amalning qoʻllanishi matematik amallarni mustaxkamlaydi. 3. Atrofdagi turmushdan olingan masalalarni kishini maktabda olgan bilim asoslarini tushunishda ishlata biladigan qilib tarbiyalaydi. 4. Masalalar yechish matematika mashgʻulotlariga qiziqish va havas uygʻotishiga yordam beradi. 8 Oʻquvchilar sodda masalalar yechish bilan miqdor orasidagi bogʻlanishni tushunishni va u yoki bu arifmetik amalni qoʻllanishning turli hollarini koʻrsatib, sodda masalalar yechishni takrorlash foydalidir. Qoʻshish amali: 1. Qoʻshiluvchilar berilganda yigʻindini topish. 2 berilgan sonni bir necha birlik orttirish kerak boʻlganda ishlatiladi. (8). Ayirishda ikki sonning berilgan yigʻindisi va qoʻshiluvchilarning biri boʻyicha ikkinchi qoʻshiluvchi (qoldiq) topiladi. Shuning uchun ayirish bilan 1-qoldiqni topishga doir masalar 2-sonni bir necha birlik kamaytirishga doir masalar yechiladi, bu yerda izlangan qoʻshiluvchi yigʻindini topish uchun bir necha birlik (ayiriluvchi) qoʻshiluvchi sondir. 3. Sonning ayirmasini topishga doir masalalar (ayirmasini taqqoslash) echiladi. Bu erda kamayuvchini topish uchun noma’lum qoʻshiluvchi berilgan qoʻshiluvchiga (ayiriluvchiga) qoʻshilgan.(8,9,10) Butun songa koʻpaytirish vositasi bilan quyidagicha masalalar yechiladi: 1.Teng qoʻshiluvchilardan biri (koʻpayuvchi) boʻyicha yigʻindi (koʻpaytma) topiladi. 2.Berilgan son (koʻpayuvchi) koʻpaytuvchida nechta birlik boʻlsa, shuncha marta orttiriladi. Ikki koʻpaytuvchining koʻpaytmasi (boʻlinuvchi) va koʻpaytuvchilardan biri boʻyicha boʻlish vositasi bilan ikkinchi koʻpaytuvchi topiladi. Butun songa boʻlishda izlangan koʻpaytuvchi koʻpaytuvchi boʻlishi mumkin, u holda boʻlinuvchi butun son, boʻluvchi-butun son boʻlinadigan teng boʻlaklar soni, boʻlinma teng boʻlaklardan birining miqdoridir. Masalalarda boʻlishni qoʻllashning ikkinchi holi boʻluvchida nechta birlik boʻlsa, berilgan sonni shuncha marta kamaytirishdan iborat. Sodda masalalarni yechishda amal tanlash markaziy va shu bilan birga eng qiyin masaladir. Oʻquvchilar sodda masalani echishda masala shartining mazmunini oʻzlashtirib olib, izlagan son bilan 9 berilgan son qanday bogʻlanishda ekanligini bilib olishlari va bunday masalani yechish uchun amallar tanlab olishlari kerak. Murakkab masalalar yechish uni sodda masalalarga ajratish va uni shu sodda masalalarni yechishga keltiradi. Shuning uchun oʻquvchilar sodda masalalar yechishni oʻzlashtirib olganlaridan va etarli darajada hisoblash malakalari hosil qilganlaridan keyinginga murakkab masalalar yechishni boshlash mumkin. Ma’lumki, sodda masalani yechish berilgan sonlar bilan izlangan sonlar orasidagi bogʻlanishni topish va orifmetik amallar tanlashdan iboratdir. Murakkab masalalar echishga kirishishdan oldin oʻqituvchi bir qator mashqlar oʻtkazishi kerak. Bu mashqlar a) izlangan sonni aniqlash uchun savollar tuzish; b) qoʻyilgan savolga javob berish uchun ma’lumotlar tanlash; v) masalaning savoliga javob topish uchun amallar koʻrsatishdan iboratdir. Murakkab masalaning echimini quyidagi qismlardan iborat. (18). 1. Masalaning mazmunini oʻquvchilar tushunib olish. 2. Masalani tahlil qilish va reja tuzish. 3. Masalani echish va rasmiylashtirish. 4. Yechishni tekshirish. Masalaning mazmunini oʻzlashtirish uchun oʻquvchilar bilan quyidagi usulni tajriba qilib koʻrish mumkin. Oʻqituvchi masalaning nomerini aytadi va oʻquvchilarga masalaning shartini ovoz chiqarmasdan oʻqib chiqishni shartini tushunib olishni buyuradi. Bu usul oʻquvchilarni metoddan mustaqil foydalanishga oʻrgatadi. Agar oʻquvchi masalaning shartini masalalar toʻplamidan mustaqil oʻqisa, masalani ichida ikki uch marta oʻqib chiqishni soʻngra kitobni yopib qoʻyib, masala shartini takrorlashni buyuradi. Bunda oʻqituvchi masalaning son ma’lumotini emas, balki asosiy mazmunini esda tutishni tavsiya qiladi. Oʻquvchilar shartlarni oʻqishga va uni ichlarida takrorlashga va diqqat e’tibor berishlari uchun oʻqituvchi masalaning shartini kitobga qaramasdan takrorlash 10 kerakligi toʻgʻrisida ularni ogohlantiradi. Masalaning shartini eslab qolish maqsadida uning tekstni oʻqish oʻquvchini masalaning mazmunini chuqurroq tushunib olishga majbur qiladi. Bu esa oʻz navbatida masalani toʻgʻri yechishga yordam beradi. Download 46.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling