1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?


 O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1001265
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
suhbat (1)

22. O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi haqida so’zlab bering 
PF-5837 26.09.2019 
23. Soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi? 
74-modda. Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi


Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, 
shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq 
davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi. 
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda 
amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki 
soliq agentiga yuklatilishi mumkin. 
Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq 
to‘lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.
Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi. 
Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan 
har birining natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash 
majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi. 
Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi mumkin. 
Bo‘nak to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga 
tenglashtiriladi. 
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali 
naqd pulsiz shaklda to‘laydi. 
Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda 
to‘lash muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. 
24. Moliyaviy sanksiyalar nima? 
218-modda. Moliyaviy sanksiyalar 
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 
javobgarlik chorasidir. 
Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 
28
va 
29-boblarida
nazarda 
tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi. 
Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech bo‘lmaganda bitta holat mavjud 
bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan 
miqdorga nisbatan ikki marta kamaytiriladi. 
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo‘linganda va 
soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi 
qarori olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar 
summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli 
moddalarida belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi. 


Ushbu Kodeksning 216-moddasi 
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan holatlar 
mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi. 
Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir 
etilgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda 
undiriladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling