1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
suhbat (1)
25. Servitut huquqi nima?
Servitut (lot. servitus, servitutis — boʻysinuvchi holat) — oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Ushbu holat Oʻzbekitston Repulikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan tartibga solinadi. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin: oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtishda; oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazishda; oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar * oʻtkazish va ulardan foydalanishda; oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olishda; mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtishda; oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishda; oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etishda. 26. Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etilganda ayb shakllari to’g’risida gapirib bering? 214-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda ayb shakllari G‘ayrihuquqiy xatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb e’tirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati (harakatsizligi) g‘ayriqonuniy ekanligini bilgan bo‘lsa, bunday harakatning (harakatsizlikning) zararli oqibatlari yuzaga kelishini istagan yoxud ularning yuzaga kelishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb topiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakatlari (harakatsizligi) g‘ayriqonuniy ekanligini yoxud bunday harakatlar (harakatsizlik) natijasida yuzaga keladigan oqibatlarning zararli ekanligini garchand ularni oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda bilmagan bo‘lsa, bunday huquqbuzarlik ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan deb e’tirof etiladi. Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishini keltirib chiqargan aybiga qarab aniqlanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling