1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Bolalar va kattalar nutqi oralig’ida qanday tafovutlarni sezish mumkin?


Download 52.41 Kb.
bet4/12
Sana31.01.2024
Hajmi52.41 Kb.
#1830839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -hozir.org

8.Bolalar va kattalar nutqi oralig’ida qanday tafovutlarni sezish mumkin? 
Nutqning faol ishtiroki tufayli inson tevarak-atrof, borliq haqida ma’lumotlarga
ega bo’ladi.Shu bilan birga nutq bolaning rivojlanishida, uning ta’lim tarbiya
olishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida
rivojlanib boradi.Nutqning to’g’ri shakllanish atrofdagilar nutqiga, nutqiy
tajribaga, to’g’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bo’g’liq.
9.So’zlovchi va tinglovchining ayol yoki erkak jinsiga mansubligi nutq 
jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatadi?
So’zlovchi va tinglovchining ayol yoki erkak jinsiga mansubligi ham nutq
jarayonida ahamiyatlidir.
O’zbek xotin-qizlari nutqiga xos “aylanay”, “girgitton”, “o’rgilay”,
“qoqindiq” kabi so’zlar ijobiy ma’no nozikligini ifodalovchi leksik vositalar
hisoblanadi.Ular ko’proq keksa ayollar tomonkidan qo’llanadi:
Xolposh xola sandal chetida xamir qorib o’tirgan ekan.Mehmonlarni ko’rib
quvonib ketdi.
-Voy girgittonlar, voy o’zim girgittonlar!- degancha kalovlanib o’rnidan turdi.
Xotin-qizlar nutqining individual xususiyatlarini “voy” jundovi o’ndan ortiq
ma’no nozikliklarini ifodalaydi.Bular: sevish, erkalash, achinish, qo’rqish, havas,
sarosimalanish, koyish, alam singari holatlardir.
O’zbek tilida shunday iboralar borki, ular faqat erkaklar nutqidagina
uchraydi.Jumladan, “burnini yerga ishqamoq”, “baqbaqangdan akang”,
“dabdalasini chiqarmoq’, “jag’ini ezib qo’ymoq”, “otimni boshqa qo’yaman”,
“quling o’rgilsin”, “haromi”, “yuzimga tuflang” kabi iboralar, asosan, erkaklar
nutqida qo’llanishi bilan o’ziga xoslik kasb etadi:
-
… To’yingizning ertasiga Farg’onaga jo’nab qoldim.Butun qaytimu
okaxonni bir yo’qlab qo’yay, dedim.
-
Tinchlikmi? – dedi Asadbek.
-
G’alvali ish bor.Ko’rishganda aytaman.
-
“Kamaz” ga ketganlardan darak bormi? Qo’lidan ish keladigan
balalarmidi o’zi?
-
Bu yo’g’iga xotirjam bo’ling, okaxon.O’nta “Kamaz” sizniki.Shu hafta
ichi yetkazib kelishmasa, basharamga tuflang.






Download 52.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling