tarixi”, “Umumiy tilshunoslik” kurslaridan ma’lumki, sotsiol tilshunoslik nuqtayi
16.Til rivojlanishining ichki va tashqi omillarini sanang.
Nutq rivojlanishininh ichki omillariga quyidagilar kiradi:
1)
jamiyat
2)
jamiyatdagi til siyosati
Darhaqiqat, jamiyat, jamiyatdagi kishilarning o’zaro muloqatga
kirishishi,
kommunikatsiyasini yo’lga qo’yishi nutq rivoji uchun eng asosiy omil
hisoblanadi.Masalan, “qo’l ko’tarmoq” fe’li yozuvda bir xil ko’rinishda bo’lsa-da,
uning konteksdan anglashiladigan ma’nolari turlicha bo’lib, bu faqat nutq
jarayonidagina reallashadi.Kuzating:
1.Men sizni haydamaslikka qo’l ko’taraman (A.Qahhor)-ovoz bermoq.
2.Yaqin kelgan mashinaga iltijo bilan qo’l ko’taraman (X.Sultonov)- to’xtatmoq
3.Nahot shu odam bir vaqtlar bo’lsa ham, xotiniga qo’l ko’targan bo’lsa!
(A.Qahhor)-urmoq.
4.Chang-to’zon ichida yalang ko’ylak, yalangbosh nemislar qo’llarini baland
ko’tarib, bulutlar orasidan yugurib borardi (Y.Shamsharov)- taslim bo’lmoq.
5.Hech bo’lmasa qo’l ko’tarib, kampir o’yin qilib borasiz-da, Shermatxo’ja
(S.Siyoyev) – raqs tushmoq.
Misollardan anglashiladiki, demak, nutq jarayoni, aloqa-aralashuv munosabati
nutq rivoji uchun asosiy omildir.
Nutq rivojlanishining tashqi omillariga quyidagilar kiradi:
- So’zlovchi va tinglovchi saviyasining rivoji
- jamiyatda ko’p tillilik va uning nutqqa ta’siri
Do'stlaringiz bilan baham: