1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


Download 39.9 Kb.
bet3/9
Sana02.12.2023
Hajmi39.9 Kb.
#1779868
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoit-fayllar.org

Kimyo sanoati sohasida:
ammiak, azot kislotasi va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va energiya samaradorligi yuqori yangi quvvatlarni yaratish;
elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun energiya sarfi hajmi katta bo‘lgan kimyoviy jarayonlarning issiqligini utilizatsiya qilish texnologiyalaridan foydalanish;
yirik tonnajli texnogen chiqindilardan sanoatda foydalanishni joriy etish.
§ 2. Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish
7. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash, shuningdek, har yili qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi yangi quvvat ishlab chiqarish obyektlarini O‘zbekistonning Yagona elektr energetika tizimiga xavfsiz integratsiya qilish texnik jihatlarini e’tiborga olgan holda ularning joylashuvini belgilash;
tarif siyosatini takomillashtirish va mazkur sohada qulay raqobat muhitini rag‘batlantirish maqsadida yangidan ishga tushiriladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari, xususan quyosh, shamol va biogaz stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilishning chegaralangan (maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan) tariflarini tasdiqlash;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini amalga oshirish doirasida elektr energetikasi bozoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar kirishini rag‘batlantiruvchi auksion savdolarini joriy etish orqali salohiyatli investorlarni raqobat asosida tanlashning zamonaviy va shaffof uslublarini shakllantirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida amaldagi standartlarni tahlil qilish va milliy standartlarni ushbu sohadagi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish;
energetika balansi tuzilmasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish uchun yirik, o‘rta, kichik va mikroGESlar, shamol generatorlari va geliostansiyalarni loyihalashtirish va qurishda zamonaviy asoslangan ilmiy-texnik yechimlarni joriy etish;
elektr tarmoqlarining energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish, avariya holatlarining oldini olish va elektr quvvatiga talab kuchayganda zaxira quvvatlarni o‘z vaqtida ishga tushirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiya ishlab chiqarishning nomarkazlashtirilgan tizimlarini joriy etish orqali elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiyalash va qayta qurish;
elektr energiyasini ishlab chiqish va taqsimlash balansini qayta tiklanuvchi energiya manbalarini alohida ajratgan holda monitoring qilish;
energiya tizimlariga ulanish orqali ishlab chiqarilgan energiyani to‘plash texnologiyalarini rivojlantirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya olish uchun uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
mavjud GESlarning energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash;
kichik derivatsion GESlar va ularning infratuzilmalarini qurish;
respublikaning qishloq joylari va uzoq hududlarida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh batareyalarini joriy etish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha namoyish markazlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligi masalalari bo‘yicha aholini keng xabardor qilish.
8.
Download 39.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling