1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Elektr energetika sohasida
Download 39.9 Kb.
|
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoit-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik energetikasi sohasida
- Neft va gaz sanoati sohasida
Elektr energetika sohasida:
bug‘-gazli va gaz turbinali qurilmalar negizida yuqori samarali texnologiyalarni joriy qilish orqali ishlab turgan elektr stansiyalarining energiya ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash; energiya tizimi barqarorligini oshirish uchun magistral elektr tarmoqlari konfiguratsiyasini takomillashtirish va modernizatsiyalash; tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan elektr tarmoqlari rejimlarini maqbullashtirish, reaktiv quvvat va tarmoq sxemalarini kompensatsiya qilish; texnologik jarayonlarning avtomatlashganlik darajasini oshirish, tashish va taqsimlashga sarflanadigan elektr energiyasi hajmini qisqartirish; elektr energiyasi iste’moli tizimlarini avtomatik nazorat va hisobga olish asboblari bilan to‘liq jihozlash. 4. Issiqlik energetikasi sohasida: issiqlik energiyasini ishlab chiqishning yangi texnologiyalari, shu jumladan markaziy qozonxonalarda kogeneratsiya texnologiyalari, bug‘ning o‘ta superkritik ko‘rsatkichlariga ega ko‘mir bug‘-turbinali energiya bloklari texnologiyalarini joriy etish; qozonxonalarning eskirgan asbob-uskunalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish; turbokompressor qurilmalari chiqindi gazlari issiqligini utilizatsiya qilish; issiqlik tarmoqlari joylashuvini maqbullashtirish va modernizatsiyalash; issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashda zamonaviy, issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallardan foydalanish; issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashish tizimini iste’molchilar sonini hisobga olgan holda avtomatlashtirish, dispetcherlash va maqbullashtirish; iste’molchilarni zamonaviy hisoblagichlar bilan ta’minlash; qozonxonalarda suvni isitish uchun geliokollektorlardan foydalanish. 5. Neft va gaz sanoati sohasida: uglevodorod resurslari yo‘qotilishi nazoratining samarali texnologiyalari (SCADA)ni joriy qilgan holda kompressor stansiyalar, past va o‘rta bosimli gaz taqsimlovchi tarmoqlar, shuningdek, gaz-transport tizimini modernizatsiyalash hisobiga tabiiy gaz qazib olish, uni qayta ishlash, tashish va taqsimlashdagi yo‘qotishlarni kamaytirish; gaz bilan ta’minlashni hisobga olish va uni taqsimlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish; neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashda issiqxona gazlarining ajratmalarini qisqartirish; neftga qo‘shilib chiqadigan gazlarni utilizatsiya qilish va chuqur qayta ishlash jarayonlarini joriy etish natijasida ularni yondirishdan hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish; neft va gaz qazib chiqarish obyektlarida muqobil energiya manbalarini joriy etish; elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun chiquvchi gazlar issiqligini utilizatsiya qilish. 6. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling