1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Binolarni qurish va ulardan foydalanish sohasida
Download 39.9 Kb.
|
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoit-fayllar.org
Binolarni qurish va ulardan foydalanish sohasida:
binolarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan ko‘p qavatli uy-joy va shaxsiy uy-joy fondini rekonstruksiya qilish; Oldingi tahrirga qarang. qurilish me’yorlari va qoidalarini qurilish va rekonstruksiyani amalga oshirishda energiya samaradorligi talablarini kuchaytirish yuzasidan har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqish; (8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son) binolarni qurish va ulardan foydalanishda qurilish me’yorlariga rioya qilishni nazorat/monitoring qilish tizimini yaratish; binolarni qurish va rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini oshirishni hisobga olgan holda arxitektura-rejalashtirish yechimlariga bo‘lgan yondashuvlarni takomillashtirish; binolarni energetik sertifikatlashtirish tizimini yaratish; issiqni saqlovchi qurilish materiallari uchun amaldagi me’yor va standartlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini qabul qilish; energiya samarador shaklda ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari tizimini rivojlantirish, xususan “yashil” ipoteka kreditlaridan foydalanish; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ko‘p qavatli binolarni energiya samarador shaklda ta’mirlash uchun maqsadli fondlar yaratish; energiyani tejashni rag‘batlantirish uchun tabaqalashtirilgan tariflar tizimini rivojlantirish; binolarni zamonaviy issiq saqlovchi materiallar, steklopaketlardan foydalangan holda qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash texnologiyalarini takomillashtirish; muhandislik uskunalari, issiq saqlovchi materiallar, isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqish texnologiyalarini “yashil” standartlar asosida rivojlantirish va modernizatsiyalash; markaziy isitishda issiqlik ta’minotining “yopiq” tizimini keng joriy etish; shaharlar va qishloqlardagi jamoat binolari, ko‘p qavatli turar joylar va shaxsiy uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun yuqori samarali avtomatlashtirilgan tizimli mahalliy qozonxonalardan foydalanish; parallel ishlaydigan iste’molchilar tizimiga issiqlikni bir tekis yetkazish maqsadida issiqlik bo‘g‘inlari tartibotini boshqarish uchun smart-tizimlar ishlab chiqish va joriy etish; alohida binolar ehtiyojlarini hisobga oluvchi yuqori texnologiyali sovitish va ventilatsiya tizimlaridan, masalan, issiqlik nasosi funksiyasi bo‘lgan split-konditsionerlardan foydalanish; maishiy uskunalar uchun energiya samarador standartlarni joriy etish; energiya ta’minoti manbai sifatida fotoelektrik panellarni joriy etish; binolarni yoritish uchun smart-tizimlarni ishlab chiqish va zamonaviy energiya samarali lampalardan keng foydalanish; aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali binolarning energiya samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha keng axborot kampaniyalarini o‘tkazish. 9. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling