Qattiq maishiy chiqindilar (keyingi o‘rinlarda — QMCh) bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida:
aholining QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlashga yo‘naltirilgan sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini rivojlantirish;
QMChlarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish;
poligonlarga ko‘mish uchun yo‘naltiriladigan QMCh hajmini kamaytirish, sanitariya va ekologik me’yorlar talablariga muvofiq keladigan zamonaviy QMCh poligonlarini yaratish, shuningdek, mavjud poligonlarni yopish va rekultivatsiya qilish chora-tadbirlarini ko‘rish;
sanitariya jihatidan tozalash sohasida narxlar shakllanishini takomillashtirish va tariflarni optimallashtirish;
qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlaridan muqobil energiya manbalari sifatida foydalanish.
15. Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralari:
Orol dengizi akvatoriyasidagi tabiiy suv havzalari tizimini saqlash;
Orol dengizining qurigan tubida daraxtzorlar barpo qilish va mintaqada cho‘llanishning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish;
Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi doirasida mintaqa mamlakatlarining hamkorligini mustahkamlash va uning institutsional asoslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, Orol falokati bilan bog‘liq muammolarni hal etishga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb qilishga qaratilgan harakatlarni faollashtirish.
§ 4. “Yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish
16. “Yashil” texnologiyalarni joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish:
texnologik ehtiyojlarni baholash, ustuvor vazifalarni belgilash va eng muhim texnologiyalarni tanlash, ularni ishlab chiqish/transferga ko‘mak berish;
“yashil” texnologiyalarni tijoratlashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkiliy tuzilmalar — texnologiyalarni yetkazib berish agentliklari, texnologik biznes-inkubatorlar, texnoparklar, klasterlar yaratish.
17. “
Do'stlaringiz bilan baham: |