1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish


Download 191.19 Kb.
bet1/11
Sana17.06.2023
Hajmi191.19 Kb.
#1521245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Burxonova Maftuna Biznes jarayonlarni loyihalash mustaqil ish


1.Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish
1.Ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni aytib bering?

1. Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir. Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyoj. Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabga bo‘linadi. Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e‘tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste‘mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.

2.Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlari qaysilar?

2.Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur: talabni o‘rganish; bozor tarkibini aniqlash; tovarni o‘rganish; raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing quyidagilarni o‘rgatadi: bozorni o‘rganishni; uni taqsimlashni; tovarlarni joylashtirishni; marketing siyosatini olib borishni; tovar siyosatini; narx siyosatini; taqsimot siyosatini; siljitish (yo‘naltirish) siyosatini; yuksalish, qo‘shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam


3.Xizmatlarini tashkil etishning tamoyili nechta va ularga tarif bering ?

3.Har bir korxona ichki imkoniyatlariga tayanib, ulardan o‘ziga ma’qulini tanlagan holda tuzishadi. Bu tamoyillar: 1) funksional; 2) geografik; 3) tovar; 4) bozor; 5) kombinatsiyalashgan tarzda bolishi mumkin. Birinchi tamoyilga ko‘ra marketingning har bir funksiyasi (reklama, yangi tovar yaratish, sotish, tadqiqot o‘tkazish, marketingni rejaiashtirish, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish va boshqalar) bo‘yicha alohida- alohida mutaxassislar ishlab, marketing ishlari bo‘yicha korxona rahbarining o‘rinbosariga bo‘ysunishadi. Tovar assortimenti kam bo‘lgan korxonalarda bunday tashkiliy tuzilishning samarasi yuqori bo‘ladi. Tovar assortimentining ko‘payishi natijasida esa, aksincha, samarasi kamayib boradi. Keng miqyosda tovar sotadigan korxonalar asosan ikkinchi (geografik) tamoyilga asoslaniladi. Bunda, korxona faoliyatini hududlar bo‘yicha tashkil etishib, har birida o‘zaro bog’liq bo‘lmagan marketing xizmatlarini tashkil etishadi. O‘z navbatida, ularning barchasi korxonaning marketing ishlari bo‘yicha vitseprezidentiga bo‘ysunadi. Mahsulot nomenklaturasi keng bo‘lgankorxonalar asosan uchinchi (tovar) tamoyildan foydalangan holda marketingni tashkil etadi. Bunda har bir mahsulot turi bo‘yicha alohida marketologlar faoliyat yuritib, o‘zlariga biriktirilgan markalarning sotilishiga mas’ul bo‘ladilar. To‘rtinchi tamoyil (bozor)ga asosan, firmalar marketing xizmatini bozor segmentlarining xususiyatlariga asoslangan holda tashkil etadi. Bunda mijozlarning xulqi, didi, to‘lov qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichIari inobatga olinadi.


2.TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA BIZNES REJA
Erkin bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyati biznes rejaga asoslanadi.
Biznes reja – korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash, rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil, shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Biznes reja – yangi faoliyat turlarini o’zlashtirish,biznesni yangi shakllarini yaratish hamda korxonani qisqa muddatlarda rivojlantirish rejasi hisoblanadi.
Iqtisod fanlari doktori professor V. Gruzinov esa “Biznes reja yangi korxonani shakllantirishga yoki biror–bir yangi tijorat faoliyatini amalga oshirishga yo’naltiriladigan harakatlarni asoslashga qaratilgan xujjatdir” degan edi.
Biznes rejani tayyorlash natijasida “Ishni nimadan boshlash kerak?”;“Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?”;“Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?”;“Investorlar bilan qachon hisob–kitob qilinadi?”;“Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf–xatarni qanday kamaytirish mumkin?”;“Raqobatchilar bilan ko’rashda qanday choralardan foydalanish mumkin?” kabi savollarga javob olinadi.
Biznes reja quyidagi maqsadlar uchun tuziladi:

  1. Korxonaning faoliyat darajasini aniqlash uchun.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining xavf–xatarlarini kamaytirish uchun.

  3. Biznes faoliyatini kelgusida rivojlantirish yo’nalishlarini miqdor va sifat ko’rsatkichlari tizimi ko’rinishida aniqlashtirish uchun.

  4. Investor e’tibori va qiziqishini jalb qilish uchun.

  5. Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’larning istiqbolligini aniqlash uchun.

  6. Ko’rsatkichlarni rejalashtirish bo’yicha tajribaga ega bo’lish uchun.

Biznes reja quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
1. Biznesni yuritish konsepsiyasini ishlab chiqish.
2. Korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash.
3. Korxona strategiyasini amalga oshirish quroli.
4. Pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

Download 191.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling