1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish
Tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish xarajatlari
Download 191.19 Kb.
|
Burxonova Maftuna Biznes jarayonlarni loyihalash mustaqil ish
6.Tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish xarajatlari
Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq xarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg'i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin (7.1.1- rasm): Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini yuritishi davomida kelib chiqadigan xarajatlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: 1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko'ra: - ishlab chiqarish xarajatlari; - noishlab chiqarish xarajatlari. 2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko'ra: - ichki xarajatlar; - tashqi xarajatlar. 3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga nisbatan: - doimiy xarajatlar; - o'zgaruvchan xarajatlar. 4. Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan: - bevosita xarajatlar; - bilvosita xarajatlar. 5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan: - mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; - davr xarajatlari; - moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar; - favqulodda zararlar. Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog'liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: - bevosita moddiy xarajatlari; - bevosita mehnatga haq to'lash xarajatlari; - ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar. Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan xarajat turiari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga: - mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlar; - boshqaruv xarajatlari; - boshqa operatsion xarajatlar va zararlar; - favqulodda zararlar kiradi. Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko'rsatkichlari- ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o'z aksini topadi. Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad -uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o'z vaqtida, to'liq va ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o'matishdir. Mahsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy xo'jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli: - bevosita moddiy xarajatlar; - bevosita mehnat xarajatlari; - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar. Bu xarajatlarning ko'pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko'rinishlarda hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona o'lchov birligiga - qiymat-pul ko'rinishiga keltirish talab etiladi. Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo'lish orqali topiladi: M T = M X + IX + ST+ A + BIX / M bu yerda: M T — mahsulot tannarxi, so'm; MX — ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so'm; IX — ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to'lash xarajatlari, so'm; ST — ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan ijtimoiy sug'urta to'lovlari, so'm; A — asosiy vositalar amortizasiyasi, so'm; BIX — boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so'm; M — mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo. Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo'yicha haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan taqqoslash, ortiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo'l qo'yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo'lgan xarajatlaming kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida xisoblanadi. Download 191.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling