Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-2012 yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo’yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o’zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |