1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish
Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini baholash
Download 191.19 Kb.
|
Burxonova Maftuna Biznes jarayonlarni loyihalash mustaqil ish
9.Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini baholash
Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xomashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi. O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish imkonini bermoqda .Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.Prezidentimiz tomonidan ma’ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.Horijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi: - eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko’maklashish; - ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish; - transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish; Download 191.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling