1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish


Download 191.19 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi191.19 Kb.
#1521245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Burxonova Maftuna Biznes jarayonlarni loyihalash mustaqil ish

To’rtinchi bosqich tuzilayotgan hujjatning umumiy tuzilmasini belgilash;
Beshinchi bosqich biznes rejaning har bir bo’limini tayyorlash uchun axborot yig’ish. Ushbu bosqichda zaruriy va yetarli bilim va tajribaga ega bo’lgan insonlar, xususan, kom’aniya xodimlari, tashqi konsultantlar, moliyachilar, buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar yordamiga murojaat etish lozim.
Axborot yig’ishni boshlashdan oldin biznes reja bo’limlari bo’yicha savolnoma tuzish maqsadga muvofik bo’ladi.
Oltinchi bosqich biznes rejani yozish (tayyorlash). Bunda eng asosiy qoida shundaki, tadbirkor biznes rejani mustaqil yozishi zarur. Tashqi maslahatchilar ishtiroki bundan avvalgi bosqichda to’xtatiladi. Yakuniy bosqichda ular tadbirkorga faqat ko’makchi sifatida ishtirok etadi.
Yettinchi bosqichda tadbirkor biznes rejani manfaatdor shaxslarga tanishish uchun berishi mumkin.
Biznes rejaning mazmuni va hajmi turli omillarga bog’lik bo’ladi:

  • korxona o’lchamlariga (kichik biznes uchun 10–20 bet; yirik korxonalar uchun 40–50 bet);

  • tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga ko’ra (yiriklashtirilgan yoki detallashtirilgan);

  • vazifasiga ko’ra (ichki foydalanish uchun, investorlar uchun, bank kreditlarini olish uchun);

  • rejalashtirish davriga ko’ra (1 yillik, bir necha yilga mo’ljallangan);

  • tuzuvchilarning malakasi va texnik iqtisodiy asoslashni tayyorlash borasidagi amaliy tajribasiga.

Rejani tuzish jarayoni va firma faoliyatini har tomonlama tahlil etish rahbarlarga o’z korxonasini chetdan kuzatishga majbur qiladi, o’xshash korxonalar bilan solishtirish esa kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan texnik va moliyaviy muammolarni oldindan ko’ra olish imkonini beradi. Agar firma bankrotlik yoqasida turgan bo’lsa, biznes reja shubhasiz tijorat o’eratsiyalaridan voz kechish, to’lov qobiliyati va rentabellik darajasini oshirish usullarini topishga yordam beradi.
Ko’pchilik kredit beruvchilar va investorlar sifatli rejani ko’rmasdan turib biznesga mablag’ sarflamaydilar.
Investorlar tadbirkorlikning quyidagi xususiyatlariga diqqatlarini qaratadilar: ishchan obro’, qarz to’lash uchun pul oqimi, kafolatni qo’shimcha ta’minlash, shaxsiy kapitalning 50 % dan kam bo’lmagan salmoi.
Ko’p korxonalar biznes rejani bir yilga tuzadilar. Biznes rejaning maqsadi va funksiyalarining turlicha ekanligi uni qat’iy tartibda tuzish lozimligini talab etadi. Axborotlar to’liq, aniq, ishchan bo’lishi lozim. Ayniqsa grammatik va orfografik xatolarni qilmaslikka harakat qilish lozim
https://hozir.org/mavzu-tadbirkorlik-faoliyatida-biznes-reja.html
3. TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA MARKETING VA TOVARLARNI SOTISH
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti, erkin raqobat sharoitida marketing birinchioringa chiqib qoladi. Chunki marketing tovarning ishlab chiqaruvidan iste’molgacha bo‘lgan yo‘lini belgilab beradigan jarayondir. U mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning kompleks tizimi bo‘lib, xaridorning talab va ehtiyojini har tomonlama o‘rganishga asoslanadi. Bu jarayon o‘zgarib turadigan bozorga moslashib borish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish va umuman xo‘jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z ichiga oladi. Marketing bo‘limiga qolgan barcha bo‘limlarni o‘zaro bog‘lovchisi, ishlab chiqarishning boshida turuvchi asosiy bo‘g‘in sifatida qaralishi lozim. Ularning birgalikdagi hamkorligi natijasida bozor tadqiq qilinadi, korxonaning biznes sohasidagi yangi imkoniyatlari izlanadi, marketing strategiyasi va taktikasi yaratiladi, reklama va tovarlar harakati bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, baholar o‘rnatish amalga oshiriladi, rejalar yaratiladi va uning bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi. Marketingning eng asosiy vazifalaridan biri kafolatlangan yuqori sifatli, xaridor talabiga javob beradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni tashkil qilish hamda yo‘lga qo‘yishdir. Bu o‘rinda iqtisodiyotni boshqarishda marketing unsurlaridan biri reklamaning o‘rni beqiyosdir. Yaxshi tashkil etilgan reklama bozor talabini oldindan kora bilishva bozor sharoitida xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. Reklama biror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turini ommalashtirish maqsadida qilingan ishdir. Shu maqsadda reklama o‘sha korxona yoki ijtimoiy faoliyatning biror-bir mahsulotiga yoki xizmat turiga keng jamoatchilikning e’tiborini jalb etadi. Har bir korxona va tashkilot mahsulotining turi, uning taniqlililik darajasidan kelib chiqib o‘z reklama dasturini ishlab chiqadi. Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi bilan bog‘lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo‘yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o‘qitila boshladi.

Download 191.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling