1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi
Download 232.47 Kb.
|
Reja
Tushunchalar apparati bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana
bir holni ta’kidlash lozim. har bir muayyan tadqiqotda ishlatiladigan tushunchalar apparatini tanlab olish va tizimlashtirish uning predmeti, qo‘yilgan maqsadlari va vazifalari bilan belgilanadi. Shuning uchun tushunchalarning doimiy tizimi orqali ifodalanadigan xodisa va jarayonlarning moxiyati mualliflik nuqtai nazar bilan belgilanadi, har bir tadqiqotdagi tushunchalar tizimi esa u yoki bu darajada mualliflik hisoblanadi (u aniq, tiniq, tartibli yoki aksincha, mujmal, ziddiyatli bo‘lishi mumkin). Nazariy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish. Yaratilayotgan ilmiy konsepsiya, nazariyaning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish jarayonidan tashqari (bu xaqida keyinroq batafsil to‘xtalamiz), nazariy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish, xuddi shuningdek, empirik tadqiqotning nazariy qismi tuzilmasini barpo qilish o‘ta variativ (ko‘p variantli) hisoblanadi va to‘laligicha har bir muayyan tadqiqotning predmeti, maqsadlari va vazifalari bilan belgilanadi. Barchasi uchun umumiy bo‘lib ba’zi jixatlari hisoblanadi holos, quyida shularni ko‘rib chiqamiz. Tadqiqotning mantiqiy tuzilmasini barpo qilishda ko‘pincha turli sinflanishlarni ishlatish va o‘z sinflanishlarini kiritish zarurati paydo bo‘ladi. Xatto- ki, bunday sinflanishlarning bo‘lishi ma’qul hisoblanadi –ular ishga ijobiy ta’sir qiladi, ma’lum barqarorlik, tartibni yuzaga keltiradi. Sinflanishga qo‘yiladigan asosiy talablar 1 : 1. Xar bir sinflanish faqatgina bir asos bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Extimol, bu eng ko‘p buziladigan, eng asosiy talabdir. Muayyan sinflanishni kiritishda darxol savol qo‘yilishi lozim – qanday asos bo‘yicha u kiritilmoqda? Sinflanishning asosi bu – bosh, umumiy tushuncha hajmini (mazkur sinflanish bo‘yicha tasniflanayotgan ob’ektlarning butun majmuini) turlarga (tur tushunchalari – ushbu majmuaning a’zolari, qismlari) bo‘lish imkonini beruvchi 1 Tarixda yaxshi chiqmagan, muvaffaqiyatsiz (keltirilgan talablarga javob bermaydigan) sinflanish misoli mavjud - «Xitoy saroy donishmandlari tomonidan xayvonlarning sinflanishi»: «Xayvonlar quyidagilarga bo‘linadi: a) Imperatorga tegishli bo‘lgan, b) balzamlangan, v) qo‘lga o‘rgatilgan, g) sut emuvchi cho‘chqachalar, d) sirenalar, e) ertaksimon, j) daydi itlar, z) mazkur sinflanishga kiritilganlar, i) jinniga o‘xshab quturganlar, k) sanalmaydiganlar, l) tuya junidan qilingan juda ingichka mo‘yqalam bilan chizilganlar, m) boshqalar, n) ko‘zachani xozirgina sindirganlar, o) uzoqdan chivinga o‘xshaganlar». 34
maktabga bo‘lish uchun asos bo‘lib o‘quvchilarga har bir bosqichda beriladigan umumiy ta’lim darajasi xizmat qiladi. Shu bilan birga, masalan, bir sinflanishda muayyan maktab o‘quvchilarini yoshi bo‘yicha va o‘zlashtirishi bo‘yicha, yoki fakultativ mashg‘ulotlarga borishi bo‘yicha bo‘lish mumkin emas. 2. Sinflanish a’zolari hajmi butun tasniflanayotgan sinf hajmiga aynan teng bo‘lishi lozim. Bu degani, masalan, barcha uchburchaklarni burchaklarining kattaligi bo‘yicha o‘tkir burchakli, to‘g‘ri burchakli, o‘tmas burchakli uchburchaklarga bo‘ldik – unda bu asos bo‘yicha boshqa xech qanday uchburchak bo‘lmasligi kerak. 3. Xar bir ob’ekt faqat bir quyisinfga tushishi mumkin holos. Masalan, barcha butun sonlarni juft, toq va sodda sonlarga sinflash mumkin emas. Chunki bunda 5, 7, 11 va boshqa sonlar bir vaqtning o‘zida ikki sinfga tushib qoladi – ular ham toq, ham sodda sonlar. 4. Sinflanish a’zolari o‘zaro bir-birini istisno qilishlari kerak; bu degani, ulardan xech biri boshqasining hajmiga kirmasligi kerak. Masalan, ilmiy kitoblarni monografiyalar, darsliklar, ma’lumotnomalar va matematika bo‘yicha kitoblarga bo‘lish mumkin emas. Matematika bo‘yicha kitoblar monografiya ham, darslik ham, ma’lumotnoma ham bo‘lishi mumkin. 5. Quyisinflarga bo‘lish uzluksiz bo‘lishi kerak, ya’ni eng yaqinda bo‘lgan quyi sinfni olish kerak va uzoqroqdagi bo‘lgan quyisinfga sakrab ketmaslik kerak. Aytaylik, tadqiqotlarni fizika, ximiya, biologiya, ekologiya va xokazolar sohasidagi tadqiqotlar sifatida sinflash mumkin, lekin ximiya, biologiya, ekologiya va elektrodinamika (fizika bo‘limi) sohasidagi tadqiqotlar sifatida sinflash mumkin emas. Sababi, oxirgi holatda biz eng yaqin bo‘lgan quyisinf (fizika)dan uzoqroqdagi bo‘lgan quyisinf – fizikaning bir bo‘limiga “sakrab” ketdik. Yana shuni qo‘shib qo‘yish mumkin-ki, ob’ektlar, xodisalar, jarayonlarning aynan bir sinfiga turlicha asos-belgilar bo‘yicha turlicha sinflanishlar qo‘llanishi mumkin. Chunonchi, mebel quyidagicha sinflanishi mumkin: - o‘zi tayyorlangan material asosi bo‘yicha: yog‘ochli, metalli, plastmassali va xokazo; - dizaynining uslubi asosi bo‘yicha: klassik, ampir, viktorian, modern va xokazo; - rangi asosi bo‘yicha: qora, oq, jigarrang va xokazo; - funksional mo‘ljallanishi asosi bo‘yicha: stollar, stullar, shkaflar va xokazo. Ya’ni, aynan bir ob’ektlar ko‘pgina asos bo‘yicha sinflanishi mumkin. Ishning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish jarayonida tadqiqotchi ko‘pincha “mantiqiy ayrilish”ga duch keladi – “A” yo‘nalishga qarab yurish ham mumkin, “B” 35
Bunday “ayrilish”lar tadqiqotchining yo‘lida ko‘p uchraydi, barchasini o‘tib chiqishga, tabiiy-ki, uning vaqti yo‘q, bunga uning butun xayoti ham yetmaydi. Shuning uchun tadqiqotchi asosiy, istiqbolli deb hisoblagan yagona yo‘l tanlanadi. Agar “ayrilish” butun ish uchun prinsipial ahamiyatga ega bo‘lsa, bunday holatlarda - nima uchun bu yo‘nalish tanlanganini asoslab berish lozim bo‘ladi. Lekin “boshqa yo‘nalish nega tanlanmadi”, deb o‘zini oqlab o‘tirish ham kerak emas. Chunki ilmiy ishlar mantiqini barpo qilish tajribasiga ega bo‘lgan hamma ilmiy xodimlar bunday “mantiqiy ayrilishlar” xaqida o‘z tajribasidan biladilar, va bunday tanlov, agar u asoslangan bo‘lsa, tabiiy hisoblanadi. Ko‘pincha tadqiqotchi o‘z mantiqiy tuzilmalarini turlicha sinflashlar bo‘yicha, turlicha jixatlarda taqsimlash lozim bo‘lgan vaziyatga to‘qnash keladi. Va bu yerda har bir tadqiqotchi albatta boshi berk ko‘chaga (tupikka) duch keladi – qanday qilib bu barcha jixatlarni takrorlashlarsiz ta’riflash mumkin? Lekin buni amalga oshirib bo‘lmaydi! Endi - bir jixat, bir sinflanish asosiy deb qabul qilinadi, boshqalar bo‘yicha material esa ichida bayon etiladi, ya’ni bunda anchagina mazmun boyligi yo‘qotiladi. Boshqa yo‘l yo‘q. Va nixoyat, qayd etish lozim-ki, turli asoslar (bu asoslarni ajratish uchun o‘z navbatida boshqa asoslar mavjud) bo‘yicha sinflanishlar majmui sinflanishlar tizimi deb ataladi. Sinflanishlar tizimini barpo qilish va taxlil qilish nazariy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi, chunki tegishli predmetli sohani (predmetli soha sinflanishlar tizimining asoslarini sinflash asosini aniqlab beradi) aniq-ravshan belgilab olish imkonini beradi, ushbu predmetli sohada o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyi sohalarni ajratish imkonini beradi, “oq dog‘larni” – istiqbolli tadqiqot predmetlarini yoki metodlarini belgilab olish imkonini beradi. Undan tashqari, muayyan asosning barcha sinflarini tadqiq qilish umumlashtirishni amalga oshirish imkonini beradi. Sinflanishlar tizimi mavjud asoslarning bir qismini yo‘qotish, o‘chirish va/yoki yangilarini qo‘shish hisobiga modifikatsiyalanishi mumkin. Chunonchi, yuqoridagi misolda “tadqiq qilinayotgan birikma bilan o‘zaro aloqaga kiruvchi moddalar konsentratsiyasi” asosi bo‘yicha sinflanishni qo‘shish mumkin. Shunga yarasha, tadqiqot predmeti ham kengroq tus oladi. Shunday qilib, sinflanishlar tizimi tadqiqot predmetining butunligini va to‘laligini ta’minlashning samarali mantiqiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular tadqiqotchining o‘zi uchun qulaydir (tadqiqotchi predmetli sohani tartibga solish lozim bo‘lganda, nima qilindi-yu, nimani endi qilish kerakligini tushunish uchun ilmiy faoliyatni tashkil qilish jarayonida qo‘llaydi). Bundan tashqari, ular tadqiqot natijalarini ko‘rsatish shakli sifatida ham qulaydir, ya’ni, masalan, tegishli maqola yoki kitobni o‘qiyotgan kasbdoshi barcha olingan natijalar majmuini tezda qamrab 36
Nazariya (konsepsiya) ning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish. Dastavval “u yoki bu fanning nazariyasi” va “ilmiy nazariya” tushunchalarini ajratib olsak. Fanning nazariyasi deyilganda ilm-fanning u yoki bu sohasidagi – fizika, biologiya va xokazolardagi barcha nazariy bilimlar majmui tushuniladi. Shu bilan birga, har bir ilmiy sohada ko‘plab ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) mavjud – sababi, moxiyatan, har bir yaxshi yozilgan doktorlik dissertatsiyasi bir butun nazariya (konsepsiya) hisoblanadi. Quyida ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar)ni barpo qilish to‘g‘risida gap ketadi. Nazariya (konsepsiya) ning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – induksiya bosqichi – aniqlik, konkretlikdan abstraktlikka qarab yurish, bunda tadqiqotchi o‘z nazariyasining markaziy tizim xosil qiluvchi bo‘g‘inini – konsepsiyani, aksiomalar yoki aksiomatik talablar tizimini, yoki yagona tadqiqot yondashuvini va xokazolarni aniqlab olishi lozim. Qayd etish lozim-ki, “konsepsiya” termini ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, yetakchi g‘oya, bir narsaning asosiy fikri sifatida ishlatiladi. Ikkinchidan, nazariyaning sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu yerda esa biz ushbu terminni ikkala ma’nosida ham ishlatamiz: birinchi holatda – konsepsiya to‘g‘risida qisqa, sermazmun ta’rif sifatida gapirganimizda; ikkinchi holatda – (qisqa ta’rif sifatidagi) konsepsiya rivojlanib, konseptual fikrlar, prinsiplar, omillar, sharoitlar, mexanizmlar va boshqalarga - nazariyaning sinonimi sifatidagi konsepsiyaga aylanganda. Ushbu induktiv bosqichda “kuchsiz versiyali” fanlar tarmoqlarida umumlashtirish uchun yagona asos bo‘lib, shubxasiz, sinflanishli yondashuv hisoblanadi – tadqiqotchi mavjud natijalarni birlashtirishi, “yig‘ishi”, umumlashtirishi mumkin bo‘lgan tegishli sinflanish asoslarini qidiradi. Natijalarni umumlashtirish, “yig‘ish” jarayonida tadqiqotchi bir tomondan, nazariyaning to‘laligi talablari nuqtai nazaridan xadeb o‘zining predmetli sohasiga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi – predmetli sohada qanday bo‘shliqlar paydo bo‘ldi, - ularni keyinchalik bartaraf etish, to‘ldirish lozim bo‘ladi, shu jumladan, extimol, qo‘shimcha tajriba-eksperimental ishlar orqali yoki boshqa mualliflardan natijani o‘zlashtirish orqali. Boshqa tomondan, yana o‘sha barpo qilinayotgan nazariya, konsepsiyaning to‘laligi talablari hamda o‘zaro zid kelmasligi talablari nuqtai nazaridan kelib chiqib olinayotgan umumlashtirishlarni va predmetli sohani doimo olinayotgan nazariy natijalar majmui bilan solishtirib borish lozim. Induksiya bosqichida tadqiqotchi barcha o‘zida mavjud bo‘lgan natijalarni, barcha qiziqish uyg‘otadigan holatlarni batafsil yozib boradi. Keyin ularni guruxlab, sinflashning muayyan asoslari bo‘yicha birlamchi umumlashtirishga “yig‘ib boradi”, keyin ikkinchi tartibli umumlashtirishga (yana muayyan asoslar bo‘yicha) 37
juz’iylikdan umumiylikka qarab yurish ro‘y beradi, toki barcha natijalar mualliflik Download 232.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling