1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi
Download 232.47 Kb.
|
Reja
Mantiqiy yondashuv har bir xodisa, jarayonni xozirgi paytda u erishgan
rivojlanish nuqtasida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi, bu holda tadqiqotda abstrakt- nazariy ishlanmalar ustun bo‘ladi. Tarixiy yondashuv ob’ektning muayyan-tarixiy genezisi (kelib chiqishi) va rivojlanishini ko‘rib chiqishni, rivojlanayotgan ob’ektning asosan genetik munosabatlarini tadqiq qilish va aks ettirishni ko‘zda tutadi, bu holda tadqiqotda muayyan, aniq tarixiy faktlar ustun bo‘ladi. Tarixiy va mantiqiy yondashuvlarning birligi, ularning o‘zaro bir-birini to‘ldirishi va chatishib ketishi zarurligini esdan chiqarmasligimiz kerak. Ko‘pincha, o‘rganilayotgan muammoning ochib tashlanishi bir vaqtning o‘zida ham tarixiy yondashuvni (xodisalar, jarayonlar va ilmiy g‘oyalar, nazariyalarning tarixiy rivojlanishi), ham mantiqiy yondashuvni (xodisalar, jarayonlar, shuningdek, g‘oyalar va nazariyalarning zamonaviy holati, ularning o‘zaro aloqalari) birlashtirganda - mantiqiy-tarixiy yondashuvning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mantiqiy-tarixiy yondashuvda mantiqiy jixat ustun hisoblanadi. Yana boshqa variant – tarixiy-mantiqiy yondashuvdir, unda, mantiqiy-tarixiy yondashuvdan farqli o‘laroq tarixiy jixat ustun hisoblanadi. Sifatli va miqdoriy yondashuvlar. Sifatli yondashuv o‘rganilayotgan xodisa, jarayonning uning o‘ziga xosligi va o‘ziga tegishli ekanligini, shuningdek, xodisalar, jarayonlar u bilan bir xil sinfga tegishli ekanligini aniqlovchi belgilari, xossalari, o‘ziga xos xususiyatlari majmuini aniqlashga qaratilgan. Miqdoriy yondashuv turli xodisalar, jarayonlarning tavsifnomalarini ularga tegishli bo‘lgan, kattaliklar va sonlarda ifodalanuvchi xossalarining rivojlanish darajalari yoki intensivligi bo‘yicha aniqlashga qaratilgan. Predmetlar, xodisalar, jarayonlarning miqdoriy tavsifnomalarini baholash ham bir turdagi, ham tabiatan sifat jixatidan turlicha bo‘lgan xodisalar, jarayonlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu umumiy xossalarni aniqlash go‘yoki ularning sifatdagi farqlarini yo‘qotadi va o‘lchash mumkin bo‘lgan muayyan birlikka olib keladi. Masalan, har bir kishi – takrorlanmas shaxs, va turli kishilarning umuman shaxslarini baholovchi qandaydir miqdoriy tavsifnomalarni kiritish, tabiiy-ki, mumkin emas. Lekin kishilarni qandaydir yagona ko‘rsatkichlar – bo‘yi, og‘irligi va xokazolar bo‘yicha, ya’ni, ularning har biriga xos bo‘lgan umumiy xossalar bo‘yicha solishtirish mumkin. Tadqiqot yondashuvlarinining sinflanishini dialektika kategoriyalari juftliklari bo‘yicha sanab o‘tishni davom ettirar ekanmiz, yana fenomenologik 22
yondashuv u yoki bu o‘rganilayotgan xodisa, jarayonning tashqaridan kuzatiladigan, odatda o‘zgaruvchan tavsifnomalarini bayon etishga qaratilgan; ikkinchi yondashuv - u yoki bu o‘rganilayotgan xodisa, jarayonning ichki, chuqur, barqaror tomonlarini, mexanizmlarini, xarakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga qaratilgan. Fenomenologik yondashuv ilm-fan rivojining muayyan bosqichlarida juda o‘rinli bo‘ladi. Chunonchi, faqatgina o‘sha paytda biologiya to‘plagan ulkan, faktik, fenomenologik materiallar sharofati bilan K. Linney biologik turlarning sinflanishini, Ch. Darvin esa - evolyusiya nazariyasini yarata oldi. Yana boshqa misol – sayyoralarning xarakatlanishi qonunlari I. Keppler tomonidan ta’riflab berilgan, vaxolanki, unga asos bo‘lib daniyalik astronom Tixo Brage tomonidan bajarilgan ko‘p sonli kuzatishlar va o‘lchashlar xizmat qilgan. Nixoyat, tadqiqot yondashuvlarining ketma-ketligida yagona yondashuv va umumiy (umumlashtiruvchi) yondashuvlarning navbati keldi. Yagona yondashuv, uning nomidan ko‘rinib turibdi - ayrim xodisalar, jarayonlarni o‘rganishga qaratilgan, umumiy yondashuv xodisalar, jarayonlarning umumiy aloqalari, qonuniyatlari, tipologik belgilarini topishga qaratilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan, dialektika kategoriyalari juftliklari bo‘yicha yondashuvlar sinflanishi mustaqil bo‘lgani sababli, har bir muayyan tadqiqot ma’lum yondashuvlar to‘plami bilan tavsiflanadi. Bunda, bitta tadqiqotning har xil vazifalari turlicha yondashuvlar to‘plami bilan yechilishi mumkin. Qayd etish lozim-ki, tadqiqot yondashuvi kategoriyasi, uning metodologik bilimlar strukturasidagi roli va o‘rni xali yetarlicha o‘rganilmagan. Ushbu masaladagi mavxumlikni quyidagi sodda misolda ko‘rsatish mumkin: yuqorida biz dialektika kategoriyalarining 5 juftliklari bo‘yicha (ikkinchi ma’nodagi) tadqiqot yondashuvlarini keltirdik. Demak, bir dona tadqiqot predmetida tadqiqot yondashuvlari variantlari soni 2 5 = 32 ta bo‘lishi mumkin ekan. Ya’ni, bir dona tadqiqot predmetida nazariy jixatdan 32 ta turli tadqiqot o‘tkazish mumkin ekan! Birinchi ma’nodagi joiz tadqiqot yondashuvlarini (tizimli, shaxsiy, sinergetik va xokazo) ham hisobga olsakchi? Shunisi e’tiborli-ki, estetika, san’atshunoslik, adabiyot nazariyasida tadqiqotlardagi tadqiqot yondashuvining analogi bo‘lib badiiy, adabiy asar metodi tushunchasi keladi: klassitsizm metodi, romantizm metodi, realizm metodi va xokazo; arxitekturada – uslub (stil) tushunchasi – klassik uslub, ampir, modern va xokazo. Ilm-fanda tadqiqot yondashuvlari ham metodlar rolini o‘ynaydi, lekin u maxsus turdagi metodlardir. Yuqorida biz tadqiqot metodlarini ikki darajaga bo‘ldik: metodlar–operatsiyalar va metodlar-amallar. Tadqiqot yondashuvlari go‘yo 3-satxni, darajani tashkil qiladi – ular metodusti yoki ustmetodlar hisoblanadi. Tanlangan ob’ekt, predmet va tadqiqot yondashuvlari asosida tadqiqot 23
Tadqiqot maqsadini aniqlash bosqichi. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti asosida uning maqsadi aniqlanadi. Tadqiqot maqsadi bu – tadqiqot yakunida erishilishi lozim bo‘lgan eng umumiy (umumlashgan) holdagi voqe’likdir. Albatta, maqsadni quyidagicha qisqa ibora bilan formal ravishda ifodalash eng oson ish va mantiqan to‘g‘ri ham, va odatda shunday qilinadi ham (albatta, muammo savodli va adekvat ravishda ifodalanishi sharti bilan): “maqsad – qo‘yilgan tadqiqot muammosini yechish”. Ammo maqsadning bunday ifodalanishida tadqiqotchi go‘yoki “muammo to‘liq yechildi va keyingi tadqiqotchilarga ish qolmadi” deb o‘ziga mas’uliyat olgan bo‘ladi. Albatta, Davriy qonunni ochgan holda D.I. Mendeleev kimyoviy elementlarning sinflanishi muammosini xal qilgan. Yoki bo‘lmasam, A. Eynshteyn, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratgan holda, mexanika va elektrodinamika qonunlarining mos kelishi muammosini xal qilgan. Lekin tadqiqotchi muammoni to‘liq yechdi, deb doimo ta’kidlash taxliqali hisoblansa kerak. Nima bo‘lganda ham, tadqiqot tugagach tadqiqot muammosi uning predmeti, maqsadi va qo‘yilgan vazifalar doirasida to‘la-to‘kis yechilishi kerak. (pastroqqa qarang). Qayd etish lozim-ki, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy ishlarda, ayniqsa, kandidatlik dissertatsiyalar darajasidagi ishlarda ko‘pincha tadqiqot maqsadini ta’riflashda xatolik paydo bo‘ladi, sababi - ko‘zlanayotgan ilmiy natijani belgilashda har qanday tadqiqotning asosiy natijasi bo‘lishi lozim bo‘lgan yangi ilmiy bilimlar o‘rniga mualliflar amaliy maqsadni qo‘yadilar. “...jarayonini takomillashtirish...”, “...samaradorligini oshirish...” kabi maqsadlar tadqiqotning maqsadlari bo‘lishi kerak emas. Albatta, ma’lum sharoitlarda (joriy etish va boshqalar) ilmiy natijalar keyinchalik “...samaradorligini oshirish” va boshqalar uchun asos bo‘lishi mumkin, lekin baribir buni tadqiqot ishining maqsadi sifatida qo‘ymaslik kerak. Maqsadning xatto “ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish...” kabi ta’rifi ham tadqiqotning asosiy maqsadi emas, balki yordamchi, hamrox maqsadi, tadqiqotning amaliy ahamiyatini oshirish vazifalaridan biri bo‘lishi mumkin holos. Tadqiqot natijalarining xaqqoniyligini baholash me’zonlarini shakllantirish (tanlash) bosqichi. Tadqiqotning maqsadi aniqlangandan so‘ng, ya’ni, ushbu tadqiqotda qanday turdagi natijalar olinishi va ularning joiz, extimoliy strukturasi aniqlangach, tadqiqotchi bo‘lg‘usi natijalarning xaqqoniyligini baholash me’zonlarini topishni, belgilashni (aniqlashni) boshlaydi. “Baholash me’zoni – ya’ni qanday me’zonlar bo‘yicha innovatsiyalar yoki nazariyalarning baholanishi amalga oshiriladi?” – bu har qanday tadqiqotchi uchun eng murakkab va o‘tkir savol hisoblanadi. Me’zonlar – har qanday faoliyat uchun eng muhim muammodir. Me’zonlarning xato tanlanishi oqibatida ko‘p martalab butun-butun ijtimoiy 24
Shuning uchun, tadqiqotni boshlashda, uning natijalarining xaqqoniyligini baholash me’zonlarini tanlashga jiddiy kirishish kerak. Ta’kidlash lozim-ki, nazariy tadqiqotning natijalarini baholash me’zonlari, umuman olganda, aniq qiymatga ega, bir ma’nolidir, ular ko‘p yillik tadqiqotlar tajribalarida ishlab chiqilgan. Empirik tadqiqot natijalarining esa xaqqoniyligini baholash me’zonlari har bir muayyan tadqiqot uchun betakror, o‘ziga xos, individualdir, chunki to‘laligicha uning mazmuniga bog‘liq. Shunday bo‘lsa ham, albatta, ularni tanlashga nisbatan qandaydir umumiy tavsiyalar mavjud. Ular xaqida pastroqda so‘z ketadi. Nazariy tadqiqot natijalarining xaqqoniyligini baholash me’zonlari. Nazariy tadqiqot natijasi bo‘lmish nazariya, konsepsiya yoki qandaydir nazariy qurilmalar- konstruksiyalar ilmiy bilimlarning har qanday tarmoqlari uchun ifodalangan quyidagi prinsip-me’zonlarga javob berishi lozim: 1) predmetlilik; 2) to‘lalik; 3) ziddiyatsizlik; 4) talqin qilina olishlik; 5) tekshirish mumkinligi; 6) ishonchlilik; Ilmiy nazariyaning belgisi sifatidagi predmetlilik ilmiy nazariyaning barcha tushunchalar va da’volar majmui aynan bir predmetli sohaga tegishli bo‘lishi kerakligini anglatadi. Predmetlilik prinsipi aynan bir xil bo‘lgan xodisalar, jarayonlarni tushuntirish uchun bir necha nazariyalar mavjud bo‘lishi mumkinligini inkor qilmaydi (bu esa yuqorida ta’kidlangan qo‘shimchalilik prinsipiga mos keladi). Nazariyaning belgisi sifatidagi to‘lalik ushbu nazariya o‘zining predmetli sohasidagi barcha xodisalar, jarayonlarni qamrab olishi (ta’riflashi) kerakligini anglatadi. Nazariyaning belgisi sifatidagi o‘zaro zid bo‘lmaslik ushbu nazariyaning barcha postulatlari, g‘oyalari, prinsiplari, modellari, shartlari va boshqa strukturaviy elementlari mantiqan bir-biriga zid kelmasligi kerakligini anglatadi. Ma’lum-ki, ilmiy nazariyalarda ziddiyatlarni topish va ularni xal etish ilmiy nazariyalarni takomillashtirish, rivojlantirish yoki yangi nazariyalarni barpo qilishning rag‘bati sifatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy nazariyaning belgisi sifatidagi talqin qilina olishlik (birinchi navbatda bu formal nazariyalarga tegishli) nazariya empirik mazmunga ega bo‘lishi kerak, nazariya formal natijalarning mazmunli interpretatsiyasi bo‘lishini ko‘zda tutishi kerakligini anglatadi – chunki empirik interpretatsiyasiz nazariya ham mavjud emas, 25
holatda matematika istisno etiladi, - sababi, masalan, N.I. Lobachevskiy tomonidan yaratilgan geometriya o‘z davri uchun sof abstraksiya edi va mazmunli interpretatsiyaga ega emas edi. Ilmiy nazariyaning tekshirish mumkinligi belgisi nazariyani uning mazmunli xaqiqatga egaligi va rivojlanishga, takomillashishga qodirligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi. Tekshirish mumkinligi belgisi nazariyaning mazmuni real ob’ektlarning xossalari, munosabatlariga mos kelishini tasdiqlash bo‘lib namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday tasdiqlashning xal qiluvchi usuli bo‘lib tekshirish hisoblanadi. Tabiiy-ki, har qanday nazariyaning to‘laligi va o‘zaro zid bo‘lmasligi doimo nisbiy bo‘ladi. Xatto matematikada, K. Gedelning mashxur teoremalari ko‘rsatishi- cha, har qanday nisbatan murakkab bo‘lgan nazariy tizim, bir tomondan to‘liq bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan – uning o‘zaro zid bo‘lmasligi mazkur tizim doirasida to‘lig‘icha isbotlanishi mumkin emas. Ilmiy nazariyaning ishonchlilik belgisi ilmiy nazariyada uning asosiy g‘oyalari xaqqoniyligi ishonchli ravishda o‘rnatilganligini anglatadi. Bu jixatdan ilmiy nazariya ilmiy gipoteza (gipoteza) dan farq qiladi, ya’ni, ilmiy gipotezada xaqiqat xaqqoniylikning u yoki bu darajasi bilan o‘rnatiladi. Afsuski, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi, ilmiy tabaqalarning barcha darajalaridagi ilmiy xodimlarning katta qismi (xatto ko‘pchilik qismi) ilmiy nazariya, konsepsiyaga qo‘yiladigan bu belgilar va talablar mavjudligi xaqida tasavvurga ham ega emas. Chop etilayotgan ishlarda odatda mutlaqo erkin bo‘lgan “...ligi” ko‘rinishidagi ko‘p sonli prinsiplar, shartlar, texnologiyalar va xokazo-va boshqalar kiritiladi: maqsadliligi, fundamentalligi, texnologikligi, dinamikligi, ochiqligi va xokazo-va boshqalar. Vaxolanki, har qanday ilmiy yig‘ilishda, har qanday konferensiyada va xokazolarda quyidagi oddiy samimiy savol bilan ko‘pchilik ma’ruzachilar “ko‘lmakka o‘tirishi” mumkin: Sizning konsepsiyangizning to‘laligini isbotlang-chi. Yoki bo‘lmasam: uning o‘zaro zid emasligini isbotlang? Va xokazo. Tabiiy-ki, yuqorida keltirilgan, ilmiy nazariya, konsepsiyaning belgilari- me’zonlari dastlabkilar holos. Ular nazariy tadqiqot yakunlangach uning natijalarini dastlabki baholash imkonini beradi. Ilmiy nazariya ishonchliligining yakuniy me’zoni bo‘lib esa ilmiy nazariyani ommaviy amaliyotda amalga oshirish hisoblanadi. Aytishadi-ku, yaxshi nazariyadan ko‘ra omilkorroq, qulayroq narsa yo‘q. Lekin ushbu me’zon namoyon bo‘lishi uchun vaqt talab etiladi. Va ko‘pincha – anchagina uzoq vaqt talab etiladi. Empirik tadqiqot natijalarining ishonchliligini baholash me’zonlari. Empirik tadqiqot natijalarining ishonchliligi me’zonlari, xususan, quyidagi belgilarga javob berishi kerak: 26
Me’zonlar shu darajada ob’ektiv bo‘lishi kerak-ki, (mazkur ilmiy sohada mumkin bo‘lgan darajagacha) ular o‘rganilayotgan belgini bir ma’noda baholash imkonini berishi lozim, turli shaxslar tomonidan baxsli, munozarali baholar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 2. Me’zonlar adekvatli, validli bo‘lishi kerak, ya’ni tadqiqotchi baholashi lozim bo‘lgan aynan o‘sha narsa baholanishi kerak. 3. Me’zonlar tadqiq qilinadigan xodisalarga nisbatan neytral bo‘lishi kerak. Chunonchi, pedagogik tajriba davomida, masalan, ba’zi sinflarda o‘quvchilar tomonidan yangi mavzu o‘rganilsa-yu, boshqa sinflarda bu mavzu o‘rganilmasa, unda solishtirish me’zoni sifatida o‘quvchilar tomonidan ushbu mavzuni bilishini olmaslik kerak. 4. Me’zonlar majmui tadqiq qilinayotgan xodisa, jarayonning barcha ahamiyatli xossalarini yetarlicha to‘lalik bilan qamrab olishi darkor. Odatda “me’zon” tushunchasining sal boshqacha bo‘lgan, lekin u ham to‘g‘ri bo‘lgan talqin etilishi ham uchrab turadi, bunda me’zon rolida - olingan natijaning, maqsadga yetishishning sifat tomoni qabul qilinadi. Bunda endi “me’zon” tushunchasi “ko‘rsatkich”, “parametr” tushunchalaridan ajratiladi. Bunday talqin etilishda aynan bir me’zon bir necha ko‘rsatkichlarga, parametrlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ishchi, mutaxassis tomonidan muayyan topshiriqning bajarilishi samaradorligi (me’zon) sarflangan vaqt va yo‘l qo‘yilgan xatoliklar soni (parametrlar) bo‘yicha baholanadi. Tadqiqotning bo‘lgusi natijalari ishonchliligining me’zonlarini shakllantirish bilan tadqiqotni loyixalashning konseptual bosqichi yakunlanadi. Tadqiqotning keyingi bosqichi – gipoteza (gipoteza)ni yaratish hisoblanadi. Download 232.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling