1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


Download 232.47 Kb.
bet5/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Reja

1-rasm. Eyler-Venn diagrammalari. 
“Birlashtiruvchi” ko‘plikni topish.

14
Qoidaga ko‘ra, bunday birlashtiruvchi predmetli sohani aniqlashning iloji bor.


Keling, bunday izlanishning taxminiy “algoritmi”ni tasvirlashga urinib ko‘ramiz.
Dastavval umumiy holda savol qo‘yamiz – umumlashtiruvchi tadqiqot uchun asos
bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi natijalar qaerdan paydo bo‘ladi? Uch shartli
yassilikni tasavvur qilamiz (2-rasmga qarang): predmetli sohalar yassiligi; bilish
metodlari va bilish vositalari yassiligi – ularni bir umumiy nom – “texnologiyalar”
(bilimlar) deb ataymiz; natijalar yassiligi.
Yangi natijalar quyidagi hollarda olinishi mumkin:
1.
Yoki yangi (2-rasmda “yangilik” to‘q rangda belgilangan), avval
o‘rganilmagan predmetli soha tadqiq qilinganda (2a-rasm);
2.
Yoki avval tadqiq qilingan predmetli sohaga yangi texnologiyalar – 
bilishning metodlari yoki vositalari – qo‘llanilganda (2b-rasm); masalan, qandaydir
predmetli soha tadqiqotiga yangi tadqiqot yondashuvi qo‘llanilsa, yoki ilmiy
bilimlarning boshqa sohasidan qandaydir nazariya qo‘llanilsa (avval qayd
etilganidek, nazariya - bilish metodi rolida kelishi mumkin), yoki mazkur predmetli
soha tadqiqotiga nisbatan avval qo‘llanilmagan qandaydir matematik apparat (bilish
vositasi rolida) qo‘llanilsa, yoki yangi moddiy vositalar - masalan, yangi asbob-
uskunalar yoki yangi til vositalari qo‘llanilsa va xokazo.
3.
Yoki bir vaqtning o‘zida yangi predmetli soha yangi texnologiyalarni
qo‘llash orqali tadqiq qilinganda (2c-rasm) .
2-rasm. Yangi ilmiy natijalar olinishining variantlari 

15
Shunisi qiziq-ki, ilm-fanning ba’zi tarmoqlarida tadqiqotchilarni ikki toifaga


bo‘lish qabul qilingan. 1-toifadagilar shartli ravishda “gaykachilar” deb ataladi (ular
go‘yoki “gaykalarni bo‘shatadilar” – yangi predmetli sohalarni tadqiq qiladilar). 2-
toifadagilar shartli ravishda “klyuchchilar” deb ataladi (ular bilishning yangi
texnologiyalarini qo‘llaydilar, ya’ni go‘yoki “gaykalarni bo‘shatish uchun yangi
klyuchlarni topadilar”). Tadqiqotchi o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak – bu
variantlardan qaysi biri uning niyat-maqsadlariga va erishilgan natijalarga mos
keladi?
Yana bir variant (2-rasm), aniq-ki, aslini olganda, mumkin emas – o‘rganib
bo‘lingan predmetli sohani tadqiq qilib va avvaldan ma’lum bo‘lgan
texnologiyalarni qo‘llab yangi natijalarni olish, yirik umumlashtirishlar qilish
mumkin emas.
Quyidagi qonuniyatni ajratib olish mumkin – predmetli soha qanchalik keng
bo‘lsa, uning uchun umumiy ilmiy natijalarni olish shunchalik murakkab bo‘ladi.
Matematikada ushbu samara eng yorqin holda namoyon bo‘ladi: har qanday formal
fikr (masalan, teorema) ikki qismdan iborat bo‘ladi – gipotezalardan (“...bo‘lsin”)
va natijalardan (xulosa: “Unda...”). Bunda qanchalik kuchli gipotezalar (shartlar,
cheklovlar) kiritilsa, bir xil natijani isbot qilish shunchalik oson bo‘ladi, yoki
shunchalik chuqur (yorqin) natijalarni olish mumkin bo‘ladi.
Fanlarni kuchli va kuchsiz versiyali fanlarga ajratish nuqtai nazaridan ushbu
qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin: nisbatan “kuchsiz” fanlar cheklovchi
gipotezalarni eng minimal miqdorda kiritadilar (yoki umuman kiritmaydilar) va eng
xira, aniq bo‘lmagan natijalarni oladilar, “kuchli” fanlar esa, aksincha, - ko‘pgina
cheklovchi gipotezalarni ilgari surishadi, o‘ziga xos, maxsus ilmiy tildan
foydalanishadi, va shu bilan birga aniqroq (va ko‘pincha asosliroq) natijalarni
oladilar, ammo foydalanish sohasi ancha toraygan bo‘ladi (aniqrog‘i – kiritilgan
gipotezalar bilan aniq cheklangan bo‘ladi).
Kiritiladigan gipotezalar (shartlar) ulardan kelib chiqadigan natijalarning
qo‘llanilish (adekvatlik) sohasini cheklaydi. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni
boshqarish sohasida matematika (operatsiyalarni tadqiq qilish, o‘yinlar nazariyasi
va boshqalar) samarali yechimlarni bera oladi, ammo ularning qo‘llanilish
(adekvatlik) sohasi tegishli modellarni qurishda kiritiladigan aniq gipotezalar bilan
anchagina cheklangan. Boshqa tomondan qaralganda, xuddi o‘sha ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarni boshqarish muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy va gumanitar
fanlar deyarli gipotezalar kiritmaydilar va “universal retseptlar”ni (ya’ni ularning
ishlatilish, adekvatlik sohasi keng) taklif qiladilar, ammo ushbu “retseptlar”ning
samaradorligi sog‘lom fikrlashdan yoki ijobiy amaliy tajribani umumlashtirgan eng
zo‘r amaliyotdan farq qiladi. Chunki tegishli tadqiqotsiz, bir vaziyatda samarali

16
bo‘lgan boshqaruv qarori boshqa, xatto eng “yaqin” vaziyatda bo‘lsa ham, shunday


samarali bo‘ladi, deb kafolat berish mumkin emas.
Shuning uchun turli fanlarni shartli ravishda “Natijalarning asoslanganligi” –
“Natijalarni qo‘llash (adekvatlik) sohasi” yassiligida joylash mumkin va (yana
shartli ravishda, V.Geyzenbergning noaniqlik prinsipiga o‘xshatish yo‘li bilan)
quyidagi “noaniqlik prinsipini” ifodalash mumkin: ilm-fanning joriy rivojlanganlik
darajasi natijalarning “asoslanganligi” va ularning qo‘llanilish sohalariga.bo‘lgan
ma’lum birgalikdagi cheklovlar bilan tavsiflanadi – 5.3-rasmga qarang. Boshqacha
qilib aytganda, shartli ravishda shuni ta’kidlash mumkin-ki, qo‘llanilish sohalari va
natijalarning asoslanganligi “ko‘paytmasi” ma’lum konstantadan ko‘p bo‘lmaydi –
bir “ko‘paytiruvchi”ning ko‘payishi albatta ikkinchisining kamayishiga olib keladi.
Albatta, yuqorida aytilganlar “rivojlanishning imkoni yo‘q” degani emas – har
bir muayyan tadqiqot yoki “asoslanganlik”ning, umumiylikning ko‘payishi
tomoniga, yoki/va qo‘llanilish sohasining (adekvatlikning) kengayishi tomoniga
oldinga siljish hisoblanadi. Chunki ilm-fan rivojining butun tarixi umuman, 3-
rasmda keltirilgan egri chiziqning o‘ngga va yuqoriga siljishi tasviri hisoblanadi
(tengsizlikning o‘ng tarafidagi konstantaning ko‘payishi).

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling