1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


Download 232.47 Kb.
bet4/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Reja

tadqiqot ob’ekti bo‘lib bilishga ishtiyoqmand sub’ektga uning bilish faoliyatida
ro‘baro‘ bo‘ladigan narsa hisoblanadi. Ya’ni, bu - tadqiqotchi ish olib boradigan,
atrofdagi voqe’likdir.
Tadqiqot predmeti bu - tadqiqotchi butun bir ob’ektni o‘rganadigan tomon,
jixat, nuqtai nazar, “proeksiya”, bunda (tadqiqotchining fikri bo‘yicha) ob’ektning
eng ahamiyatli belgilari ajratib olinadi. Bir ob’ekt turli tadqiqotlar yoki xatto turli
butun bir ilmiy yo‘nalishlarning izlanish predmeti bo‘lishi mumkin. Xususan,
“o‘quv jarayoni” ob’ekti didaktiklar, metodistlar, psixologlar, fiziologlar,
gigienachilar va boshqalar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Bunda ularda barchasida
tadqiqot predmeti turlicha bo‘ladi. Shuningdek, bir tadqiqotning predmeti boshqa
bir (torroq) tadqiqotning ob’ekti bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, “xayot
sifati” deb nomlangan ob’ekt tibbiyotda, iqtisodiyotda, sotsiologiyada va
boshqalarda o‘rganiladi. Bu ob’ektning “axolining sixat-salomatligi” deb
nomlangan jixati bir tomondan tibbiyot uchun tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi,
ikkinchi tomondan esa “sog‘liqni saqlashni tashkil etish” singari tibbiyot fanlari
tarmog‘ida tadqiqot ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Keling, tadqiqot (bilish) ob’ekti va predmetining o‘zaro nisbatlarini
sinchiklab ko‘rib chiqamiz.
Bilish predmeti bilish ob’ekti bilan o‘tkaziladigan ma’lum bilish
operatsiyalari natijasida shakllanadi. Bilish predmeti bu mazkur fan tomonidan
o‘rganiladigan va ma’lum mantiqiy hamda belgili shakllarda ifodalangan xossalar –
aloqalar va qonunlar majuasidir. Bu bilan bilish predmeti bilish ob’ektidan farq
qiladi, oxirgisi bilishga ishtiyoqmand sub’ektga bog‘liq bo‘lmagan holda tabiatda,
kishilarda yoki jamiyatda mavjud bo‘ladi.

10
Shuningdek, bilish predmeti bilish ob’ektidan shunisi bilan farq qiladi-ki, bitta


ob’ekt ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin, ulardan har biri albatta
o‘zining o‘ziga xos bilish predmetiga ega bo‘ladi. Masalan, kosmik ob’ektlar
astronomiya, astrofizika, astrobotanika va boshqa fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Bilish ob’ekti sifatida jamiyat tarix, siyosiy iqtisod, falsafa, demografiya va boshqa
fanlar tomonidan o‘rganiladi. Bu barcha fanlar o‘zining o‘ziga xos bilish predmetiga
ega.
Bilish predmeti va ob’ekti bir-biridan, shuningdek, o‘zining strukturasi
bo‘yicha ham farq qiladi. Bilish ob’ektining strukturasi bo‘lib mazkur ob’ekt asosiy
tarkibiy elementlarining o‘zaro munosabati hisoblanadi. Asosiy tarkibiy
elementlarning bunday o‘zaro munosabati natijasida ob’ektning turli xususiyatlari,
aloqalari va uning rivojlanish qonuniyatlari paydo bo‘ladi. Garchand bilish
predmetining strukturasi ma’lum darajada ob’ektning strukturasi bilan
determinatsiya (lot. determinatio — chegara, xulosa, belgilash) qilinsa ham, bu
determinatsiya qat’iy emas. Bilish predmetining strukturasi nisbatan mustaqil
hisoblanadi. Bu strukturaning asosiy elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
birinchidan, o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi fanning rivojlanish tarixi;
ikkinchidan, bilish jarayonida ma’lum mantiqiy shakllarda o‘z ifodasini topgan
ob’ektning muhim xossalari hamda rivojlanish qonunlari; uchinchidan, bilish
predmetining shakllanishi jarayonida ishlatiladigan mantiqiy apparat va metodlar.
Bilish predmetining strukturasi predmet shakllanishi ro‘y beradigan bilish
darajasiga juda bog‘liq. Empirik darajada bilish predmeti ob’ekt bilan bevosita
bog‘liq bo‘ladi. Bu darajadagi barcha bilish operatsiyalari kuzatish, o‘lchash va
boshqalar kabi metodlar yordamida amalga oshiriladi. Bu metodlar yordamida
o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi barcha empirik axborotning qayd qilinishi,
ro‘yxatga olinishi, solishtirilishi, tasniflanishi ro‘y beradi. Ushbu axborotga muvofiq
empirik bilish predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: birinchidan, o‘rganilayotgan
ob’ekt xatti-xarakatiga tegishli barcha qayd qilingan faktlarni; ikkinchidan,
o‘rganilayotgan ob’ektning turli xossalari va aloqalarini o‘lchashning barcha
natijalarini; uchinchidan, belgilar va belgili shakllarni, ular yordamida empirik
axborot qayd qilinadi; to‘rtinchidan, empirik o‘rganish jarayonida o‘rganilayotgan
ob’ektning bunday xossalari va aloqalari o‘zgarishi, rivojlanishi, paydo bo‘lishi va
yo‘qolishi to‘g‘risidagi barcha statistik ma’lumotlarni.
Bundan kelib chiqadi-ki, bilishning empirik darajasidayoq o‘rganish predmeti
o‘rganish ob’ekti bilan mos kelmaydi. Bilish predmeti bu yerda faqatgina qayd
qilish, tasniflash, aks ettirish va belgili shakllar yordamida ifodalashga erishilgan
xodisalar, ularning xossalari va aloqalarini ifodalaydi holos. Bularning barchasi
shundan dalolat beradi-ki, empirik darajadayoq bilish predmetining aloxidalashuvi
ro‘y beradi. Bu darajada bilish predmeti va ob’ekti o‘rtasidagi aloxidalashuv

11
o‘rganilayotgan xodisalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar, ularni ifodalashning


mantiqiy vositalari, avvalgi olingan bilimlar orqali ro‘y beradi, bular asosida barcha
empirik bilish operatsiyalari amalga oshiriladi.
Nazariy darajada bilish predmetining yanada aloxidalashuvi ro‘y beradi.
Bilish predmeti ob’ektdan tobora uzoqlashadi, abstraktlashadi. Nazariy darajada
empirik ma’lumotlarning taxlili amalga oshiriladi. Bu ma’lumotlar asosida
o‘rganilayotgan xodisalarning, ularning xossalarining va aloqalarining moxiyati
ochib beriladi, o‘rganilayotgan ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari, ilmiy
gipotezalar va nazariyalar shakllantiriladi, ilmiy bashoratlash amalga oshiriladi.
Nazariy darajadagi bilish operatsiyalari ma’lum darajada shu miqyosdagi bilish
predmetining o‘ziga xosliklarini keltirib chiqaradi. Endi bilish predmeti
o‘rganilayotgan ob’ektning eng ahamiyatli va eng yorqin belgilari hamda xossalarini
qamrab oladi, ifodalaydi. Endi u aniq bir xodisalar bilan emas, balki bu
xodisalarning rivojlanish qonuniyatlari bilan bog‘liq. Ob’ektlarning rivojlanish
qonunlari, ilmiy gipotezalar va nazariyalar nazariy darajadagi bilish predmetining
asosiy o‘ziga xos belgilarini tashkil qiladi.
“Bilish ob’ekti” va “bilish predmeti” tushunchalari bilish jarayonida bir xil
bo‘lmagan funksiyalarni bajaradi. “Bilish ob’ekti” tushunchasi o‘rganilayotgan
xodisalarning, ularning xossalari, aloqalari va rivojlanish qonunlarining ob’ektiv
mavjudligini ifodalaydi, qayd qiladi. “Bilish ob’ekti” tushunchasi tadqiqotchilarni
o‘rganilayotgan ob’ektning ahamiyatli, muhim, ob’ektiv tomonlarini turli shakllarda
eng to‘la va har tomonlama aks ettirishga chorlaydi. Bu ob’ektiv tomonlar bilimlarda
qanchalik to‘laroq va aniqroq aks ettirilsa, shunchalik bu bilim ilmiy mazmuni
bo‘yicha chuqurroq bo‘lib boraveradi. “Bilish ob’ekti” tushunchasi bizning
bilimlarimizning mazmunini tushuntirish, talqin qilish uchun boshlang‘ich
tushuncha bo‘lib namoyon bo‘ladi.
“Bilish predmeti” tushunchasi eng avvalo doirasida u yoki bu ob’ekt
o‘rganilayotgan chegaralarni aniqlab beradi. Bu tushunchada ilmiy bilimlarga
kiritilib bo‘lingan va ma’lum mantiqiy shakllarda ifodalangan, o‘rganilayotgan
ob’ektning xossalari, aloqalari va rivojlanish qonunlari ifodalanadi va qayd qilinadi.
U yoki bu fanning o‘z predmeti chegaralaridan chiqib ketishi yo mazkur fanning
boshqa fanlar sohasiga asossiz aralashuvini, yo mazkur fandan keyinchalik o‘z
o‘rganish predmetini shakllantirishi mumkin bo‘lgan yangi ilmiy yo‘nalishlarning
ajralib chiqqanligini anglatadi.
Bunga ijobiy misol qilib boshqa, ma’lum rivojlanish darajasiga yetgan fanlar
kesishmasida paydo bo‘lgan fizikaviy ximiya, molekulyar biologiya va boshqa
fanlarni keltirishimiz mumkin. Salbiy misol sifatida asoslanmagan analogiyalarni
qo‘llash va/yoki tadqiqotlar predmetini asossiz kengaytirib yuborishni keltirishimiz
mumkin. Qizig‘i shunda-ki, bunday xatoga sust versiyadagi fanlar namoyondalari

12
ham (masalan, bir ta’lim muassasasida pedagogik tajriba o‘tkazgan tadqiqotchi u


olgan natijalar har qanday ta’lim muassasasida kuchga ega, deb ta’kidlaydi, -
o‘rganish predmetini asossiz kengaytirib yuborishga, natijalarni bir predmetdan
boshqa bir predmetga asossiz ko‘chirishga misol), kuchli versiyadagi fanlar vakillari
ham yo‘l qo‘yadilar (olim-matematik o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olgan apparatni unga
yangi bo‘lgan predmetli sohada, bu sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga
olmasdan qo‘llagan ishlarni uchratishimiz mumkin – bu yerda biz asoslanmagan
analogiyalarni qo‘llash misolini ko‘ryapmiz). Ikkala holatda ham olinadigan
natijalarning odilligi asosli shubxa uyg‘otadi.
Bilish predmetida u yoki bu fanning bilish vazifalari mujassamlangan holda
ifoda etiladi, ilmiy izlanishning asosiy yo‘nalishlari, hamda tegishli bilish
vazifalarini mazkur fanning vositalari va metodlari bilan yechish imkoniyatlari
belgilanadi. Chunki u yoki bu tadqiqotchi “nima bilan shug‘ullanayotganligini” aniq
tavsiflash uchun uning tadqiqotlari predmetini va u qo‘llayotgan metodlarni
ko‘rsatish kifoya. U yoki bu fanning intensiv rivojlanish davrlari yo uning predmeti
kengaygan vaqtlarga, yo yangi metodlar paydo bo‘lgan vaqtlarga to‘g‘ri keladi.
Misol sifatida kuzatuvlar metodi bilan yulduzli osmonni o‘rgangan astronomiyani
keltirish mumkin. O‘z predmetini kengaytirgach (o‘z muammolari qatoriga Koinot
va uning elementlari paydo bo‘lishi, mavjud bo‘lish va rivojlanish qonunlarini
tushuntirishni kiritgan holda), u astrofizikaga aylandi. Astrofizikaning
rivojlanishidagi sakrashlar yo yangi nazariyalar paydo bo‘lishi va ularning
tajribalarda isbotlanishiga (masalan, 20-asrning 20-yillarida Koinotning kengayishi
ochilishi), yo yangi eksperimental uskunalarning paydo bo‘lishiga (masalan,
radioteleskopning kashf qilinishi) mos keladi.
Tadqiqot predmetining ta’rifi yo‘q bo‘lgan paradoksal salbiy misol bo‘lib
operatsiyalar tadqiqoti” deb nomlangan ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Bu amaliy
matematikaning bir sohasi bo‘lib, u operatsiyalarni modellashtirish amaliy
matematik masalalarini – iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ijtimoiy tizimlar xodisalari
va boshqa xodisalarni yechishni o‘rganadi. Ilm-fandagi ushbu yo‘nalishga ko‘p sonli
tadqiqotlar bag‘ishlangan, xatto aloxida ilmiy mutaxassislik ajratilgan, lekin, afsus,
mualliflardan xech biri bu “fan” ning predmetini aniq ta’riflab bermadi – hammasi
olimlar bugungi kunda yecha oladigan aloxida masalalar to‘plamiga qadalmoqda.
Va bunday vaziyat ko‘pgina ilmiy yo‘nalishlarga xos, ularning chegaralari bilish
predmeti, aniq ko‘rsatilgan predmetli soha bilan emas, balki olinib bo‘lingan nazariy
(ba’zan yakka-yakka) natijalar majmui bilan belgilanadi. Undan tashqari, bugungi
kunda oliy o‘quv yurtlari uchun ko‘pgina “yangi” o‘quv kurslari bo‘yicha
darsliklarni uchratish mumkin, ularda tegishli fanning tadqiqotlar predmeti ta’rifi
umuman keltirilmagan (ilmiy etika me’yorlaridan kelib chiqib aniq misolni
keltirmaymiz).

13
Shunday qilib, bilishning ob’ekti va predmeti o‘rtasidagi dialektik o‘zaro


nisbat tadqiqot jarayonida birinchi darajali ahamiyatga ega. U tadqiqot jarayonida
shakllanadigan bilimlar mazmunini ilmiy talqin qilish hamda doirasida mazkur fan
o‘z vositalari va metodlari bilan ob’ektiv xodisalar, ularning xossalari, aloqalari va
rivojlanish qonunlarini o‘rgana oladigan chegaralarini qat’iy belgilab olish imkonini
yaratadi.
Ko‘rinib turibdi-ki, tadqiqotning ob’ekti va predmetini to‘g‘ri aniqlab olish
yengil masalalardan emas. Aloxida tadqiqotlarning katta turkumini bajargan bir
muallifningko‘p yillik tadqiqotlari mevasi bo‘lgan, yoki butun bir tadqiqotchilar
jamoasi ishining natijasi bo‘lgan, yoki ikkalasi birgalikda bajargan yirik,
umumlashtiruvchi tadqiqotlar o‘tkazilishi holatida bu masala yanada
murakkablashadi. Bunday holatda, umumlashtiruvchi tadqiqotning ob’ekti va
predmetini aniqlashdan oldin, uning predmetli sohasini aniq belgilab olish lozim.
Bunday umumlashtiruvchi tadqiqotga kirishgan tadqiqotchida yagona butun
holatga birlashtirish qiyin bo‘lgan turli ko‘p sonli va turli qirrali natijalar xosil
bo‘ladi.
Endi uzoq vaqt davom etadigan izlanishlar boshlanadi: qanday predmetli
soha, mavzuning qanday ifodalanishi, qanday konsepsiya barcha to‘plangan
natijalarni yoki xech bo‘lmasa ularning katta qismini yagona butun holatga
birlashtira oladi? Chunki ko‘pincha shunday bo‘ladi-ki, natijalarning bir qismi
yagona o‘zanga tushmaydi va ularni tashlab yuborishga to‘g‘ri keladi. Shu bilan
birga ba’zan aniqlanadi-ki, - kerakli natijalardan nimadir yetishmayapti va
tadqiqotni davom ettirish kerak. Shu o‘rinda “Ko‘pliklar nazariyasi”dan quyidagi
o‘xshashlik (analogiya) ni keltirishni lozim deb topdik (5-rasm - Eyler-Venn
diagrammalari). Tasavvur qiling, aloxida-aloxida natijalar – “ko‘pliklar” - mavjud:
1, 2, 3, 4 va xokazo (1a-rasmga qarang). Ular bir-birini qisman “yopishi” mumkin.
Vazifa shundan iborat-ki, o‘z ichiga aloxida ko‘pliklarning barchasini yoki xech
bo‘lmaganda ularning ko‘p qismini olgan shunday bir umumiy ko‘plikni -
birlashtiruvchi ko‘plikni topish kerak. Ba’zan ma’lum yakuniy predmetli sohaga
tegishli bo‘lmagan aloxida natijalarni “tashlab yuborish”ga to‘g‘ri keladi (1b-
rasmdagi 8- va 9-ko‘plik).

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling