1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


Download 232.47 Kb.
bet8/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Reja

solishtirma tadqiqotlar kiradi. Masalan, Fransiya va O‘zbekiston qonunchiligining
solishtirma tadqiqoti.
Modomi-ki, biz analogiya bo‘yicha ko‘pliklar ustidagi barcha bazaviy
operatsiyalarga mos keluvchi predmetli sohalarni tuzish usullarini ko‘rib chiqqan
ekanmiz, predmetli sohalarni aniqlashning barcha joiz, mumkin bo‘lgan usullari
yuqoridagi operatsiyalar va kombinatsiyalar to‘plami bilan cheklanadi, deb taxmin
qilish mumkin. Shunday qilib, umumlashtiruvchi tadqiqotni o‘tkazishda o‘rnatilgan
predmetli sohada tadqiqotning ob’ekti va predmeti aniqlanadi.
Tadqiqot mavzusi. Kitobxonda quyidagi o‘rinli savol paydo bo‘lishi tabiiy
edi – nega shu paytgacha tadqiqotning mavzusi xaqida gap bormadi? Bir qarashda,
birinchi o‘rinda tadqiqotning mavzusi turishi kerak, va undan keyingina uning bosh
g‘oyasi, ziddiyati, muammosi va xokazolar turishi kerakdek go‘yo. Albatta, tadqiqot
avvalida tadqiqot mavzusi ta’riflanadi, ifodalanadi. Lekin yakunlangan ko‘rinishga
mavzu, qoidaga ko‘ra, tadqiqot predmeti ifodalangandan keyin ega bo‘ladi – chunki
aksariyat holatlarda aynan tadqiqot mavzusi tadqiqot predmetiga ishora qiladi,
tadqiqot mavzusidagi tayanch so‘z yoki ibora esa ko‘pincha tadqiqotning ob’ektiga
ishora qiladi.
Tadqiqot ob’ektidan tashqari, tadqiqotning mazmuni va yo‘nalishini
tadqiqotchilik yondashuvlari belgilab beradi. Tadqiqotchilik yondashuvi
kategoriyasi ikki xil ma’noda keladi.
Birinchi ma’noda yondashuv bir dastlabki prinsip, dastlabki fikr, asosiy fikr
sifatida qaraladi, masalan, butun yondashuv, kompleks yondashuv, funksional
yondashuv (texnikada). Axborot (kibernetik) yondashuv ham ko‘p uchraydi,
avvallari sobiq ittifoqda sinfli yondashuv (sotsialistik-kapitalistik) bo‘lgan va
xokazo. Bunday tushunchada quyidagilar ko‘p tilga olinadi: tizimli yondashuv,
kopleks yondashuv, sinergetik yondashuv va xokazo.
Ikkinchi ma’noda tadqiqotchilik yondashuvi tadqiqot predmetini o‘rganish
yo‘nalishi sifatida qaraladi. Bunday turdagi yondashuvlar umumilmiy ahamiyatga

20
ega, ularni har qanday fandagi tadqiqotlarga qo‘llash mumkin, va kutb tomonlarni,


tadqiqot jarayoni yo‘nalishlarini aks ettiruvchi dialektikaning juftli kategoriyalari
bo‘yicha tasniflanadi: mazmuni va shakli, tarixiy va mantiqiy, sifati va miqdori,
xodisasi va moxiyati va boshqalar.
Mazmunli va formal yondashuvlar. Mazmunli yondashuv, uning nomidan
kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘rganilayotgan xodisalar va jarayonlarning
mazmuniga e’tibor berishni talab qiladi; ushbu xodisa, jarayonlarning asosiy turi,
xarakterini belgilaydigan ularning elementlari majmuini va ular o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sirni aniqlashni talab qiladi; faktlarga, kuzatishlar, tajribalar natijalariga murojaat
qilishni va ulardan abstraksiyalar, taxlil, sintez vositasida nazariy xulosalarni
chiqarishni talab qiladi.
Formal yondashuv esa, (ushbu holatda “formal” so‘zi, masalan,
“byurokratning formal munosabati” kabi negativ ma’noni anglatmaydi)
o‘rganilayotgan jarayonlar, xodisalardan - “sof” holda, butun jarayon, xodisa bilan
aloqadan tashqarida qaraladigan faqatgina barqaror, nisbatan o‘zgarmas jixatlarni
chiqarib olishni ko‘zda tutadi. Formal (ba’zan uni formallashgan deb ataydilar)
yondashuv qaralayotgan jarayon yoki xodisaning elementlari o‘rtasidagi barqaror
aloqalarni ochib tashlash imkonini beradi.
Mazmunli va formal yondashuvlar o‘rtasidagi farqni aniqlab olish uchun
quyidagi misolni keltiramiz. Aytaylik, o‘quvchilarning darslarni yomon
o‘zlashtirilishi o‘rganilmoqda. Ushbu xodisaning, masalan, ijtimoiy sabablarini
aniqlash mazmunli yondashuvni talab qiladi. Ushbu xodisaning yillar bo‘yicha
o‘zgarishi dinamikasi yoki mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishining statistik
qonuniyatlarini aniqlash esa odatda formal yondashuv doirasida amalga oshiriladi.
Matematik apparatning har qanday qo‘llanilishi, xodisa, jarayonlarning
matematik modellarining har qanday qo‘llanilishi, har qanday simvolli yoki
formulali tillarning qo‘llanilishi – bularning barchasi formal yondashuvning amalga
oshirilishidir.
Tabiiy-ki, mazmunli va formal yondashuvlar o‘zaro bog‘liq va bir-birini
taqozo qiladi. Qoidaga ko‘ra, predmetni formal ko‘rib chiqishdan avval uning
mazmunli taxlili amalga oshirilishi lozim. Shu bilan birga, formallashtirish – ya’ni,
mazmunli bilimlarni sun’iy tilga o‘tkazish teskari jarayon – talqin qilish
(interpretatsiya), formal natijalarni mazmunli izohlash bilan ham to‘ldiriladi.
Ta’kidlash kerak-ki, formal yondashuv albatta to‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy
yondashuv bilan bog‘liq, deyishimiz noto‘g‘ri. Chunonchi, bir qator tadqiqotlarda
topologiya, graflar nazariyasi ko‘p ishlatiladi, ular matematikaning bo‘limlari
bo‘lgani bilan, kattaliklar, sonlar tushunchalari bilan doim ham shug‘ullanmaydi.
Mantiqiy va tarixiy yondashuvlar. Tarixiylikning dialektik prinsipi
rivojlanuvchi ob’ektlarni tadqiq qilish jarayonida bilishning mantiqiy va tarixiy

21
usullari birligini nazarda tutadi. Mantiqiy usul o‘rganilayotgan ob’ektni uning


nazariyasi shaklida qayta tiklaydi, tarixiy usul esa – uning tarixi shaklida qayta
tiklaydi. Tabiiy-ki, ular bir-birini to‘ldiradi.

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling