1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


-rasm. “Noaniqlik prinsipi” ning tasviriy ko‘rinishi


Download 232.47 Kb.
bet6/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Reja

3-rasm. “Noaniqlik prinsipi” ning tasviriy ko‘rinishi 
Lekin boshqacha izohlash ham o‘z o‘rniga ega – fanlarning kuchsizlanishi
tadqiqot ob’ektining murakkablashuvidan ro‘y bermoqda. Shu nuqtai nazardan
(tadqiqot ob’ektining murakkabligidan kelib chiqib) kuchli fanlarni “sodda” deb,
kuchsiz fanlarni esa – “murakkab” deb ham atash mumkin. Shartli ravishda, ular
o‘rtasidagi chegara bu – jonli tizimlar (biologiya). Organizmning ayrim tizimlarini
o‘rganish (anatomiya, fiziologiya va xokazo) xali beri kuchli fanlarga yaqinroq
(empirikasi takrorlanuvchi tajribalar bilan tasdiqlanadi va nisbatan “soddaroq”

17
fanlar – biofizika, bioximiya va xokazolar bilan asoslanadi), shuning uchun uning


bazasida fizika va ximiyadagi singari formal xulosalar berish mumkin. Undan keyin
esa jonli tizimlarni o‘rganishda klassik tushunishdagi tajribalar (qayta takrorlash va
boshqalar) tobora qiyinroq bo‘lib boraveradi. Keyin esa, odamlarga va ijtimoiy
tizimlarga o‘tgandan keyin, amalda iloji yo‘q bo‘lib qoladi.
Keling, umumlashtiruvchi tadqiqotning predmetli sohasini aniqlashning turli
variantlarini batafsilroq tasvirlashga qaytamiz. Bu yerda ma’lum guruxlashni
amalga oshirishimiz mumkin.
Yana o‘sha ko‘pliklar nazariyasidagi o‘xshatmadan – Eyler-Venn 
diagrammalaridan foydalanamiz (4-rasmga qarang, unda “yangi” predmetli sohalar
to‘q rangda berilgan).
Bu yerda quyidagi variantlar mavjud.
A) holati. Aloxida ko‘plik (analogi – yangi predmetli soha). Ushbu variant –
mutlaq yangi predmetli sohaning paydo bo‘lishi – odatda kamdan-kam uchraydi
(odatda tadqiqotchi, o‘zining ma’lumoti, ilmiy maktabga mansubligidan kelib chiqib
fikriy cheklangan, voqe’likni ob’ektiv baholashga xushi yo‘q bo‘ladi), lekin aynan
shu variant yangi ilmiy yo‘nalishlarning revolyusiyaviy tarzda paydo bo‘lishiga olib
kelishi mumkin.
B) holati. Bir ko‘plikning boshqa bir ko‘plik ichiga kirishi (analogi –
predmetli sohaning kengayishi). Aftidan, bu muayyan nazariya, ilmiy maktab
evolyusiyaviy rivojlanishining eng ko‘p uchraydigan, tipik holati: predmetli soha
tadqiqotlar sohasining kengayishi, olingan natijalarning umumlashtirilishi va
boshqalar hisobiga kengayadi. Matematikada, masalan, bu holat olingan natijalarni
saqlab qolgan holda kiritilayotgan gipotezalarning susaytirilishiga, yoki mavjud
gipotezalar doirasida yangi, umumiyroq natijalar olinishiga mos keladi.

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling