1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi
Download 232.47 Kb.
|
Reja
1. Muammoning qo'yilishi. Muammoni shakllantirish jarayonida savollarning
6
nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Muammoning qo'yilishi - bu, birinchi navbatda, bir -birining o'rnini bosadigan, tadqiqotchini noma'lumni aniqlashga va uni ma'lumga aylantirish usullariga yaqinlashtiradigan savollarni qidirish jarayoni. Bu muammoni shakllantirishda muhim nuqta. Ammo muammoning qo'yilishi shu bilan cheklanib qolmaydi. Birinchidan, har bir ilmiy savol muammo emas - bu shunchaki aniqlovchi yoki bugungi kunda fan uchun umuman hal qilinmaydigan savol bo'lib chiqishi ham mumkin. Ikkinchidan, muammoni shakllantirish uchun savolning o'zi yetarli emas. Masalaning sabablarini aniqlash ham talab qilinadi. Bu muammoni qo'yish jarayonidagi boshqa amal. Bu muammoli masalani keltirib chiqargan qarama-qarshilikni aniqlash amali bo'lib, uni aniq qayd etish kerak. Keling, ilmiy muammo ostidagi qarama -qarshilikni tuzatishga bizning nuqtai nazarimizdan qiziq bo'lgan misol keltiraylik. Ko'p narsani bilish va qila olish uchun yaxshi xotiraga ega bo'lish va fikrlashga o'rgatish kerak. Va bu erda biz muqarrar qarama-qarshilikka duch kelamiz: bilim to'plashga ko'proq vaqt ajratish, fikrlashga o'rgatish uchun kamroq vaqt ajratish va aksincha. Shunday bo'lsa, demak, qandaydir optimum bor. Agar uni o'rnatish mumkin bo'lganda, ko'p qiyinchiliklar yo'qolgan bo'lardi. Muammoning shakllanishi uchun tadqiqotning rivojlanish prognozi va muammoning "foniga" asoslangan tadqiqotning kutilayotgan yakuniy natijasining "loyihasi" tasvirini yaratish katta ahamiyatga ega. "Fon" deganda, bu bosqichda bog'liq bo'lgan, shuningdek, kelajakda bog'liq bo'ladigan, tadqiqotning borishi va natijalariga ta'sir ko'rsatadigan va ta'sir qiladigan barcha holatlar tushuniladi. 2. Muammoni baholash. Muammoni baholashga uning yechimi uchun kerak bo‘ladigan barcha shartlarni aniqlash kiradi, ularning qatoriga muammoning turi va fanning imkoniyatlaridan kelib chiqib quyidagilar kiradi: izlanish metodlarini, axborot manbalarini, ilmiy xodimlar tarkibini, muammoning yechimi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy shakllarni, moliyalashtirish shakllarini aniqlash, dastur va izlanish uslubiyotini, hamda oraliq va yakuniy natijalarni ilmiy muxokama qilish turlarini aniqlash, zaruriy ilmiy uskunalar ro‘yxatini, zaruriy maydonlarni, muammo bo‘yicha extimoliy kooperatsiya sheriklarini va boshqalarni aniqlash. 3. Muammoni asoslash. Muammoni asoslash - bu, birinchidan, mazkur muammoning boshqa – avval yechilgan va xozirda, bir vaqtning o‘zida birga yechilayotgan muammolar bilan mazmunli, aksiologik (qadriyatli) va genetik aloqalarini aniqlash, shuningdek, mazkur muammoning boshqa, yechimi ushbu muammoning yechimiga bog‘liq holda xal bo‘ladigan muammolar bilan aloqalarini aniqlashdir. 7
argumentlarni izlash, kutilayotgan natijalarning ilmiy yoki amaliy qadri borligini izlashdir. Bu mazkur muammoni (yoki muammoning bunday qo‘yilishini) boshqa muammolar bilan, har bir muammoning amaliyot va fanning ichki mantiqi extiyojlari uchun muhimligini hisobga olib ularni yechish uchun muammolarni ajratib olish jixatidan solishtirish kerakligi zaruratidir. Bunda, zamonaviy fanda ko‘pincha bir necha yechim variantlariga yo‘l qo‘yiladigan muammolar uchramoqda. Xususan, zamonaviy Rossiya iqtisodiyotida turlicha firmalar modellari, biznesni tashkil qilishga bo‘lgan yondashuvlar va boshqalar xilma-xilligi paydo bo‘ldi. Bunday holatlarda aynan qaysi yechim, aynan qaysi model eng katta ustunliklarga ega va shuning uchun u mazkur sharoitlarda eng maqsadga muvofiq ekanligini maydalab asoslashga to‘g‘ri keladi. Muammo qanchalik murakkabroq bo‘lsa, uni yechish mumkinligini asoslashda va uning yechimini rejalashda shunchalik ko‘proq turli-tuman omillar hisobga olinishi lozim. Olimning muammo yechimga ega ekanligini yoki muammoning taklif etilayotgan yechimini qabul qilishni asoslash uchun dalillarni shakllantirish va tanqidiy taxlil qilish maxorati bunday sharoitlarda fanning taraqqiyoti uchun muhim asos bo‘ladi. Muammoning dolzarbligini baholashda ko‘pincha uning xaqiqatda dolzarbligini bo‘rttirib baholash holatiga duch kelish mumkin. Shu munosabat bilan olimlarda himoyalanish reaksiyasi paydo bo‘ladi: ular har qanday muammoning xaqiqatdagi dolzarbligini bu muammolar yoritiladigan ilmiy ishlar mualliflaridan ko‘ra ancha kichikroq ko‘lamlarda ko‘rib chiqishga moyildirlar. Bu - fan uchun tabiiy bo‘lgan xodisa, odatiy hol. Fan o‘z me’yorida konservativ bo‘lishi kerak va har bir yangi ilmiy ish yuzasidan u chekkadan bu chekkaga qarab chopmasligi kerak. Lekin shu bilan birga, ba’zan bu hol muhim muammolarga yetarlicha baho bermaslikka hamda fandagi yangi yo‘nalishlarning rivojlanishi asossiz to‘xtab qolishiga olib keladi. Masalan, sobiq ittifoqda XX asrning 50-yillarida genetika va kibernetika fanlari nazarga ilinmaganligi natijasida bu yo‘nalishlar bo‘yicha sobiq ittifoq fanlari bir necha o‘n yilliklarga ortga chekingan. Muammoni baholashdagi sub’ektivlikni pasaytirish uchun muammoga qarshi ham tadqiqotchining o‘zi, ham uning hamkasblari tomonidan turli-tuman e’tirozlar surilishi muhim ahamiyatga ega. Bunda muammoning moxiyati, uning ifodalanishi, qo‘yilishi shartlari hamda uning yechimi oqibatlariga tegishli barcha narsalar shubxa ostiga olinadi: muammo o‘zi bormi? Muammo yechimiga amaliy yoki ilmiy zaruriyat bormi? Ilm-fan rivojining xozirgi holatida muammoning yechimi mavjudmi? Mazkur muammoni xal qilishga ushbu tadqiqotchining yoki ushbu ilmiy jamoaning kuchi yetadimi? Rejalashtirilayotgan natijalarning extimoliy qadr- qimmati qanday? Muammoning to‘g‘ri qo‘yilishi “yoqlab” va “qarshi” argumentlarining 8
muammoning moxiyati, uni yechish zaruriyati va qadr-qimmati, uning nazariy va amaliy ahamiyati xaqidagi to‘g‘ri tasavvur tug‘iladi. 1. Muammoni strukturalash. Muammoni strukturalashning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib uni parchalash yoki muammoni “stratifikatsiyalash” (lot. “stratum” - qatlam) hisoblanadi. Parchalash (dekompozitsiya – pastroqqa qarang) – bu ularsiz markaziy – muammoli – savolga javob topish mumkin bo‘lmagan qo‘shimcha savollarni (savolchalarni) izlash. Dastlabki holatda muammoning barcha “savolchalarini” kamdan-kam shakllantirib ifodalash mumkin. Bu hol asosan izlanish davomida ro‘y beradi. Dastavval muammoning yechimi uchun talab etiladigan barcha narsalarni oldindan bashorat qilish ko‘pincha nixoyatda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun stratifikatsiyalash (parchalash, dekompozitsiya) muammoni yechishning butun jarayoniga tegishlidir. Muammo qo‘yilishining boshlang‘ich nuqtasida esa gap barcha extimoliy va zaruriy savolchalarni qidirib topish va ifodalash to‘g‘risida ketadi, ularsiz izlanishni boshlash va kutilayotgan natijani olishni mo‘ljallash mumkin emas. V.I. Vernadskiy yozishicha, “Ilm (fan) doimo bir xil usulda yo‘lni qidiradi, - u dastavval murakkab masalani soddaroq masalalarga bo‘lib tashlaydi, keyin, murakkab masalalarni chetga surib, soddaroqlarining yechimini topadi va undan keyingina qoldirilgan murakkab masalaga qaytadi”. Keyinchalik, muammoni parchalash jarayonida uni lokallashtirish – ya’ni, tadqiqot o‘tkazishning mavjud sharoitlaridan kelib chiqib izlanish ob’ektini xaqiqiy qamrab olinadigan va tadqiqotchining yoki tadqiqotchilar guruxining kuchi yetadigan chegaralar bilan cheklash lozim. Tadqiqotchi, aslida o‘ta qiziqarli bo‘lgan, lekin javobi qidirilayotgan muammoli savolga javob olinishini qiyinlashtiradigan narsalardan voz kecha olishi nixoyatda muhimdir. Muammoni chegaralash, lokallashtirishdan so‘ng muammoning barcha savollari (savolchalari) turkumini tadqiqotning mantiqiga mos holda tartiblashtirish lozim, ya’ni, savolchalarni yechishning o‘ziga xos “tarmoqli grafigi” tuzib chiqish lozim. Muammoning qo‘yilishi doimo ma’lum bir ilmiy til vositalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Muammoni ifodalash uchun tanlangan tushunchalar va tilning tuzilmalari doimo ham uning ma’nosiga indifferent (lot. “indifferens - befarq”) bo‘lavermaydi. Amaliyotda olimlar bir-birini tushunmasligi muammolarning murakkabligiga emas, balki iboralarning bir xil ma’noda qo‘llanmasligiga bog‘liq bo‘lgan holatlar ham ko‘p uchragan. Ayniqsa tadqiqotning dastlabki bosqichida iboraviy anglashmovchilikka yo‘l qo‘ymaslik o‘ta muhimdir: muammoning qo‘yilishi va uni keyinchalik yoyish 9
Undan tashqari, agar muammoni maxsus iboralarsiz bayon etishning iloji bo‘lsa, muammoni qo‘yayotganlarda noaniqliklar, bir xil ma’noda tushunmaslik holatlari ko‘pincha muvaffaqiyat bilan bartaraf etiladi. Oddiy tilga tarjima qilishning foydasini “21-asr dialoglari” nomli parodiyadagi quyidagi misol bilan yorqin ifodalash mumkin, bunda mutaxassis-olimning muloxazalarini keng ommaga tushunarli bo‘lgan tilga shunga ixtisoslashgan robot tarjima qiladi: “Ma’ruzachi: ekvidistant traektoriyalar bo‘yicha xarakatlanuvchi to‘rtta monosiklik agregatni tasavvur qiling... Robot-tarjimon: tasavvur qiling - ... E ... - to‘rtta g‘ildirak.” Shunday qilib, biz tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ilmiy bilimlarni tashkil qilishning o‘ziga xos shakllaridan biri – muammoni, hamda bilishning metodi sifatidagi muammoni qo‘yilish jarayonini ko‘rib chiqdik. O‘z tadqiqotining muammosini ifodalagach, tadqiqotchi uning ob’ekti va predmetini aniqlab oladi. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. Gnoseologiyada – bilish nazariyasida - Download 232.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling