1. Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasining o’rganish ob’ekti va ko’rsatkichlar tizimi


Download 52 Kb.
bet1/2
Sana25.07.2023
Hajmi52 Kb.
#1662349
  1   2
Bog'liq
29.mavzu


29.Mavzu:Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi
Reja:


1. Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasining o’rganish ob’ekti va ko’rsatkichlar tizimi.
2. Eksport va importning ta’rifi. Eksport va importni hisoblashning umumiy va maxsus tizimi.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni statistik o’rganish usullari.
4. To’lov balansi tizimning asosiy tamoyillari.
5. Xalqaro investitsion siyosat, investitsiya muhitini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik olim Adolf Ketleni (1796-1874) hisoblash mumkin. CHunki u birinchilardan bo’lib to’plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov berishni qo’lladi. U shuningdek ilk bor Belgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik olimlar bilan jonbozlik qildi. A. Ketleni matematik bo’lgani uchun u o’z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistikani vujudga kelishida boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida ham o’z ifodasini topdi. CHet el mamlakatlarida xozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi.
Har qanday fan o’z o’rganish ob’ektini ma’lum usullar yordamida o’rganadi.
TIF statistikasi ham o’z ob’ektini xususiy metodlari yordamida o’rganadi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Ommaviy statistik kuzatish metodi;
2. Kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruxlash;
3. Turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (masalan, mutloq va nisbiy miqdor, o’rtacha miqdor, indeks va hakozo)hisoblash;
4. Tanlanma kuzatish usuli, statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko’rinishida ifodalash.
TIF statistikasi faqat fan bo’libgina qolmasdan, shu bilan birga amaliy faoliyatning muxim sohasi xamdir.
TIF statistikasi doim ommaviy mashg’ulotlarga asolanadi. Kerakli paytda u o’zining boshlang’ich kuzatishini ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang’ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to’plamiga umumiy baho beradi. Statistika har xil o’lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko’rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat birliklarida ifodalaydi.
O’tgan yillar mobaynida tashqi iqtisodiy kompleks bo’yicha olib borilayotgan ishlar, tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi tomonlar faoliyatini bozor iqtisodiyoti printsiplari hamda ularni liberalizatsiyalashtirish asosida olib borildi. CHet el mamlakatlari bilan iqtisodiy savdo munosabatlari, hamda xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar yanada jadallashtirildi.
Mamlakatning 2009 yildagi jami tashqi savdo oboroti 6689,2 mln. dollarni, ya’ni 2008 yilga nisbatan 17,3%ga oshdi. Uzoq chet el mamlakatlari bilan tashqi savdo oboroti 54,3%ga oshib 3392,8 mln. dollar, MXD va Baltika davlatlari bilan esa 15,4%ga oshib 2105,4 mln. dollarni tashkil qildi.
2009 yil natijalariga ko’ra tashqi savdo bozori balansi manfiy saldosi 167,0 mln. dollar yoki 2008 yilga nisbatan 135,8 mln. dollarga oshdi. Bu esa eksport-import jarayonlarining O’zbekiistonda samarali ekanligidan dalolat beradi.


Belgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik olimlar bilan hamkorlik qildi. A. Ketleni matematik bo‘lgani uchun u o‘z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistika vujudga kelishida, boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida o‘z ifodasini topdi. Chet el mamlakatlarida hozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi.
XX asr boshiga qadar chet el mamlakatlarida statistik tashkilotlarning yagona va shakllangan muassasa shakli mavjud emas edi. Statistika aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotlarida nisbatan rivoj topgan. Ular o‘z ish faoliyatlarida mijozlarning sug‘urta stavkalarini aniqlashda, asosan vafot etish jadvallaridan keng foydalanishgan.
Turli davlat va xususiy tashkilotlar iqtisodiy, hududiy, demografik, boshqaruv, tijorat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash uchun statistik kuzatishlar o‘tkazib turganlar. Bunday ishlarni amalga oshirish markazlashtirilmagan edi. Statistik tahlillar olib boriluvchi ob’ektlar, ko‘rsatkichlar, to‘plash usullari va ma’lumotlarga ishlov berish ham bir yagona reja asosida amalga oshirilmasdi. Shu sababli, muayyan vaziyatda qulay va oson bo‘lgan statistika usullaridan foydalanish keng quloch yozgan edi. Natijada to‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni o‘zaro taqqoslashda bir qancha muammolar paydo bo‘lar edi.
TIF statistikasi sohasida ayrim olimlar olib borgan ishlari tahsinga va e’tiborga loyiq. Masalan, Buyuk Britaniyalik Florens Naytingeyl (1820-1910) o‘zining tibbiyot sohasidagi ishlarida statistika usullaridan keng ko‘lamda foydalandi va ulardan foydalanishni siyosatchilar, huquqshunoslar va ishbilarmonlar o‘rtasida targ‘ib qilishga e’tibor berdi.

Statistika rivojiga ingliz olimi Karl Pirson (1857-1936) ham ma’lum darajada hissasini qo‘shdi. Uni biz «Pirson mezoni» bo‘yicha yaxshi bilamiz.
Statistikada korrelyatsion usulning ravnaqida ingliz Frensis Galьtonning (1822-1911) xizmatlari kattadir.

Keyinchalik statistika rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan olimlardan biri Ronalьd Fisher (1890-1962) bo‘ldi.

TIF statistikasi faqat fan bo‘lib qolmasdan, shuningdek amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir.
TIF statistikasi doim ommaviy mashg‘ulotlarga asoslanadi. Kerakli paytda u o‘zining boshlang‘ich kuzatishini ham tashkil etadi.
Ommaviy boshlang‘ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to‘plamiga umumiy baho beradi.
Statistika har xil o‘lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko‘rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat birliklarida ifodalaydi. To’lov balansi va uning tarkibi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng asosiy vazifalaridan biri o‘z iqtisodiyotini ma’muriy boshqarishdan bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruvga o‘tkazishdan iborat bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv zaruriyat sifatida davr taqozoga aylandi. Faqat bozor munosabatlarigina mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining ulkan imkoniyatlaridan biri-xalq baxt-saodati yo‘lida, uning turmush darajasini oshirish maqsadida samarali foydalanishni ta’minlashi mumkin.


O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishda davlat statistikasi organlarining roli katta.
Bozor munosabatlari sharoitida statistika sohasidagi yangi muammolarni hal etishni, uning nazariy asosini qaytadan ko‘rib chiqishni, mavjud statistika amaliyotida keskin o‘zgarishlar amalga oshirilishini taqozo etadi.
Shu maqsadda makroiqtisodiy statistik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida tub o‘zgarishlar hosil qilish uchun xalq xo‘jaligi Balansini (XXB) saqlab qolgan holda, mahalliy sharoitlariga moslashgan milliy hisoblar tizimini (MHT) xalqaro standartini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur.
Milliy hisoblash tizimida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi va bu operatsiyalar tomonlar hisobida qiymat ko‘rinishida, daromad yoki harajat sifatida ko‘rsatiladi.
MHT – avvalombor makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining har tomonlama rivojlanishi natijasida yuzaga keldi.
1934 yili etakchi iqtisodchi olim S.Kuznes mamlakat bo‘yicha 1929-1934 yillar uchun milliy daromad hajmini hisoblagan. 1929-1933 yillarda g‘arb davlatlari uchun murakkab iqtisodiy inqiroz davri boshlandi va bu mamlakatlar iqtisodchilari kapitalistik jamiyat rivojlanishining «ayrim nazariyalari»ni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Kapitalistik mamlakatlarda balans tizulmalari zarurligi ob’ektiv omillar va, avvalo, davlat-monopolistik kapitalizmning rivojlanishi hamda kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini tartibga solishning amaliy ehtiyoji bilan vujudga keldi. Ikkinchi jahon urishi tugagandan so‘ng kapitalistik mamlakatlar davlatni boshqarish tizimida MHT qo‘llanilishning zarurligini yanada chuqurroq tushinib etdilar. 1951 yilda Parijda Evropa Iqtisodiy hamjamiyatining milliy hisoblar bo‘yicha konfrensiyasi bo‘lib, unda Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar uchun MHTning standarti loyihasi qabul qilindi. Bu loyiha R.Stoun rahbarligidagi bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqildi.
1952 yilda bir guruh iqtisodchi-statistiklar BMTning Statistika byurosi topshirig‘iga binoan, «Milliy hisoblar va o‘tish jadvallari» deb nomlangan metadologiyani tayyorladilar. Bunda Angliya va AQSH ning milliy hisoblar bo‘yicha asosiy ishlari asos qilib olindi.
1968 yili BMTning Statistika komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda uning a’zolari tomonidan «Yashil Kitob» nomini olgan yana bir yangi standart ishlab chiqildi. 1968 yilda tatbiq etilgan MHT 25 yil mobaynida 1993 yilning fevraliga qadar xizmat qildi.
1993 yil fevral oyida BMTning Nyu-Yorkdagi statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi.
Ushbu yangi standartda hamda MHTning eski 1968 yildagi standartda uining asosiy yutuqlaridan foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda eng asosiy xususiyatlaridan biri makroiqtisodiy statistika ko‘rsatkichlaridan keng ko‘lamda foydalanish hisoblanadi.
Yangi MHT xalqaro iqtisodiy hamkorlikda muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro taqqoslashni yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
MHTda iqtisodiyot sektorlari orasidagi munosabatlarni o‘rganish maqsadida asosiy hisoblardan keng foydalaniladi.
Bu hisoblar ikki guruhga ajratiladi:
1. Mamlakat ichki iqtisodiyotini ta’riflovchi ichki iqtisodiy hisoblar. Ularga quyidagi hisoblarni kritamiz:
- tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hisobi;
- ishlab chiqarish hisobi;
- daromadlarning tashkil topish hisobi;
- daromadlarni ayirboshlash hisobi;
- daromadlardan foydalanish hisobi;
- kapital harajatlar hisobi.
2. Mamlakatni boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarini o‘rganishda tashqi iqtisodiy aloqalar (tashqi dunyo) hisobidan foydalaniladi.
Bu hisob quyidagi 3 hisobda ifodalanadi:
- joriy operatsiyalar hisobi;
- kapital harajatlar hisobi;
- moliya hisobi.
«Tashqi dunyo» sektori – shu chegarada chet el iqtisodiy birliklar (uy xo‘jaligi, birlashmalar, korxonalar)ni qamrab oladi va shu chegarada mamlakat rezidentlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar (transport va sug‘urtalash sohasi xizmatlari, ya’ni import tovarlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar, turli xil sektorlarga tegishli chet el aktivlari bilan rezidentlar o‘rtasida bajariladigan operatsiyalar, turli xil mintaqalarga tegishli davlat majburiyatlari bilan rezidentlar o‘rtasida bajariladigan operatsiyalar, kapital qo‘yilmalar, joriy operatsiyalar, moliyaviy operatsiyalarni tasvirlaydi).

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling