1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 327 Kb.
|
Toponomika va tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulug`bek madrasasi
- «Bilim olish har bir muslim va muslimaning burchidir»
Mir Arab madrasasi — shaxdrning markaziy qismida ikkita gumbaz atrofidagi imoratlardan ajralib turadi (1530 yil). Ulardan biri — SHimoliy gumbaz tiklanib, unga yarim moviy koshin bilan qoplangan bezak berilgan, Janubiy gumbaz esa bezatilmay qolib ketgan.
Madrasaga hashamatli baland peshtoqdan kiriladi. Madrasadagi binolar xuddi Ulug`bek madrasasidek joylashtirilgan. Faqat darsxona o`rnida go`rxona bor. Bu erda yamanlik shayx Abdulla (Mir Arab) va uning qarindoshlari dafn qilingan. YOdgorlik shuning uchun hdm Mir Arab nomi bilan atalgan. Madrasa hovlisining chor atrofini ikki qavatli hujralar o`rab turadi. Hujralar qatorini to`rtta peshtoq ajratib turibdi. Bir vaqtlar peshtoqlar juda baland bo`lgan. Ulug`bek madrasasi (1417 yil). Bu madrasa Temurning nabirasi: buyuk astronom Ulug`bek qurdirgan uch madrasa-ning eng avvalgisidir. To`g`ri to`rtburchak shaklida qurilgan bu binoning hovlisi va bezatilgan baland peshtoqi bor. Madrasaning old tomoni ikki qavat qilib qurilgan, kiraverishdagi miyonxonaning bir tomonida darsxona, ikkinchi tomonida masjid, ikkinchi qavatida kutubxona bo`lgan. Madrasaning ustki qismini Ismoil ibn Tohir Isfahoniy qurgan. 1585 yilda bu bino qayta tiklangan. Keyingi yillarda ham u tez-tez ta`mir qylinib turgan. Naqshlarning tarkibida yulduzsimon elementlar ko`pchilikni tashkil etadi. Buni astronom Ulug`bekning kasbi-koriga bog`lash mumkin. Ulug`bek madrasasi darvoza tavaqalariga «Bilim olish har bir muslim va muslimaning burchidir» degan ibora o`yib yozilgan. MadrasaO`z chiroyi va naqshlarining juda go`zalligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu bino O`rta Osiyo me`morchiligining ravnaq topganligini ko`rsatadigan yodgorlikdir. Abdulazizxon madrasasi (1652 yil). Bu madrasa badiiy bezaqlarga juda boy bo`lib, o`z ahamiyati jihatidan O`rta Osiyo me`morchiligida alohida o`rin tutadi. Bu bino Ulug`bek madrasasi ro`parasida qurilgan bo`lib, nafis me`morchiligi va bezatilishi jihatidan go`yo Ulug`bek madrasasi bilan raqobat qilayotgandek tuyuladi. Holbuki, har ikki yodgorlik qurilishi o`rtasida ikki asrdan ortiq vaqt o`tgan. Abdulazizxon madrasasi oddiy geometrik, yulduzsimon va o`simliklarni tasvirlaydigan bezaklar o`rniga ancha murakkab va xilma-xil naqshlar bilan ishlangan. Bu erda ajdar va semurg` qushning surati bor. Madrasada ikki masjid bor, yozgisi hovlida; darvoza yo`lagining g`arbiy burchagida esa qishki masjid bor. Ikkala masjidning ham devor va shiplari juda serhasham qilib bezatilgan. Madrasa xalq me`mori usta SHirin Murodov ishtirokida ta`mirlangan (1930 yil). Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling