1-topshiriq talaba : Matnazarov d guruh : sst


Multiplikatsion samara – bu…


Download 47.89 Kb.
bet7/9
Sana18.02.2023
Hajmi47.89 Kb.
#1210918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Матназаров Д invitetsiya

3. Multiplikatsion samara – bu…
Investitsiyalarning gʻoyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion samaraga (hodisaga) sababchi boʻladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga koʻra, investitsiya, isteʻmol va milliy daromad oʻrtasida barqaror bogʻliqlik mavjud – investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlangʻich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadi (Xasanning sarf-xarajati, Xusanning daromadi boʻladi), bu, oʻz navbatida, bandlik va ishlab chiqarish hajmining oʻsishini taʻminlab beradi.
Bir vaqtning oʻzida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda koʻproq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan isteʻmol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda koʻproq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini taʻminlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam boʻlmasligi zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan koʻra jamgʻarish qulay boʻladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti koʻrsatkichi qoʻllaniladi. Mazkur koʻrsatkich daromad oʻsishi bilan investitsiya oʻsishi oʻrtasidagi bogʻlanishni ifodalaydi, yaʻni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.
4. Biznes reja – bu…
Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes reja da loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakkllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ("birinchi rahbar"), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.



Download 47.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling