1. Тўсиқлар қанака турларга бўлинади? Тўсиқли йўлаклардан ўтишда қандай амаллар бажарилади?
Download 1.25 Mb.
|
Jismoniy barcha jovoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20. Huquqni muhofaza qilishda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi
- 22. “ Столтенниси ” ўйинитарихи
- Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг спортдаги ютуқлари
- Ўзбекистонда “хоккей” ўйининг ривожланиши
16.Olimpiada oʻyinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi). Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 yilgacha har 4 yilda Olimpiya shaxrida xudo Zevs sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan; 2) Yunonistonning Olimpiya oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili)dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari Olimpiya hartiyasida belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894 yil Parijda Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). Oʻyinlar Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, ogʻir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosport, futbol, basketbol musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (qarang Qishki olimpiada). Olimpiya oʻyinlari — har toʻrt yilda oʻtkaziluvchi zamonamizning eng yirik xalqaro majmuaviy sport bellashuvlari. Olimpiya oʻyinlari Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarining Yozgi va qishki oʻyinlari mavjud.
"Paxtakor" 1992-yildan Oʻzbekiston birinchiligida qatnashadi. 3 marta mamlakat chempioni (1992, 1998, 2002), 5 marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi, Osiyo chempionlar ligasida 4-oʻrinni egalladi (2003). Jamoaning turli yillardagi muvaffaqiyatlari A.Azizxoʻjayev, B. Abduraimov, G. Krasnitskiy, A. Yakubik, H. Rahmatullayev, Yu. Pshenichnikov, I. Tazetdinov, M. Fyodorov, M. An, Mirjalol Qosimov kabi futbol ustalarining nomi bilan bogʻliq. Jamoa Toshkentdagi oʻyinlarini, asosan, "Paxtakor" stadionida, oʻquv mashgulotlarini Qibray bazasi (katta va kichik stadion, qishki yopiq manej)da oʻtkazadi.[1] "Paxtakor" futbol klubi — Toshkent shahri sharafini himoya qiluvchi, Oʻzbekistondagi eng mashhur futbol klublaridan biri. Klubga 1956-yil 8-aprel kuni asos solingan. 36 mavsum davomida (1956-1991) SSSR birinchiligining turli ligalarida ishtirok etgan. "Paxtakor" SSSR Oliy Ligasida toʻp surgan Oʻzbekistonning yagona klubi, shuningdek, SSSR Kubogi finaliga chiqqan Oʻrta Osiyoning yagona jamoasi hisoblanadi. 1992-yildan boshlab Oʻzbekiston Oliy Ligasining doimiy vakili. "Paxtakor" 8 karra Oʻzbekiston chempioni hisoblanadi, xususan, olti chempionlik sovrini 2002-2007 yillar oraligʻida ketma-ket qoʻlga kiritilgan. "Paxtakor", shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida eng koʻp - 10 marta gʻolib chiqqan yagona jamoa boʻlib, Kuboklardan yettitasi 2001-2007 yillarda qoʻlga kiritilgan. "Paxtakor" futbolchilari turli yillarda jami yetti marta Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan, murabbiylari esa ikki marta mavsum yakuniga koʻra Oʻzbekistonning eng kuchli murabbiyi deb topilgan. "Paxtakor" OFK Chempionlar Ligasining yagona doimiy ishtirokchisi boʻlib, jamoa 2003 va 2004-yilgi mavsumlarda musobaqa yarim finaliga qadar yetib bora olgan.
Eng avvalo cho’kayotgan kishini suvga tushmasdan qutqarish mumkinligini teran baholab ko’rish kerak. Yaqin atrofda uzunroq tayoq, qutqaruv balloni yoki havo solingan boshqa jism mavjudligiga nazar soling. Atrofdagilarni yordamga chaqiring — bunday holda qahramonlik qilish ketmaydi. Cho’kayotgan odamga yordam berishning eng katta qiyinchiligi shundaki, cho’kuvchi odam qutqaruvchiga reflektor ravishda tirmashib oladi va qutqaruvchi yetarlicha tajribaga ega bo’lmasa, cho’kuvchi ikkisini ham suv tubiga tortib ketishi mumkin. Cho'kayotgan odamni qutqarish Bunday harakatlar ixtiyorsiz ravishda bo’ladi, shuning uchun siz bir necha oddiy qoidaga amal qilishingiz kerak: Birinchidan, cho’kayotgan odamga yordam berish uchun uning orqa tomonidan suzib kelish kerak, ya’ni u qutqaruvchini ko’rmasligi lozim. Shundan so’ng cho’kayotganni suvdan chiqarishning turli yo’llarini qo’llash kerak: Cho’kayotgan odamni orqaga qo’yib, uni qo’ltig’i yoki qulog’i yaqinida boshidan ushlab, oyoqlar bilan ishlab, unu o’z ortidan tortish. Bitta qo’lni cho’kuvchining qo’ltig’i ostidan o’tkazib, uni iyagidan ushlab, suv sathidan yuqorida fiksatsiya qilib, erkin qo’l va oyoqlarni harakatlantirib tortish. Cho’kuvchini chalqancha qilib, bitta qo’lni uning qo’ltig’i ostidan o’tkazib, uning ikkinchi qo’lidan ushlab, o’z ortidan tortish. Agar cho’kayotgan odam sizni tutishga harakat qilsa, nafasni ushlab, suv ostiga sho’ng’ish kerak. Cho’kuvchining tirmashib olganidan uning qo’llarini majburlab ochish orqali qutulishga urinmaslik kerak — vahima jabrlanuvchiga qo’shimcha kuch beradi, kurashish esa yana ko’proq vaqtni oladi. Agar chukuvchi suv tubiga yetgan bo’lsa, oqimning kuchi va yo’nalishini hisobga olib, sho’ng’ish kerak. Sho’ng’igach, cho’kib kegan odamni qattiq tutub, bitta harakat bilan suv sathiga chiqib olish uchun suv tubidan kuchli itarilish kerak.
-sog`lom hayot kеchirishdagi jismoniy talabchanligi va o`z-o`zini tarbiyalash; -nazariy va amaliy bilimlarni jismoniy tarbiya orqali o`stirish; -jismoniy imkoniyatlarni to`liq qo`llash, kasalliklarning oldini olish, sog`liqni saqlash va uni mustahkamlash, o`z-o`zini himoyalash; Huquqni muhofaza qilishda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadlari quydagicha: yetuk malakali rahbar kadr bo‘lib yetishishlari hamda ularning ekstremal vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qilishlariga erishishga; tinchlik va urush vaqtida, favqulotda vaziyatlarda harbiy – jangovar vazifalarni bajarish, huquqni muhofaza qilish idoralarining malakali kadrlarini tayyorlash tizimida harbiy saf, xizmat va jangovar tayyorgarligining o‘rni va rolini bilishga; xizmat faoliyatida shaxsiy tarkibning ruhiy va jismoniy tomondan baquvvat bo‘lishlari shuningdek, ularning kasb faoliyatida vujudga keladigan kiyinchiliklariga bardosh bera olishlariga; kasbiy, ahloqiy tarbiyalashni amalga oshirish, ularni ichki tartib intizomga qatiy rioya qilishlarini ta’minlash; qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni tarbiyalash, o‘z ortidan ergashtira olish, kasbiy tayyorgarligini oshirib borish va jamoada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish; kelajakdagi xizmatlari jarayonida sodir bo‘ladigan favquloddagi vaziyatlarda harakatlanish tartibida ruhan va jismonan tayyor bo‘lishlariga erishish; tezkor vaziyatlarni baholay olish usullari, to‘g‘ri qaror qabul qilish, qo‘l ostidagilarga to‘g‘ri vazifa qo‘yish; shaxsiy tarkibini yong‘in o‘chirish vaqtida harakat qilishlari uchun doimiy shay holatni ta’minlashni bilish kabilar kiradi. 21."TURON" YAKKA KURASHI - milliy sport turi. Turkiy xalqlar jang qilish sanʼati namunasi sifatida qadimdan mashhur boʻlgan. Bu turdagi yakkamayakka kurashish usuli Amir Temur davrida takomiliga yetgan. "T." ya.k.ning zamonaviy qonunqoidalarini xalqaro miqyosdagi sport ustasi B. Saidov ishlab chiqdi (1991). Kurashchilar peshonaband belbogʻ bogʻlab, yaktak, keng ishton kiyib musobaqalashadilar. Raqiblar maydonga chiqqanda qoʻllarini yuqoriga koʻtarib, bir-birlariga kaftlarini koʻrsatishadi. Bu "koʻrib qoʻy, qoʻlimda hech narsa yoʻq, halol kurashaman" degan maʼnoni bildiradi. "T." ya.k.ning ikki: jang va erkin mashq yoʻnalishi bor. Jan g yoʻnalishi boʻyicha bellashuv 2 qismdan iborat boʻlib, har bir qismi 5 min.dan boʻladi, katta yoshdagi sportchilar uchun 1 raund 5 min. ni tashkil qiladi. Qolgan yoshdagilar uchun 1 raund 2—3 min. davom etadi. Bu yoʻnalishda gʻalaba va sof gʻalaba bor. Gʻalaba raqibiga koʻp zarba berib eng koʻp ball yiqqan oʻyinchiga, sof gʻalaba esa raqibi zarba olganda gangisa, behol holatga tushib qolsa yoki boʻgʻma usuli bilan yutganda berilishi mumkin. Erkin mashq yoʻnalishi bitta va bir necha sportchi (jamoa) bilan bajariladigan maigklar boʻlib, 1,5 min. davom etadi. Mashqlar buyumsiz va buyumlar bilan bajariladi. Eng koʻp ball toʻplagan oʻyinchi yoki jamoa gʻolib chiqadi. Qilich, gimnastika tayogʻi, arqon kabi buyum bilan bajariladigan koʻrgazmali mashklar bilan chiqishlari mumkin. U sportchining texnik usullarni qanchalik egallaganligi va jismoniy chiniqqanligini namoyish etadi. Bu chiqishlar ham ball bilan baholanadi. Oʻzbekistonda "T." ya.k. federatsiyasi tuzilgan (1995). Har yili Toshkent sh. birinchiligi va Oʻzbekiston chempionata musobaqalari oʻtkaziladi. "T."ya.k. "Alpomish oʻyinlari" festivali dasturidan joy olgan. Bu sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. 5 xalqaro sport ustasi, 30 dan ortiq sport ustasi tayyorlandi (2004). "T." ya.k. xalqaro miqyosda tan olinmoqda. AQSH, Germaniya, Isroil, Niderlandiya, Ukraina, Latviya, Moldaviya, Belorussiya va boshqa mamlakatlarda "T."ya.k. sport seksiyalari ochilgan. 1rasmiy xalqaro turnir oʻtkazilib (1996, Toshkent), unda A. Kenjaboyev (Qozogʻiston), Ch. Mergenov (Turkmaniston), T. Fattoxrv, A. Rabinovich (Oʻzbekiston), D. Juravlev (Rossiya) gʻolib boʻlganlar. 22.“Столтенниси” ўйинитарихи СтолтеннисинингпайдобўлишиХIХасрнингиккинчиярмигаборибтақалади. Аввалигаўйиночиқҳаводаўтказилган, кейинчаликхонаичидаўйнашрусмбўлган. Сўнгбир-биригаяқинжойлашганиккистолдаўйнаш, янадакейинроқэсаиккистолнибирлаштириб, ўртасигатўртортилганҳолдаўйнашодаттусигакирган. Жиҳозларнингсоддалиги, асосийси, каттажойталабқилмаслигистолтеннисинингтезорадамашҳурбўлибкетишигасабаббўлди. Бунингнатижасидахалқароташкилоттузишваўйинқоидалариишлабчиқишгазарураттуғилди. 1926 йил январда Берлинда стол тенниси халқаро федерацияси – ITTF ташкил қилинди. Стол тенниси бўйича биринчи жаҳон чемпионати 1927 йил декабрда бўлиб ўтган. Унда аёллар ва эркаклар якка ҳолда, жуфтликларда – ҳам эркак, ҳам аёллар аралаш ҳолда иштирок этишган. 1928 йилдан бошлаб мусобақаларда аёллар жуфтликлари ҳам иштирок этишган. Шундан бери жаҳон биринчилиги 1940-1946 йиллардан ташқари1957 йилдан жаҳон биринчилиги ҳар икки йилда ўтказиладиган бўлди. Ундан кейинги йилда Европа биринчилигини, шунингдек, Осиё ва Африка минтақавий чемпионатларини ўтказиш бошланди. 1936 йилда стол тенниси халқаро федерацияси – ITTF пинг-понг номини стол тенниси номи билан алмаштирди. Ҳозирги кунда 40 миллиондан ортиқ ўйинчи ҳар йили бутун дунё бўйлаб турли расмий турнирларда иштирок этишади. Ўйин мазмуни столга кўндаланг тортилган тўр устидан коптокни ракетка билан икки томондан ирғитишдан иборатдир. Ўйинда икки ёки тўрт киши иштирок этиши мумкин. Бир теннис столи учун зарур бўладиган хона майдони – 7,7 х 4,5м. Ўйин учун стол, тўр, ракетка ва копток зарур бўлади. Ўйин қуръа орқали биринчи бўлиб бошлаш ҳуқуқига эга бўлган ўйинчининг копток узатишидан бошланади. Ракетка билан узатилгандан сўнг, копток бошловчи томонида столга урилиб, тўрга тегмасдан сакраб ўтиши ва иккинчи томонда столга урилиши лозим. Копток узатиш вақтида ўйинчи унинг ракеткаси ва копток столнинг орқа чизиғи ташқарисида туриши керак. Агар копток стол устида уриб қайтарилса, ўйин қоидаси бузилган ҳисобланади (2002 йил 1 сентябрдан копток узатиш регламенти янги қоидаларга биноан белгиланган). Агар копток бошловчи томонида столга урилиб, тўрга тегиб сакраб ўтса ва иккинчи томонда столга урилса, копток узатиш янгитдан бажарилади ва очко ҳисобланмайди. Қайтадан узатишлар сони чекланмаган. Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг спортдаги ютуқлари Юкори натижалар спортини ри-вожлантириш, халкаро майдонда кучли ракобат кила оладиган юкори малакали спортчиларни тарбиялаш, турли спорт турла-рида муносиб захира тайёрлаш ва илмий-амалий салохиятга эга етук мутахассис кад-рларни етиштириш мамлакатимиз сиёсати-нинг устувор йуналишига айланди. Утган давр ичида спортчиларимиз эришган ютукларни тахлил килиб, Узбекистонда спор-тнинг ривожланиш истикболини белгилаб олиш имконияти туFилди. Тадкикотда Узбекистон Республикаси мус-такиллик йилларида жисмоний тарбия ва спорт сохасида эришилган ютукларни киёсий тахлил килиш асосида мазкур соханинг ривожланиш йуналишини аниклаш асосий мак-сад килиб олинди. Тадкикотнинг вазифалари: жисмоний тарбия ва спорт сохасидаги ислохотлар мо-хиятини аниклаш ва очиб бериш; Узбекистон спортчиларининг йирик халкаро мусобака-лардаги натижаларини киёсий тахлил килиш; Узбекистонда жисмоний тарбия ва спортнинг ривожланиш истикболи йуналишини аник-лашдан иборат. Мустакил Узбекистон Республикаси суве-ренитетининг биринчи йилларидан жисмоний тарбия ва спортнинг ривожланишига миллий тараккиётга ёрдам берувчи омил си-фатида катта эътибор каратилди. Айнан шу максадларда жисмоний тарбия ва спорт фао-лиятидаги узгаришлар жамиятимизнинг янги иктисодий, сиёсий, ижтимоий, маданий ша-роитларига мослаштирилди. Мамлакатимизда миллий, минтакавий ва умумжахон жараёнлар доирасида изчил ке-чаётган узгаришларни урганиш, амалга оши-рилаётган ижтимоий-сиёсий жараёнларни бахолаш, тахлил этиш, илмий-назарий умум-лаштириш, янгиланишлар ривожи узига хос хусусиятларга эга эканлигини курсатади. Узбекистонда мустакиллик даврида жисмоний тарбия ва спорт сохасининг ривожла-ниши мамлакатимизда амалга оширилаётган сиёсий, иктисодий ва ижтимоий ислохот-ларнинг самарали натижасидир, деб тула ишонч билан айтишимиз мумкин. Узбекистонда янгиланишлар жараёни биринчи Президентимизнинг «Конунлар узга-ришлар жараёнларидан аввал юриши керак», деган курсатмаси асосида амалга оширил-мокда. Мустакилликнинг дастлабки йиллари-да Узбекистон Республикасининг «Жисмоний тарбия ва спорт туFрисида»ги Конуни кабул килинди. Ушбу конуннинг иккинчи тахрири 2000 йил 26 майда тасдикланди. Узбекистон Республикасининг «Жисмоний тарбия ва спорт туFрисида»ги Конунининг янги тахрири 2015 йил 4 сентябрда кабул килинди. Мазкур Конунда Узбекистон хукуматининг жисмоний тарбия ва спортни ривожлантириш хукукий-меъёрий асослари Конституция ва халкаро хукук нормаларига мос равишда яратилди. Узбекистон Республикасининг «Жисмоний тарбия ва спорт туFрисида»ги Конуни мамлакатимизда жисмоний тарбия ва спорт соха-сидаги давлат сиёсатининг асосий йуналиш-ларини белгилаб берди: жисмоний тарбия ва спортни ривожлантиришни давлат томони-дан куллаб-кувватлаш; хар кимнинг жисмоний тарбия ва спорт билан эркин шуFулла-нишга булган хукукини таъминлаш; жисмоний тарбия ва спорт сохасидаги давлат хамда жамоат бошкарувини уЙFунлаштириш; фука-роларнинг жисмоний тарбия ва спорт сохасидаги хукукларининг давлат кафолатларини белгилаш; жисмоний тарбия ва спорт соха-сида камситишга хамда зуравонликка йул куймаслик; жисмоний тарбия ва спорт билан шуFулланувчи шахслар, шунингдек, жисмоний тарбия ва спорт тадбирлари иштирокчи-лари хамда томошабинларнинг хаёти ва соFлиFи хавфсизлигини таъминлаш; спорт-нинг барча турлари ва таркибий кисмларини ривожлантиришга кумаклашиш; ногиронлар ва жисмоний имкониятлари чекланган бошка шахслар, шунингдек, юкори даражада ижтимоий химояга мухтож ахоли гурухлари урта-сида жисмоний тарбия ва спортни ривож-лантиришга кумаклашиш; Узбекистоннинг миллий спорт турлари ва халк уйинларини ривожлантириш хамда оммалаштириш учун шарт-шароитлар яратиш; фукароларни жисмоний тарбиялашнинг узлуксизлиги ва даво-мийлигини таъминлаш; халкаро хамкорликни амалга ошириш шулар жумласидандир. Узбекистон Республикаси биринчи Прези-денти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иктисодий ривожлантириш якунлари ва 2016 йилга мулжалланган иктисодий дастурнинг энг мухим устувор йуналишларига баFишланган Вазирлар Мах,-камаси мажлисидаги маърузасида мамлакатимизда ахоли саломатлигини мустахкам-лашнинг мухим ва самарали омили булган жисмоний тарбия ва спортни ривожланти-ришга хам алохида эътибор каратилди. 1991-2016 йиллар давомида Узбекистонда жисмоний тарбия ва спортнинг ривожлани-шини туртта асосий йуналишларда кузатиш мумкин: оммавий спорт, болалар спорти, хотин-кизлар спорти, юкори натижалар спорти. Оммавий спортни ривожлантириш макса-дида ахолини оммавий тарзда камраб олади-ган мусобакалар оркали барча ижтимоий катламга мансуб ахоли вакиллари спортга жалб килинмокда. Хар йили ёшлар, ишчи ва хизматчилар, маданият, хукук-тартибот, му-дофаа ходимлари уртасида баскетбол ва волейбол буйича «Камолот кубоги», миллий уйинлар буйича «Алпомиш» спорт мусоба-калари, ёшларнинг «Шункорлар» харбий спорт мусобакалари, аёлларнинг «Тумарис» спорт фестивали, «Жасорат-ирода^алаба» ногиронлар спорт мусобакалари, укувчи ва талабаларнинг «Умид нихоллари», «Баркамол авлод», «Универсиада» узлуксиз спорт мусобакалари мунтазам утказилмокда. Ёш авлоднинг жисмоний ва маънавий бар-камоллигини таъминлаш, соFлом турмуш тар-зини шакллантириш ва спортга мехр-мухаб-батни ривожлантириш, жойларда болалар спортининг моддий-техник базасини яратиш, замонавий болалар спорт мажмуалари тар-моFини барпо этиш, спорт ускуналари ва жихозлари билан таъминлаш ишларини яна-да фаоллаштириш максадида 2002 йил октябрь ойида «Узбекистон Болалар спорти-ни ривожлантириш жамFармаси» тузилди. Узбекистон Республикаси биринчи Прези-денти Республика даражасида ЖамFарма Хомийлик кенгашига раислик килди. 2015 йилда Узбекистон спортчилари жахон, Осиё чемпионатлари ва бошка халкаро турнирларда 860 дан ортик медални кулга киритишга эришдилар. Шунинг 311 таси ол-тин, 274 таси кумуш ва 276 таси бронза ме-далларидир. Спортчиларимиз, айникса, енгил атлетика, бадиий гимнастика, бокс, кураш, дзюдо, таэквондо, от спорти буйича муваф-факиятли иштирок этишмокда. Жорий 2016 йилда Болалар спортини ривожлантириш жамFармаси томонидан жами 243 та болалар спорти иншоотлари, умумтаъ-лим мактаб спорт заллари ва сузиш хавзалари куриб фойдаланишга топшириш, мазкур спорт иншоотларини 6,5 миллиард сумлик спорт анжомлари ва ускуналари билан жи-хозлаш режалаштирилган. Бугунги кунда Узбекистонда 2 миллионга якин болалар, шу жумладан 842 минг кизлар 30 дан ортик спорт тури билан мунтазам шуFулланмокда. Бу ракам 2003 йилга нисба-тан 1,4 баробар купдир. Мактаб укувчиларини жисмоний тарбия ва спорт машFулотларига жалб этиш 20,4 фоиздан 40,5 фоизга, жумладан кизлар уртасида 16,4 фоиздан 32,5 фоизга усди. Умумтаълим мактабларидаги спорт тугараклари сони 65432 та булиб, уларда жами 1637933 нафар укувчилар, шу жумладан 706878 нафари кизлар спорт билан мунтазам шуFулланмокда. Сунгги ун йилда кишлок жойларда болаларнинг спорт билан мунтазам шуFулланиши 14,5 фоиздан 39 фоизга усди. 1990 йилда 448 минг 800 нафар укувчи-ларнинг 7,4 фоизи спорт билан шуFулланган булса, 2014 йилда 2 миллион 219 минг нафар, яъни 34,8 фоиз укувчиларга спорт билан мунтазам шуFулланишга шароитлар яратилди. Ўзбекистонда “хоккей” ўйининг ривожланиши Хоккей (инг. hockey) спорт ўйини. Дарвозалар ўрнатилган махсус майдонча (саҳн)да клюшка ва тўп (шайба) билан жамоа бўлиб ўйналади. Ўйинчилар томонидан рақиб дарвозасига кўпроқ тўп (шайба) киритиш мақсад қилиб қўйилади. Хоккейнинг 3 та асосий тури бор: чим устида Хоккей, муз устида ўйналадиган тўпли Хоккей, шайбали Хоккей.Ўзбекистонда хоккей ўтган асрнинг 70-йилларида шакллана бошлаган. Дастлаб 1971 йилда Тошкент шаҳрида ташкил этилган «Спартак» клуби юртимиз ҳудудида хоккей спорти шаклланиши учун замин бўлган. Икки йилдан сўнг «Бинокор» номини олган ушбу клуб ўйинчилари Ўзбекистоннинг ўша даврдаги терма жамоаси асосини ташкил этган. Ўзбекистонлик хоккей жонбозларининг ҳаракати билан 2018 йилнинг 28 мартида Ўзбекистон хоккей федерацияси ташкил этилди. Унинг бош котиби сифатида ўзбекистонлик илк профессионал хоккейчи, 1976-1988 йилларда «Бинокор» таркибида шайба сурган Шукрулло Каримов иш бошлади. 2017 йилда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев универсал спорт саройи –“Ҳумо” ва унинг ичида қишки спорт турларига мосланган янги муз аренаси қуришга топшириқ берди. Бу иссиқ ва қуруқ иқлимга эга Ўзбекистон ҳудудида ҳам муз устидаги хоккей билан йилнинг исталган вақтида шуғулланиш имконини беради. 2019 йилнинг 8 февралида эса хоккей бўйича илк бор Ўзбекистон чемпионати старт олди. Унда тўрт жамоа – «Бинокор», «Тошкент», «Ҳумо», «Семурғ» клублари 2019 йилнинг 17 мартига қадар ўзаро 24 ўйинда муз устига чиқадилар. Илк тур ўйинлари эса қуйидаги натижалар билан якунланган: «Тошкент» - «Бинокор» 5:1. «Ҳумо» - «Семурғ» 4:5. Ўзбекистон хоккей федерацияси ёш хоккейчиларнинг халқаро мусобақаларда иштирокини таъминлаш учун зарур шароитни яратиб бераётгани, Ўзбекистонда хоккейнинг ҳам эътибор марказидаги спорт турларидан бирига айлантириш йўлида ташкилот томонидан қилинаётган ишларнинг барқарор кечиши ҳолатни ижобий томонга ўзгартириши мумкин. Шунингдек, Тошкент шаҳрида қурилаётган «Ҳумо» аренаси 12 минг томошабинга мўлжалланган универсал спорт мажмуаси бўлиши кутилмоқда. Келажакда бундай мажмуаларнинг Самарқанд, Қарши ва Андижонда ҳам қурилиши режалаштирилгани республика бўйлаб хоккейнинг ҳам босқичма-босқич ривожланишига замин яратади. «Ҳумо» аренасининг лойиҳаси Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling