1. tushuntirish qismi kirish bet
I. 2. P. Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaniga xos epiklik va tarixiy shaxs talqini
Download 64.21 Kb.
|
Roman janri va epik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avlodlar dovoni
- Yulduzli tunlar
- Yulduzli tunlar”
I. 2. P. Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaniga xos epiklik va tarixiy shaxs talqini. Badiiy asar saviyasini yuksaltiradigan omil uning kim yoki nimaga bag’ishlanganligi emas, balki qanday yozilganligidir. Tarix va undagi ulkan ijtimoiy evrilishlar odamlar tomonidan amalgam oshirilishi, tarixiy shaxslar ma’naviy qiyofasining tarixiy hodisalar ijtimoiy salmog’ini tayin etishi ijodkorlarimiz tomonidan anglab yetilmoqda. Yozuvchi Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” romani yozlishiga zamin bo’lgan “Yulduzli tunlar” asarini tahlil qilamiz. “Yulduzli tunlar” tarixiy-biografik romandir. Chunki unga asos qilib olingan syujet roman janriga xos ma’lum bir davrdagi shart-sharoit, xalq, mamlakat hayoti, tarixiy shaxs obrazlari orqali yoritiladi va Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo’li asar markazida turadi. Ma’lumki, inson hayotida sharoitning o’ziga xos o’rni bor. Shuning uchun u tarixiy asarda – inson xarakteri, shaxsi qahramon yashayotgan va harakat qilayotgan sharoit bilan bog’liq ekanini ko’ramiz. Inson muhit ta’siri ostida o’z xarakteri, imkoniyatlari doirasida o’zgaradi. Mustahkam irodali, kuchli xarakterli shaxs o’tkinchi muhit ta’siriga to’liq ma’noda bo’ysunmaydi. Muhitga qarshilik ko’rsatish tuyg’usi ularda kuchli rivojlangan bo’ladi. Ba’zi xarakterlar esa tezda o’tkinchi muhit ta’siriga tushib, unga bo’ysunadilar. “Muhit tushunchasi o’z ichiga oilani, jamiyatni, davr va tarixni, tabiatni qamrab oladi. Insonni qurshab turuvchi barcha narsa – turmush va uning jihozlari, jonli va jonsiz tabiat, jamiyat va davlat, shaxs va jamiyat, tarix, ya’ni turli davrlar va xalqlarning madaniyatlari muhit tushunchasiga kiradi. Muhit – murakkab va ko’p ma’noli tushuncha”1. Shu sabab, M. Gorkiy “Muhit – bu o’zimiz. Muhit – bu bir-biriga ta’sir o’tkazuvchi psixik birliklarning muayyan miqdoridir”2, - deb ta’kidlagan edi. Xullas, muhit tushunchasi badiiy asarda insonga borib taqaladi. Zotan, tabiat va jamiyat inson vositasida tahlil va talqin etiladi. Yozuvchi tarixiy asarga qo’l urushidan oldin qahramon yashagan davrning sharoitini, muhitning o’ziga xos qirralarini, xarakter shakllanishiga ta’sirini, odamlarning o’zaro munosabati, ruhiyatidan falsafasigacha barcha voqea – hodisalarni mukammal o’rganishi shart. Matyoqub Qo’shjonov “Yulduzli tunlar” haqidagi maqolasida “Pirimqul Qodirov Bobur obrazini tiklab, uni davr tafakkuri nuqtai nazaridan izohlaganini”3 aytib, asar kompozitsiyasi, syujeti, ayniqsa, o’quvchini o’ziga jalb etadigan konflikti yanada kuchaytirilsa, voqealar ixcham bayon qilinsa yaxshiroq bo’lishini yozadi. Umarali Normatov esa “Tarixga ulug’ hurmat” maqolasida “garchi yozuvchi keng qamrovli, izchil, batafsil xronologik tasvir yo’lini tutsa-da, asarda o’quvchini toliqtiradigan cho’ziqlik yo’qligiga…” 4 e’tiborni qaratadi. Ushbu mulohazalarga qo’shimcha qilib quyidagilarni aytish mumkin: birinchidan, bizning tekshirishlarimiz shuni ko’rsatadiki, tarixiy faktlar hech vaqt yozuvchini o’ziga tobe qilib qo’ymagan, balki unga shu faktdan turtki olishga, uning mohiyatini ochishga, davr ruhini badiiy inkishof etishga olib kelgan. Bobur – ham shoh, ham shoir. Uning ichki dunyosi juda rang-barang va ayni vaqtda murakkab. Bu murakkablik bir shaxs timsolida mohir sarkarda hamda jahongirlik, fotihlik bilan chiqisha olmaydigan gumanist ruhiyati mujassamligida namoyon bo’ladi. “Yulduzli tunlar”dagi tarixiy sharoitning badiiy talqini haqida adabiyotshunoslar bir-biriga zid fikrlar bildirishgan va uni Boburning sarkardalik mahorati tasvirlangan epizodlar misolida tadqiq qilishgan. Holbuki, mantiqan qaraganda ham tarixiy sharoit faqatgina jangu jadallardan iborat emas. Tarixiy sharoit qahramon yashagan zamon va makonga xos bo’lgan barcha unsurlarni o’z ichiga oladi. Ularning barchasini bir asarda ko’rsatishning imkoni yo’q. Shuning uchun ham Pirimqul Qodirov Bobur hayot tarzi va tarixiga taalluqli belgilarnigina badiiyat mezonlari asosida talqin qilgan. Xulosa qilib aytganda, tarixiy sharoit, muhit insonni tarbiyalaydi, uning hayotiga o’z ta’sirini o’tkazadi. “Yulduzli tunlar”da tarixiy manbalarga asoslanib, faqatgina oddiy insonlar emas, Boburdek shohlar ham ba’zan tarixiy voqelik oldida ojiz ekanligi real tasvirlangan. “Yulduzli tunlar” asarining zamoni XV asr oxiri XVI asrning birinchi yarmi yoki Boburning qirq yillik hayot yo’li, faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, asarning syujet-kompozitsion qurilishi asosida Bobur yashagan davr turadi. Asardagi barcha obrazlar, ularning harakatlari bir maqsadga qaratilgan bo’lib, temuriy shahzodaning niyatlari, orzu-umidlari, g’alaba va mag’lubiyatlari u yashagan zamon taloto’plarini real yoritishga xizmat qilgan. Romanning birinchi bobi “Quva. Qil ustida turgan taqdirlar” deb nomlangan. Buni ko’rgan o’quvchi da’fatan bu bobda makon tasviri ustun ekan degan xulosaga kelishi mumkin. Aslida esa yozuvchi Pirimqul Qodirov asarni vaqt tasviridan boshlagan: “Milodiy 1494- yilning yozi. Saraton issig’ida Farg’ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kuni bo’yi havoni dim qilib turdiyu, kechki payt birdan jala quyib berdi5”. Muallif “1494 yilning yozi”ni bekorga ta’kidlamagan. Birinchidan, asosiy e’tiborni shu davrda bo’lib o’tgan voqealarga kitobxonni jalb etmoqda. Ikkinchidan, Bobur hayotida, umuman Farg’ona vodiysining aholisi uchun shu yilgi saraton alohida ahamiyatga egaligini ta’kidlagan. Uchinchidan, eng asosiysi, to’g’ridan-to’g’ri inson, shaxs, jamiyat taqdiri, uning taraqqiyotida vaqtning roli birlamchi ekanligiga urg’u bergan. Romandagi obrazlar bilan bog’liq bo’lgan barcha voqealar rivojining asosi “milodiy 1494 yilning yozi” bilan uzviy bog’liqdir. Asardagi Bobur bilan yonma-yon yoritilgan Tohir hamda uning tog’asi Fazliddin va Robiyalarning hayotida shu davrning ahamiyatini qiyoslaganimizda vaqtning tasviri katta ahamiyatga ega ekanligiga yaqqolroq amin bo’lamiz. Adib yuqorida keltirilgan iqtibosidan keyinoq, Farg’ona ahlining og’ir, qonli janglar ichida davom etadigan hayotlarini oldindan bashorat qilgandek yozadi: “Qizil tuproqli tepaliklar orasidan o’tib kelayotgan sersuv Quvasoy qon qo’shib oqizilgandek qip-qizil bo’lib ketdi”. Yuqorida ta’kidlanganidek, oqar suv adabiyotda vaqtni, yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, inson umrini bildiruvchi majoziy obrazlardan biridir. Agar xuddi shu holatda suvni zamon deb olsak, daryoning o’zani uning makoni bo’ladi. Shundan ham ma’lum bo’ladiki, makon zamonga, ya’ni vaqtga nisbatan turg’unroq. Ma’lum bir makonda qachondir sodir bo’lgan voqea tarixga aylanadi, lekin makon o’zgarmaydi. Bunga misol qilib, “Milodiy 1494 yilning yozi”da Quvada bo’lib o’tgan voqealarni ko’rsatish mumkin. Besh asrdan ortiqroq vaqt o’tdi, besh yuz marotaba Quva saraton issig’ini ko’rdi. Ammo u voqea takrorlanmadi. Takrorlanishi ham mumkin emas. Chunki, o’sha yozdagi voqealar 1494 yilning zamonigagina xos bo’lgan hodisadir. Biz tarix deb ataydigan vaqtni orqaga qaytarib bo’lmaydi. Badiiy asarlarda vaqtning tasviri tush bilan ham bog’liq. Tarixiy asarlar ham badiiyat namunasi sifatida bundan mustasno emas. To’g’ri, roman qahramoni bo’lmish tarixiy shaxslar tush ko’rgan, uni o’z xotiralarida qayd qilgan bo’lishlari mumkin. Lekin asar qahramonlari tush ko’rishsa, asosan muallifning badiiy niyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Moziy haqida yozilgan, ayniqsa tarixiy shaxslar hayotini yoritishga bag’ishlangan badiiy asarlarning syujet, kompozitsiyasining asosini qahramon hayotidagi asosiy voqealarni ikkinchi darajali voqealardan ajratib, tipiklashtirishga qo’l keladi. Romandagi vaqt bosh qahramon – Boburning hayot yo’lini yoritishga vosita bo’lib xizmat qiladi. Shunga qaramasdan, asardagi vaqtni – Tohirning vaqti, Robiyaning vaqti, Fazliddin tog’aning vaqti, Umarshayx mirzo va boshqa obrazlarning vaqtlariga bo’lish mumkin. Bu obrazlar va ularga ajratilgan vaqt tasviri bir maqsadga, Bobur yashagan vaqt va muhitni to’liqroq gavdalantirishga qaratilgan. Vaqt, muhit ham Bobur obrazining turli qirralarini badiiy bo’yoqlar yordamida kitobxon ko’z o’ngida yanada yorqinroq chizilishiga xizmat qiladi. Vaqt Boburning inson, shaxs, sarkarda bo’lib yetishishida, ayniqsa, xarakterining shakllanishida va davlatni boshqarish hamda uning tartiblarini o’rganishida, o’zidagi bir-biriga zid bo’lgan shoh va shoirga xos bo’lgan sifatlarning yuzaga chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyotdagi yo’l xronotopi ham vaqt kabi mutloq cheksizdir. “Yulduzli tunlar”da ham yo’l tasviriga keng o’rin berilgan. Makoni Turkiston, Afg’oniston, Hindistondek keng bo’lgan romanda yo’l tasviri bo’lmasligining imkoni yo’q. Adib nafaqat bosh qahramoni, balki me’mor Fazliddin, tarixchi Xondamir, Tohirlarning yurgan yo’llarini ham aks ettirgan. Bu tasvirlar xuddi asardagi obrazlarning hayotidek bir-birini takrorlamaydi. Yozuvchi Bobur xarakterini yaratishda obrazlarning xatti-harakati orqali davr ijtimoiy hayoti va tarixiy shart-sharoitlarni, qahramon ma’naviyatini, yetuk inson sifatidagi faoliyatini ochib berishga alohida e’tibor beradi. Haqiqatan ham, “Yulduzli tunlar” romanida tarixiy ijtimoiy muhit, ya’ni taxt manfaatlari asta-sekin Boburning fikrlariga, uning adolatli qarashlariga, pokiza tuyg’ulariga tazyiq o’tkaza boshlaydi. Tarixiy memuar manbalardan bu temuriy shaxzodaning juda ko’p xususiyatlari bizga ma’lum. Lekin bu manbalar Bobur to’g’risida oddiy axborot beradi, xolos. Asarda Bobur faoliyatini aks ettiradigan tarixiy voqealarning qahramon xarakterini ochishga bevosita xizmat qiladigan qismini tanlab, yozuvchi eng kichik bir epizodga ham alohida badiiy jilo beradi. San’atkor tarixiy voqealar bilan cheklanmaydi, Bobur hayotidagi hodisalarning bir-biriga chambarchas bog’lanishini ishonchli badiiy to’qimalar bilan mustahkamlaydi. Umarshayx vafotadan keyingi toju taxt tashvishlari Boburni tinimsiz fikrlashga va izlanishga majbur qildi. Mana shunday og’ir sharoitda ham u zo’ravon beklardam biri Ahmad Tanbal istagiga qarshi chiqdi va o’z opasi Xonzoda begimni bekning tajovuzidan qutqarib qoldi. “ – Men sizning pok qalbingizdan adolat izlaymen! Qalbingiz nima buyursa, siz menga shuni buyuring! Men rozimen! Bobur sakrab o’rnidan turdi-yu, opasining qo’llaridan olib, uni o’rnidan turg’azdi.
Yig’lamang, bas! – dedi, ammo Boburning o’zi ham ko’ngli erib ko’z yoshini zo’rg’a tutib turardi. Siz menga barcha beklarimdan yaqinroqsiz. Bir tug’ishgan yagona egachimsiz. Siz tufayli ne og’irlik kelsa, mayli ko’ray. Xotirjam bo’ling! Toki bormen, suymagan odamingizga uzattirmasmen” (104). Bu esa Ahmad Tanbaldek beklarga qarshi isyon edi. Bobur o’z opasi Xonzoda begimning iztirobli muhabbatini qadrlab, uni himoya qila olishi oddiy odatdek ko’rinsa-da, aslida bu yerda juda katta ma’no yotadi. Nomus uchun, oila shon-shuhrati uchun kurash toj-taxt uchun kurashga qaraganda qadriyati balandligini anglatadi. Bizning nazarimizda, bu holat Bobur shaxsining go’zal va boyligini ko’rsatishga xizmat qiladi. Yoki Bobur endigina taxtga chiqqan vaqtda sodir bo’lgan bir voqeani eslaylik. Beklar Bobur oldiga Darvesh govni ig’vo tarqatganlikda ayblab olib keladilar. Darvesh gov oddiy fuqaroni qo’llab-quvvatlagani uchun ham beklar undan qasd olish maqsadida ayblaydilar. “Amirzodam, men ig’vogar emasman! Men ig’vogarlarning qurbonimen! Menga rahm qiling! Beshta bolam bor! Noumid qilmang, amirzodam” (50). Uning so’zlaridan keyin Boburda unga nisbatan rahm-shafqat tuyg’usi uyg’onadi. Lekin urush xavfi beklarning talabiga ko’nishga majbur etadi. Sharoit insoniylikka yo’l bermaydi, buni “Boburnoma”dan ilg’ab olish mumkin: “Bu fursatda Darvesh gov otliq Andijonning arbobidin nomunosib so’z aytqon uchun yasoqqa yetdi. Bu siyosattin tamom el bosildilar6”. Ushbu voqeaga Boburning munosabatini, uning qanday ahvolda qolganini yozuvchi Pirimqul Qodirov quyidagicha tasvirlaydi: “Yasoq! – qichqirayotgan har bir darg’azab bek Boburdan quyoshni to’sib olgan bir qora bulutga o’xshar. Boburni chirmab aylantirayotgan dahshatli quyun mana shu qora bulutlarning shamoli emasmikin? Nahotki, bu bulutlar doim toju taxt bilan yursa-yu, Darvesh govga o’xshaganlarning qoniga shunchalik tashna bo’lsa? Boya Boburga xuddi shu bulutlar orasidan suzib chiqqan to’lin oyday go’zal ko’ringan toju taxt, endi oy tutilgan tunday vahimali tusga kirdi. Bobur noma’lum xavf-xatardan seskanib, Xo’ja Abdullaga yordam so’raganday qaradi: Ustod!.. -Amirzodam, - shivirladi Xo’ja Abdulla, - podshohlik udumiga binoan xatarli urush paytida tojdorlar sha’niga nomunosib gap aytgan odam jinoyatchi hisoblanur! Endi siz… bitta Darvesh govni deb barcha beklardan voz kechmagaysiz. Vaziyat tahlikali… Siyosat uchun govni yasoqqa yetkazmoqdan boshqa iloj yo’q!” (52-53). Boburning shohlikdan voz kechib, Dahkat tog’larida sarson sargardon bo’lganligi tarixiy fakt. Shunday bo’lsa-da, saltanat uchun kurash bu yerlarda ham o’zini qoldirib ulgurgan edi. Yosh qalb insoniylik tamoyillariga zid bo’lgan bunday dahshatli holatni ko’rib seskanadi. Uning ongida doim ikki his tinimsiz jang qiladi. Shoh Bobur so’zlarini tinglab turgan shoir Bobur bu qabohatlar oldida o’z-o’zidan intiqom talab qiladi. Mana shu o’rinda qilich toptamoq uchun, qalam yaratmoq uchun paydo bo’lmaganmikin degan savol tug’ilishi tabiiy. Shohlik olamni egallamoq, shoirlik qalbni inson ko’nglini zabt etish emasmikin? Yozuvchi talqinidagi Bobur va cho’pon yigitning suhbatiga diqqatni qarataylik: ” – Men Boburmen! – dedi. Cho’pon quloqlariga ishonmay, uning yalang oyoqlariga yana bir qaradi: Nahotki podshoh Bobur sen bo’lsang?! Ha, men podshoh edim. Hozir-chi? Hozir... toju taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona hayot kechirmoqchimen (235-236). Yozuvchi fantaziyasi mahsuli bo’lgan bu lavhalarda davrning asosiy mohiyatini ochish bilan birga shoh va shoir Boburning qalb iztiroblarini tadqiq etishga harakat qilgan. Bu o’rinlarda shohlikdan shoirlik g’olib keladi. Ko’rib turganimizdek, adib real bo’yoqlarda Bobur irodasi va qalbini tasvirlagan. Yozuvchi badiiy mahorati shundaki, u shoir Boburning ichki olamini juda teran tushuna olgan va buni asar ruhiga singdirib yuborgan. Shoh Bobur faqat toj-taxt kurashlarida emas, o’zining mag’lublik davrlarida ham insoniy qiyofasini yo’qotmaydi. Shayoniyxon XV asr oxiriga kelib, Movorounnahrda o’z harbiy-siyosiy yurishlarini boshlagan paytlarida ham islom diniga kuchli qiziqish bilan qarab, “fikh” ni teran o’rganishga katta kuch sarflagan. Bu haqda mojor olimi Herman Vamberi quyidagicha ma’lumot beradi: “U har holda o’zining eronlik dushmanlari tarafidan tasvir etilganidek, nimani xohlasa shuni bajaruvchi vaxshiy bir kimsa emas edi. Masalan, u zamonning ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o’zi bilan barobar kichkina go’zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham Damashq va Halab ulamosi bilan diniy munozaralarga qatnashgan7”. Shayboniyxon haqidagi mojor olimining bu fikrlari haqiqatdan yiroq emas. Bu haqda Hasanxo’ja Nisoriy shunday yozadi: “Sohibqiron xon ilm fazilatlardan to’la xabardor, aniqrog’i ularni to’la egallagan kishi edi. She’riyat sohasi, shoirlarga e’tiqod-e’tibori katta bo’lgan, mudom olimu fuzalolarni o’ziga hamsuhbat bilgan8”. Bu xususiyat uning Muhammad Solih, Binoiy singari hamda boshqa tarixiy shaxslarga bo’lgan munosabatida yaqqol ko’zga tashlanadi. Shayboniyxon umrining oxiriga qadar ilmu ijod bilan shug’ullanadi. U g’azallar, ruboiylar va tuyuqlardan iborat devon tartib berib, turkiy she’riyatning ajoyib namunasini yaratadi. 1507-1508 yillarda valiahd o’g’li Temur Sultonga bag’ishlab hozirda Turkiyada saqlanayotgan pand-nasihatlardan iborat asarini, shuningdek, 1508 yilda “Bahr-ul-xudo” (“Haqiqat yo’lining dengizi”) nomli asarlarini yozadi. Shayboniyxon ham Boburdek shoh va shoir sifatida o’z davrining yetuk siymolaridan biri edi. Umuman, Shayboniyxon shaxsi va ijodi to’liq yoritilmaganligi uchun “Yulduzli tunlar” asari haqida fikr yuritgan ba’zi adabiyotshunoslar asarda Shayboniyxon obrazi tasviri haqida turli fikrlarni bildiradilar. Jumladan, P.Alimov yozadi: “Pirimqul Qodirov tasvirida Shayboniyxonning markazlashgan davlat haqidagi siyosati ham uning tabiati, xarakteridagi ayyorlik va makkorlik belgisi sifatida tasvirlanadi. To’g’ri, yozuvchi asar davomida Bobur va Shayboniyxonni bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Tarixda ham xuddi shunday bo’lgan. “Boburnoma”ning bir necha joyida Shayboniyxon tilga olingan9”. Bobur ham ba’zi o’rinlarda bor haqiqatni yozib qoldirgan. Bu faktlarga asoslanib yozuvchi Shayboniyxon siymosini yaratadi. Temriylarda ”o’zim”, ”o’zim bo’lay” degan xudbinlik Boburga ozgina xos edi. Chunki u ham temuriyzodalardan biri. Vaholanki, Shayboniyxon unga yaqinlashishga intildi, shu sababli, uning opasi Xonzoda begimga uylandi, undan Xurramshoh ismli o’g’il ko’rdi; Bobur Shayboniyxon bilan sulh tuzishi, birlashgan yagona turkiy davlatni birgalashib tashkil qilishi ham mumkin edi. Bunday bo’lmadi. Boburning eng katta tarixiy xatosi shu edi. Bu xato oqibatida mislsiz ko’p qon to’kildi, Movarounahr parchalandi, Rossiya ta’qibi va istilosi ostida qoldi. Oxiri bu ikkala buyuk shaxs esa eng dahshatli kulfatlarga duchor bo’ldi. Yozuvchi davrdagi cheklanganlik, sotsialistik realizmning siyosiy ruhi tufayli romanda bunday to’g’ri, teran, haqqoniy xulosalar chiqarishga ojizlik qildi. Ma’lumki, mahoratning ikkinchi belgisi tasvirlashdir, dedik, yozuvchi bu tomondan ham yaxshi yo’ldan bordi. Biroq mahoratning uchinchi belgisi baholashdan iborat bo’lib, yozuvchi bu sohada yetarli darajada odillik ko’rsatolmadi, bunga zamona zayli to’sqinlik qildi. Siyosiy tarqoqlik va birlshtirish qutblariga suyangan bosh konflikt roman syujetiga poydevor bo’ldi. ”Yulduzli tunlar” romanining syujeti realistik va u Bobur xarakterining takomilidir. Romanning boshida biz Tohir, uning sevgilisi Robiya, uning tog’asi Fazliddin, Samarqand shohi Sulton Ahmad, Koshg’ar hukmdori Abubakr, Toshkent hukmdori Mahmudxon, Umarshayx va uning ikki o’g’li Bobur hamda Jahongir Mirzolar bilan tanishamiz. Bu ekspozitsiyadir. Chunki keyinroq Mahmudxon Boburning tog’asi, Tohir Boburni o’limdan saqlab qoluvchi kishi, Jahongir Mirzo Bobur bilan ”taxt talashuvchi” ukasi bo’lib chiqadi. Biz bundan Umar Shayxning xotinlari va qarindoshlari bilan ham tanishamiz. Shu narsa ham ayon bo’la boradiki, Boburning otasi o’zbeklashgan temuriylardan, temuriylar esa o’zbeklashgan mo’g’ullarning barlos urug’idan; Bobur ona tomondan esa o’zbekdir, turkiydir. Boburning eshik og’asi bo’lgan Qosimbek uning hayotida muhim mavqega ega bo’ladi. Bobur otasi vafotidan so’ng Andijonda taxtga ega bo’lishi lozim edi. Ammo ona boshqa ukasi (Jahongir Mirzo) o’z avlodlari tomonidan, da’vogar hukmdor sifatida, oldinga chiqariladi, bu tugundir, romanda Bobur yechishi kerak bo’lgan bunday tugunlar shu bittagina emas, keyinchalik Bobur bilan temuriylar, Shayboniyxon va Hindiston podshosi Ibrohim Lodiy o’rtasida ham birin-ketin tugunlar paydo bo’la boradi va Bobur ularni chidam, aql, kuch, jasorat va mardlik bilan yechib boradi ham inson sifatida kamolga yetadi; dastlab yosh hukmdor shoh, so’ng jangchi, sarkarda, shoir, olim sifatida namoyon bo’ladi. Romandagi voqea Boburning Samarqandni qamal qilib olishi va ochlik, keyin Samarqand va Andijondan mahrum bo’lishi, temuriylar bilan jang qilishlari, Shayboniyxon degan kuchli ko’chmanchi turkiy raqibga duch kelib qolishi va undan yengilishi, Kobulni jangsiz egallashi va Hindistonni zabt etishi, Shoh Ismoil bilan sulh tuzishi yo’li bilan rivojlanadi. Bobur yengilish va o’lim tahdidlari hamda og’ir azoblardan tushkunlikka tushmaydi, uni aniq maqsad, temir iroda, jur’at, aql, ulug’ niyat, farosat, yuksak insoniylik va umid saqlab qoladi. U – o’z davrining kishisi. Hindistonda, Ibrohim Lodiyning onasi Boburga zahar berishi kulminatsiyadir. Boburning hayoti saqlab qolinadi, ammo u kasalvandlikka duchor bo’ladi. U oxir shohlikni o’g’li Humoyunga topshiradi, jahongirlikda yurib sevikli xotini Mohimga ko’p ozor berganligi uchun undan uzr so’raydi. U Movarounnahrni yagona davlat qilish niyatiga erisha olmaydi, bu - yechim (undan so’ng Shayboniyzodalar hukmronligi va oxir uch xonlik paydo bo’ladi); boburiylar bir-biri bialn jiqqa musht bo’ladi, temuriylar izmidan boradi va ularni oxiri inglizlar tugatadi. Bu - ham yechimning davomi. ”Yulduzli tunlar” romani kompozitsiyasi negizida ham asardagi g’oya va maqsadida ham ularning ifodasi bo’lgan Boburning ko’pqirrali va murakkab xarakteri turadi. Roman ikki qismli, birida Boburning Movarounnahrni birlashtirish, o’z avlodlari temuriylar ichida birlikka erishish, temuriylarning yagona davlatini tiklash, uni Shayboniyxondan himoya qilish uchun olib borgan kurashlari aks etdi. Ikkinchi qismda Afg’oniston, Xuroson va Hindistonda ellarni birlashtirish uchun olib borgan jangu jadallar tasvirlangan. Birinchi qism ”Arosat”, ikkinchi qism ”Falakning gardishi” deb ataladi va har bir qism yana sarlavhali bo’laklarga bo’linadi, ularda voqea bo’lgan joy ta’kidlangan. Birinchi qism ”Quva. Qil ustida turgan taqdirlar”, ”Axsi. Ajalga davo yo’q”, ”Andijon. Gul va quyun”, ”Quva. Jasoratning jazosi”, ”O’sh. Najot qayda?”, ”Samarqand. Zafar va kulfat”, ”Andijon. Uvol bo’lgan orzular”, ”Samarqand. Hal qiluvchi olishuv”, ”Toshkent. Isfara. Ko’chki bosgan buloq” degan bo’laklardan iborat. Ikkinchi qismga esa ”Hirot. To’lgan paymonalar”, ”Qunduz. Samarqand. Ikki qilich orasida”, ”Kobul. Toshgan daryo o’zan izlaydi”, ”Laho’r. Panipat. Dehli. Yangi qirg’oqlar”, ”Agra. Taqdir taqozosi”, ”Sekri. Qayta ko’z ochgan buloq”, ”Agra. Yulduzlar girdobi” va ”Xotima” kabi bo’laklar kiradi. Ko’rinib turibdiki, bo’laklarni nomlashda ro’y bergan voqealar yo’nalish va pafosiga e’tibor qilingan, nomlar goho ko’chma ma’noli, ramzli va obrazlidir. Syujet va kompozitsiyaning dedektiv tus olganligi romandagi hikmat va bosh qahramon xarakteri taqozosidir. Bu hol asarning qiziqarli bo’lishiga sababchidir. ”Yulduzli tunlar” romaniga turli davrlarning tanqidiy qarashi davom etadi. Muallif esa xohlasa, undan foydalanishi mumkin. ”Yulduzli tunlar” mahorat bilan yozilgan badiiy roman sifatida tanildi. Chunki unda mavzu – muhim, muayyan davr materiali asosida o’zbek markazlashgan davlatchiligi masalasi ilgari surildi. Bu niyat munosib realistik syujet va dedektiv, qiziqarli hodisalar kompozitsiya va roman g’oyasi bilan yaxshi uyg’unlashgan. Tili XVI asrdagi an’anaviy, murakkab o’zbek milliy adabiy tilida ish ko’rilgan, shu bilan birga, til sohasidagi tarixiylik ham hisobga olingan, shu sababli, roman tili hozirgi zamon kishiga hozirgi zamon kishisiga tushunarlidir. Tarixiy mavzu to’g’ri tanlangan. Tasvir vositalari boy va realistik. Yozuvchining bahosi – g’oyasi asar voqeasidan kelib chiqadi. Xullas, mahoratning tanlash, tasvirlash va baholash muammolari tarixiylik (istorizm) jihatidan romanda umuman o’z to’g’ri ifodasini topgan. Bitta romanda katta va murakkab davr qamralgan. Buni Bobur faoliyatinigina tanlab olinishi taqozo etadi. Ammo muallif tasvirda buning uddasidan chiqa olgan, ya’ni voqeaning to’rt joyda, Andijonda, Movarounnahrda, Afg’oniston va Xurosan hamda Hindistonda ro’y berishi to’rtta to’qnashuv va to’rtta yordamchi konfliktning paydo bo’lishiga olib kelishi, uning siyosiy tarqoqlik va birlshtirish haqidagi bosh konfliktga bog’lanishi, mahorat belgisi bo’la oladi. Aka – uka – Bobur va Jahongir Mirzo o’rtasida birlik yo’qligi yo’qligi Shayboniyxon bosh ko’tarishi va uning qo’li baland kelishiga sabab bo’ladi. Boburning o’z pochchasi Shayboniyxon bilan umumiy til topa bilmasligi temuriylar davlatining nurashini ravshan qilib qo’yadi. Ammo Bobur Afg’onistonda boshqacha yo’l tutadi, Eron shohi Ismoil va Panjob hukmdordori Davlatxon bilan kelishida, natijada Hindistonni qo’lga kiritadi. (Biroq, keyinchalik boburiylar o’zaro hukmdorlikni talashishda temuriylar yo’lidan boradi. Oqibatda, siyosiy tarqoqlik va uyushmaslik temuriylarning Movarounnahrdagi, Boburiylarning Hindistondagi hukmronligiga nuqta qo’yadi. Bu ikki natija tarixning ikki muhim sabog’i edi. Yozuvchi buni ishonarli va ibratli tarzda bayon qilgan). Bu hol tarixiy shaxslar va to’qima obrazlar harakat qiluvchi, markazida ma’rifatli, irodali, aqlli, mard va bardoshli Bobur xarakterini yaratuvchi murakkab syujet qurilishini hosil etadi. Roman ikki qismdan iboratligi, birinchi qismda Movarounnahr voqealari, ikkinchi qismda Afg’oniston, Xuroson va Hindistonda bo’lgan hodisalar aks etishini Bobur shaxsiyati birlashtiradi. Syujet, kompozitsiya va qahramon hayotining bunday dedektiv xususiyati qiziqarli va nishob. U o’ziga xos, ziddiyatli dialoglar, nafis, halokatli tasvirlar va psixologik monologlarni kashf qiladi. Avvalgi muvaffaqiyatsizlik va keyingi muvaffaqiyatlarning sabablari ko’rsatilgan. Sho’rolar milliy zaminlar tarixida ilgari o’tgan hukmdorlar sha’nini, markazlashgan davlat qurish g’oyasini taqiqlab kelgan zamonda Boburshoh to’g’sida roman yozishning o’z ichiga oladi. Unga taalluqli bo’lmagan ijodiy masalaning o’zi yo’q. Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling