1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?
Download 111.13 Kb.
|
Inson yakuniy 31-50
Ikkinchidan, ma’lum bir xalqaro shartnoma yoki xalqaro hujjat ichki qonunchilikka qaraganda utunroq bo’ladi, qachonki davlat qonunchiligida bunga ruxsat berilgan bo’lsa, masalan, davlatimiz misolida oladigan bo’lsak, Konstitutsiyamizning preambula qismida shunday band o’rin egallagan: xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda;
Demak, bundan ko’rinib turibdiki inson huquqlari xalqaro huquqning bir tarmog’i sifatida, inson huquqlari sohasida qabul qilingan xalqaro hujjat va shartnomalar ham o’sha shartnoma va hujjatga qo’shilgan va uni ratifikatsiya yoki imzolagan davlat uchun ichki huquqiga qaraganda ustunlik keltirib chiqarar ekan. 2. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konventsiyasining davlatning shaxsiy va oilaviy hayotga aralashuvi to‘g‘risidagi me’yorlariga muvofiq Lyuksemburg sudining qarori asos qilib olingan qoidani tahlil qiling. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konventsiyasining 8-moddasiga ko’ra: 1. Har bir inson shaxsiy va oilaviy hayotini, uy-joyini va yozishmalarini hurmat qilish huquqiga ega. 3. Davlat organining ushbu huquqni amalga oshirishga hech qanday aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunga muvofiq va demokratik jamiyatda milliy xavfsizlik, jamoat xavfsizligi yoki iqtisodiy farovonlik manfaatlarini ko‘zlab zarur hollar bundan mustasno. davlat, tartibsizlik yoki jinoyatning oldini olish, sog'liq yoki axloqni himoya qilish yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun; deb belgilangan norma o’rin olgan. Ushbu moddaga asoslangan Lyuksembur fuqarosi Dorati o’zining davlatining sudlari tomonidan uning perulik 3 yoshli qizchani farzandlikka asrab olish haqidagi qarorining bekor qilinishi ustidan Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudiga murojaat qildi. Asos yuqoridagi konvensiyaning 8- moddasi. Ammo, Lyuksemburg sudlarining Doratining Perulik 3 yashar qizni asrab olishiga qarshi bo’lgan qarorining sababi, Dorati xonim xali turmushga chiqmagan edi. demak, bundan ko’rinib turibdiki Lyuksemburg qonunchiligiga binoan bola asrab olish huquqiga turmush qurgan, voyaga yetgan ota-onalik qilishga layoqati bo’lgan shaxslar haqli ekan. Bolalarni himoya qilish va davlatlararo farzand asrab olish bo'yicha hamkorlik to'g'risida 1993 yil 29 maydagi Konventsiyaning 5-moddasiga ko’ra: Konventsiya doirasida farzand asrab olish faqat qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi, agar – a) bo'lajak farzandlikka oluvchi ota-onalar farzandlikka olish huquqiga ega ekanligini aniqlansalar; b) bo'lajak farzand asrab oluvchilarga kerak bo'lganda maslahatlar berilishini ta'minlash; va c) bolaning ushbu Davlatga kirishi va doimiy yashashi uchun ruxsat berilgan yoki bo'lishini aniqlagan bo'lsa. Bu yerda farzandni asrab olishga qabul qiluvchi davlat Lyuksemburg. Uning vakolatli organlari sifatida sudini olishimiz mumkin. ushbu moddaning “a” bandiga asoslanib Lyuksemburg sudlari Doratini farzand asrab olishga huquqi yo’q deb topgan. Demak, yuqoridagi konvensiyaning 5-moddasiga asoslanib Lyuksemburg sudlarining Doratining farzand(chet davlat fuqarosini) asrab olish to’g’risidagi shikoyatini qaytarishi qonuniy asosga ega va bu konvensiyaga Lyuksemburg Davlat sifatida qo’shilgan va uni imzolagan bo’lsa, qilgan harakatlari konvensiyaga muvofiq va ichki qonunchiligi ham konvensiyaga mosdir. Download 111.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling