1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?


Inson huquqlarining tizimli buzilishi nimalardan iborat?


Download 111.13 Kb.
bet9/38
Sana19.04.2023
Hajmi111.13 Kb.
#1362018
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
Inson yakuniy 31-50

Inson huquqlarining tizimli buzilishi nimalardan iborat?

Ushbu kazusdagi inson huquqlarini buzilishini ko’rib chiqamiz.Avvalo, insonlar o’z huquqlarini talab qilyapti. Ularning Konstitutsiyaviy huquqlari buzilmoqda. Ular ham saylovda ovoz berish va davlat tashkilotlarida faoliyat olib borish istagida. Ular ham o’z huquqlaridan erkin foydalanmoqchi. Biroq, ularning bu huqularini amalga oshirish uchun bir qancha cheklovlar mavjud. Yozishni bilmasliklari, savodsizligi va shunga o’xshash. Bu vaziyatda insonlarning o’zi aybdormi yoki hukumat aybdormi degan savol tug’iladi. Ya’ni insonlar o’zlari o’qishga, savodli bo’lishga qiziqishi yo’qmi, yoki hukumat tomonidan ataylab mahalliy aholini savodsizligidan o’z maqsadlarida foydalanishmi. Demak, asosiy inson huquqlaridan fuqarolar erkin siyosiy muomalaga kirisha olishmayapti. Bu masalani Inson huquqlari Kengashi tomonidan ko’rib chiqilsa alohida inobatga olinishi zarur.


  1. Ushbu holat haqida Inson huquqlari kengashini xabardor qilish uchun qanday talablar mavjud?

Avvalo, ushbu Kengash BMT ning organi bo’lib, uning vazifasi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishdir. Boraviyadagi nohukumat tashkilot Inson huquqlari kengashiga murojjat qilmoqchi. Murojaat qilishning ham o’ziga yarasha talablari bor. Quyidagi moddalar orqali yechim topamiz. Inson huquqlari bo’yicha yevropa Konvensiyasining 34-moddaga ko’ra;
Sud har qanday shaxs, nodavlat notijorat tashkiloti yoki shaxslar guruhining Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan Konventsiyada yoki uning Protokollarida belgilangan huquqlarning buzilishi natijasida jabrlanuvchi deb da'vo qilingan arizalarni qabul qilishi mumkin. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu huquqni samarali amalga oshirishga hech qanday tarzda to'sqinlik qilmaslik majburiyatini oladilar. Demak, nohukumat tashkilot ham ushbu sudga murojaat qilishi o’rinli. Shuningdek, Inson huquqlari bo’yicha Kengashga Birlashgan millatlar tashkilotiga azo bolgan davlatlargina inson huquqlarini buzilishi haqidagi da’vo arizalar qabul qilinadi. Ushbu Kengash asosan, uyushma va yig’ilishlar erkinligi, so’z erkinligi, e’tiqod, din erkinligi, ayollar huquqlari kabi inson huquqlarini tematik muammolarini ko’rib chiqadi.



  1. Download 111.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling