1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?


Inson huquqlari bo‘yicha nohukumat tashkilotlari va hukumatning xalqaro shartnomalarga muvofiq fikrlarini tahlil qiling


Download 111.13 Kb.
bet10/38
Sana19.04.2023
Hajmi111.13 Kb.
#1362018
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
Inson yakuniy 31-50

Inson huquqlari bo‘yicha nohukumat tashkilotlari va hukumatning xalqaro shartnomalarga muvofiq fikrlarini tahlil qiling.

Avvalo, nohukumat tashkilot haqida ma’lumot berib o’tamiz. Nohukumat tashkilotlar, o’z nomidan ma’lumki, biror davlat tizimiga kirmaydi. Biroq ular ham hukumat, ham jamoatchilik bergan pul evaziga xalq hayotini yaxshilashga intiladi. Ular xalqaro mojarolarga yechim topishdan tortib, insonparvarlik, tabiat va insoniyat muhofazasi, huquq va qonun ustuvorligini ta’minlash, ta’lim, sog’liqni saqlash va madaniyat sohalarida faoliyat ko’rsatadi. Ko’pchilik nohukumat tashkilotlar o’zlarini xalq tashkiloti, jamoatchilik birlashmalari deb hisoblaydi. Siyosiy tahlilchilar ayrim yirik nodavlat tashkilotlarini xalqaro maydondagi siyosiy o’yinchilar qatoriga qo’shadi. Inson huquqlari bo’yicha eng yirik nohukumat tashkiloti Human Rights Watch bo’lib, o’ttiz yildirki, sobiq Sovet Ittifoqi va Latin Amerikasida huquq himoyasi bilan mashg’ul. Huquqsiz jamiyat jamiyat emas, deydi tashkilot direktori Ken Rot.
Hukumat tomonidan nohukumat tashkilotga e’tiroz bildirilib, ushbu qonun hujjatlari xalqaro shartnomalarda ratifikatsiya qilinganligini aytib o’tmoqda. Bir o’rinda boraviya hukumati tomonidan chiqarilgan qonunlar o’rinli. Davlat o’z qonunchiligida asoslab qo’ygan, saylov oldi talablarni. Xalqaro shartnomalarda ratifikatsiya qilib rozilik ham bergan. Bu yerda inson huquqlari hech qanday buzilib yoki kamsitilgani yo’q deb baholayman. Mahalliy aholi Boraiyaning ichki qonunchiligiga amal qilishi va uning normalari inson huquqlarini qo’pol ravishda buzsa inson huquqlari bo’yicha kengashga murojaat qilishi o’rinli.
4. Ish Inson Huquqlari Kengashi tomonidan ko'rilsa, qanday qaror qabul qilish kerak?
Ish inson huquqlari kengashi tomonidan ko’rib chiqilsa, Inson huquqlari bo’yicha umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga ko’ra, har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o’z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Har bir inson o’z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqga ega. Xalq irodasi hukumatning asosi bo’lishi lozim. Bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan,yalpi va teng saylov huquqidan, yashirin ovoz berish yo’li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan aylovlarda o’z aksini toppish lozim. Bundan kelib chiqib, har bir shaxs erkin saylovda qatnashish ovoz berish va o’z nomzodini saylovga qo’yish mumkin. Boroviyaning ichki qonunchiligidan kelib chiqib, saylov qonunchiligidagi talablardan kelib chiqib, Inson huqulqari bo’yicha kengash Boraviya mahalliy aholisini huquqlarini himoya qilishi yoki ularga ovoz berish uchun kerak bo’ladigan talablarni amalga oshirishni Boroviyadan so’rashi mumkin. Masalan, ta’lim olish uchun maktab, savodli bo’lishi uchun mahalliy aholiga tezkorlik bilan sharoitlar, kadrlar va shunga o’xshash narsalar bilan mahalliy aholini siyosiy jabhaga qo’shilishiga yordam beradi.
36. 2013 yilning 15-iyulida Antanta davlatida to‘ntarish sodir etiladi. 2013-yil 2-avgustida Antanta hukumati BMT Bosh kotibini Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktning 4-moddasiga muvofiq olingan majburiyatlarga rioya qilmaslik to‘g‘risida xabardor qiladi. Shu vaqtda davlat to‘ntarishida ayblanib davlatning 2 mingdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodimlari qo‘lga olinadi, ishdan bo‘shatiladi.
Tiberiya davlatida uzoq yillardan beri istiqomat qiluvchi Antantaning 3 nafar fuqarosi ham to‘ntarishda ayblanib tiberiya qonunchiligiga ko‘ra xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olinadi hamda Antantaga ekstraditsiya qilinadi. Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularni ekstraditsiya qilish bo‘yicha sud jarayoni o‘tkazilmagan, qo‘lga olinish sabablari, ularga qo‘yilayotgan ayblar, ularning ishiga oid materiallar haqida ma’lumot berilmagan. Bir marta tiberiya politsiya mahkamasida advokat bilan qisqa uchrashuvga ruxsat berilgan. Antantaga ektraditsiya qilingailigidan so‘ng ular noma’lum joyda saqlangan, ular bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lingan hamda ularning Tiberiyada yashovchi yaqinlariga bu haqida ma’lumot berilmagan hamda faqat bir marta sudga keltirilgan.
Jabrlanuvchi 3 nafar fuqaro so‘zlariga ko‘ra Antanta hukumati Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 6, 7, 9, 10, 14-moddalari buzgan hamda ish Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Hukumatning fikriga ko‘ra, ushbu ish Qo‘mitaning vakolat doirasiga kirmaydi, sababi fuqarolar milliy darajadagi barcha sud va ma’muriy himoya vositalaridan foydalanib bo‘lganlaridan so‘ng, ular qo‘lga olish haqidagi qaror ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat berishlari kerak edi. Chunki davlat to‘ntarishi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi davlatning Konstitutsiyaviy sudini shaxslar Yevropa sudiga murojaat qilishdan avval foydalanishi lozim bo‘lgan samarali himoya vositasi deb hisoblagan. Boshqa tomondan, jabrlanuvchilar tomonidan keltirilgan moddalarni favqulotda vaziyat sababli BMT Bosh kotibiga yuborilgan ogohlantirish xabariga ko‘ra, normalarni buzish sifatida baholanmaydi.

Download 111.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling