1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?


Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal xalqaro qoidalari qanday?


Download 111.13 Kb.
bet19/38
Sana19.04.2023
Hajmi111.13 Kb.
#1362018
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Bog'liq
Inson yakuniy 31-50

Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal xalqaro qoidalari qanday?

Birinchi navbatda Nelson Mondella qoidalarini olishimiz mumkin, Hech bir mahkum qiynoqlarga va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor etilmasligi va barcha mahkumlar himoya qilinishi mumkin emas.
Aslida, insonni qiynoqqa solishdan maqsad uning shaxsi va sha`nini oyoqosti qilish, or-nomusi va qadr-qimmatini toptash hamda xo`rlashdir. Shuning uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning teng huquqli a`zosi hisoblanuvchi O`zbekiston ham qiynoqlarni muayyan odamlar tomonidan boshqalarga nisbatan qo`llanadigan eng g`ayriinsoniy qilmish sifatida har doim qoralab keladi.
Xalqaro huquqqa ko`ra, qiynoqlar – insoniyatga qarshi jinoyatdir. Bu borada qabul qilingan barcha hujjatlarda qiynoqlar qat`iyan taqiqlanadi hamda qiynoqqa solish holatini oqlashga hech qachon va hech qanday yo`l qo`yilmaydi. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26-moddasi talabiga ko`ra, hech kim qiynoqqa solinishi, zo`ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa turdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Bu haqida so`z borganda, BMT Bosh Assambleyasi 1997 yil 26 iyun – Qiynoq qurbonlarini qo`llab-quvvatlash xalqaro kuni deb e`lon qilinganini alohida ta`kidlash lozim. Mazkur xalqaro sanada dunyo miqyosida qiynoqlarga butunlay barham berish hamda BMTning Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llashga qarshi konvensiyasi yanada samarador ishlashini ta`minlashga qaratilgan turli tadbirlar o`tkazadilar
Mahkumlar huquqlarini himoya qilish hech qachon oson bo'lmagan. 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mahkumlarga alohida taalluqli boʻlmagan, garchi unda belgilab qoʻyilgan huquqlar, jumladan, qiynoqlarni taqiqlash, adolatli sudlov va aybsizlik prezumptsiyasi – ularni bilvosita qamrab olgan. Etti yil o'tgach, 1955 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga munosabatda bo'lish bo'yicha Birinchi Kongressi mahbuslar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalarini qabul qildi. Bu muhim boshlanish edi va 2015 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi XX asrning eng mashhur mahbuslari sharafiga “Nelson Mandela qoidalari” deb nomlanuvchi kengaytirilgan qoidalarni qabul qildi.


  1. Download 111.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling