Chuqur kasbiy bilimga egalik prinsipi
Auditor ushbu Qonun talablariga rioya etishi, yetarli darajada chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lishi hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini auditorlik tashkiloti tarkibida sifatli auditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan darajada saqlab turishi kerak.
Axborotning maxfiyligi prinsipi
Auditorlar va auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni o‘ziga auditorlik xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda o‘zgalarga berishga haqli emas, bundan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
16-variant
1. O‘zbekiston auditorlar palatasi (UAP) va uning vazifalari.
Me’yoriy hujjatlar, o‘quv dasturi, malaka imtihoni, nazorat, tayyorlash, hamkorlik, tan olish.
Ўзбекистон Аудиторлар Палатаси (ЎАП) – малака сертификатига эга мустақил аудиторларни ихтиёрий тарзда бирлаштирувчи, мустақил нотижорат жамоат ташкилоти. Аудиторлар Палатасининг асосий мақсади аудиторларнинг профессионаллик даражасини ривожлантириш ва қўллаб-қувват-лашга ёрдам кўрсатиш, ўз аъзоларининг касбга оид манфаатларини давлат ва жамоат органларида ҳимоя қилиш, ҳамда касбга оид талаблар бўйича барча ўзгаришлар тўғрисидаги ва ахборот таъминоти бўйича алоқа ўрнатишдан иборат.
Аудиторлар Палатасининг асосий вазифаларига қуйида-гилар киради:
аудит соҳасига оид меъёрий ҳужжатларни ишлаб чиқишда иштирок этиш;
ўқув дастурларини ҳамда малакавий имтихонларни топшириш тартибини ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш;
аудиторлик малака сертификатини олиш учун даъвогарлар учун малакавий имтиҳонларни ўтказиш;
Do'stlaringiz bilan baham: |