Uchinchidan, sof pul oqimini (ortiqcha yoki kamomad) davr boshlanishidan oldin hisob-kitobini qilish.To‘rtinchidan, qisqa muddatli moliyalashtirishda mutlaq talabni davr boshlanishidan oldin aniqlash.Pul oqimini progonozlash jarayonining birinchi bosqichi kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari kirimining hajmini hisoblashni o‘z ichiga oladi.Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonazing pul oqimini prognozlashning yuqoridagi bosqichlarini amalga oshirish natijasida korxona moliyaviy menejeri:korxonaning pul oqimlari holati haqidagi to‘liq ma’lumotga; korxonani raqobat bozorida yashab qolishini ta’minlab,
bankrotlikka uchramaslik sharoitlarini kafolatlaydigan;bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida qaytarish uchun amal qilinadigan aniq dasturlarga ega bo‘ladi. 2S. Korxonalarda ichki solik nazorati bu - korxona solik menejeri (yoki korxona rahbari, buxgalterlari, moliyaviy menejerlari) tomonidan buxgalteriya hisobining, shu jumladan uning tarkibiy qismi hisoblangan soliklar hisobining toʻgʻri yuritilishi va soliklarning oʻz vaktida hamda toʻlik toʻlanishi ustidan nazorat kilish, shuningdek, solik organlari nazorati oldidan solik hisob-kitoblari yuzasidan soliq xatolarini bartaraf etishga va turli moliyaviy jarimalarning oldini olishga qaratilgan korxonaning ichki faoliyatidir. Korxonada soliqlarni optimallashtirish bu - soliq to'lash xarajatlarini kamaytirish orqali moliyaviy natijalarga ega bo'lish, yoki soliq to'lovlarini oshirmagan holda ko'proq tushumga ega bo'lishdir. Soliqlarni rejalashtirishning asosiy maqsadlari va vazifalari Soliqlarni rejalashtirishning maqsadi nafaqat soliq majburiyatlarini qonuniy tarzda minimallashtirish, balki korxonaning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, soliq yukining eng kichik miqdorini ta'minlay oladigan optimal xo‘jalik yuritish modelini qurish hamdir. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun soliqlarni rejalashtirish bir qator vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular soliq yukini optimallashtirishga qaratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |