15. Shakldosh so‘zlar berilgan javobni toping.
A) kadr, qil, yoq, karam, B) davlat, tuman, yiq, bor, qalin C) mushak, oy, taxt, et D) A, C.
16. Ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) muhayyo, shay, tayyor B) o‘lchovli, sanoqli, tortilgan
C) yov, dushman, raqib D) to‘g‘ri, vijdonli, samimiy.
17. Zid ma’noli so‘zlar berilgan gapni toping.
A) Hozir ketmasang, keyin kech bo‘ladi. B) Uning kiyimlari toza kir bo‘lib ketgan ekan.C) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda. D) Asrlar davomida tutqun bo‘lib yashagan xalq ozod bo‘ldi.
18. Omonim so‘zlarni toping.
A) ko‘r, shoir, biologiya B) talaffuz, muddat, xalq C) adash, to‘q, dasta D) to‘r, qofiya, hosil
19. Leksik omonimlarni toping.
A) chang, zang B) bezak, ziynat C) qosh, bel D) qaldirg‘och, kombayn
20. Leksik antonim qatorini toping.
A) xursand va dili siyoh B) yupqa va qalin C) oq ko‘ngil va ichi qora D) ishladi va ishlamadi
21. Manglaying oq bo‘lsin, yarqiroq bo‘lsin (A.O) misrasi birinchi so‘zining doimiy sinonimini toping.
A) toleing B) iqboling C) yo‘llaring D) peshonang
22. Bahor – ko‘klam sinonimik qatordagi asl turkiy so‘zni toping.
A) ikkalasi ham asl turkiy so‘z B) ikkalasi ham asl turkiy so‘z emas. C) «bahor» asl turkiy so‘z D) «ko‘klam» asl turkiy so‘z
23. Qaro ko‘zim, kel-u mardumlig‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan so‘zining sinonimi berilgan qatorni belgilang.
A) ilm, bilim B) rasm, odat C) bog‘, chaman D) chidam, toqat
24. O‘rinsiz noo‘rin, g‘ayratli serg‘ayrat so‘zlaridagi qo‘shimchalarni qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) omonim qo‘shimchalar B) antonim qo‘shimchalar C) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar D) sinonim qo‘shimchalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |