1. Virtual ta’lim haqida tushuncha


Download 35.08 Kb.
bet10/13
Sana08.03.2023
Hajmi35.08 Kb.
#1251975
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
vertual talim yakuniy

26. Internet xizmatlari. Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
WWW - elektron sahifa xizmati;
elektron pochta xizmati;
telekonferensiya (Usenet);
fayllarni uzatish (FTP);
DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati;
Telnet xizmati;
IRC - xizmati yoki Chat konferesiya;
Ma'lumotlarni izlash xizmati.
- Telnet-uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, ya'ni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o'ziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP(File Tragsftr Protocol)-abonentga tarmoqdagi istagan kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o'zaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (o'qish, ishlov berish va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi o'zining tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo'lib qolmoqda.
27. Ijtimoiy tarmoqlar va ularning imkoniyatlari. jtimoiy tarmoqlar kuchli marketing tadqiqotlari vositasidir, chunki foydalanuvchilar oʻzlari, qarashlari, qiziqishlari, didlari va hokazolar haqidagi maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda joylashtiradilar. Shundan kelib chiqib, reklama beruvchilar ularning reklamasi qaysi foydalanuvchilarni qiziqishtirishini juda aniq belgilashlari va oʻz reklamalarini profillaridagi maʼlumotlarga (yoshi, jinsi, yashash joyi va boshqalar) qarab aniq foydalanuvchilarga yoʻnaltirishi mumkin. Ushbu turdagi reklama maqsadli deb ataladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda reklama bozori barqaror oʻsib bormoqda. 2007-yildagi eMarketer maʼlumotlariga koʻra, u 1,225 milliard dollarga yetgan. Hisobotni tuzishda eMarketer mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamaning barcha turlarini, shu jumladan, displey, kontekstli, audio va video reklamalarni, shuningdek, marketologlar ijtimoiy tarmoqlarda oʻz mahsulotlari va brendlari uchun profil yaratadigan marketing loyihalarining xarajatlarini hisobga oldilar. Bundan tashqari, prognozlarda vidjetlar va ilovalarni yaratish xarajatlari birinchi marta hisobga olindi. 2011-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi reklamadan tushgan daromad 5 milliard dollardan oshdi



Download 35.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling