1. Web-dizayn tushunchasi
ASP (Active Server Pages)
Download 90.98 Kb.
|
mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- DHTML
ASP (Active Server Pages) – ma’lumotlar bazalari tashkil etish va ular bilan ishlash vazifalarini bajarishda juda moslashuvchan, qulay vositadir. ASP vositalari server tomonida ishlaydi va HTML-kod va ssenariylar kabi fayllarni qayta ishlaydi. ASP texnologiyasi VBScript, Java va JavaScript tillarini qoʻllab- quvvatlaydi. ASP-kod joylashtirilgan Web-sahifalar fayllari kengaytmasi .ASP boʻladi. ASP texnologiya Windows NT va Microsoft IIS web-serveriga moʻljallangan boʻlib, imkoniyatlari va samaradorligi yuqori boʻlganligi bois koʻpgina kompaniyalar oʻz vositalariga ASPni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini kiritmoqdalar. Koʻpgina HTML muharrirlar, masalan, Adobe GoLive ham ASPni qoʻllab, quvvatlaydi. ASP texnologiyasi bir nechta qulayliklarni oʻzida jamlagan: HTML hujjatni dinamik generatsiyalaydi, formalarni qoʻllab-quvvatlaydi, ma’lumotlar bazasiga ruxsatni tashkil etadi va u bilan ishlay oladi. ASP – dasturlash tili ham, ilova ham emas, u interfaol web-sahifa hosil qilish texnologiyasidir.
JSP nima? JSP (Java Server Page) texnologiyasi oʻzining funksional imkoniyatlariga koʻra ASPga oʻxshashdir. Asosiy farqi shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan birga Java tili ham qoʻllanila oladi. Shunga qaramay JSP Javadan oldinroq qoʻllanilgan va ushbu texnologiya mukammal Web -ilovalar yaratish uchun yetarli imkoniyatga ega. SSI nima? SSI (Server Side Include) HTM faylni dastlab serverda qayta ishlaydi va undan soʻng uni mijozga uzatadi. Dastlabki qayta ishlash vaqtida hujjatga dinamik generatsiya qilingan ma ’lumotlar qoʻshiladi. Masalan, joriy vaqt haqidagi ma’lumot. Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning tarkibiga qoʻshimchalar qoʻshishga moʻljallangan HTMLning qismi hisob - lanadi. DHTML nima?DHTML (dinamik HTML) – bu serverga ortiqcha bogʻlanishlarsiz interfaol Web -sahifalar yaratish imkonini beradigan vositalar toʻplamidir. DHTML tili HTML va JavaScriptlardan farqli ravishda bir qancha qoʻshimcha internet texnologiyalariga ega. Dinamik HTML – Netscape va Microsoft tomonidan oʻylab topilgan tijorat termini boʻlib, unda Web -brauzerlarning dinamik imkoniyatini kengaytirish maqsadida kiritilgan. Bu texnologiyalar HTML yordamida Web -sahifa yaratishdagi mavjud imkoniyatning cheklanganligi va ana shu cheklovdan oʻtib ketish uchun yaratilgan yoki qoʻshilgan hisoblanadi. Chunki bizga ma ’iumki HTMLning faqatgina oʻzidan foydalanib, bugungi kunda mukammal Web -sahifalar yaratib boʻlmaydi. Boshqacha aytganda, mavjud Internetda matnli ma’lumotlar va grafik ma’lumotiarga moʻljallangan juda yaxshi texnologiyalar mavjud edi. Ammo multimedia imkoniyatlariga koʻnikib qolgan odamlar esa bunga koʻnika olmadi. Shu sababli Internet imkoniyatlarini kengaytirish kerak edi. DHTML asosida yaratilgan sahifa serverdagi qoʻshimcha ma’lumotlarga murojaat qilmasdan turib ham oʻzgarish imkoniyatiga ega. DHTML oʻzida turli xildagi standartlarga (CSS, DOM, JavaScript va gipermatnlarni belgilash tillariga) asoslangan kombinatsiyalarni namoyon qiladi. Bu standartlarning kombinatsiyasi sizning web-sahifangizning interfaolligini oshirish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, sahifaga tashrif buyurgan foydalanuvchi uning tashqi koʻrinishi va mazmunini serverga murojaatlarsiz oʻzgartira olish imkoniyatidir. Download 90.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling