1. Web-dizayn tushunchasi


Brauzerda birlamchi yuklanadigan web-sahifa


Download 90.98 Kb.
bet5/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

Brauzerda birlamchi yuklanadigan web-sahifa. Saytdan foydalanish undan boshlanadi. Odatda, foydalanuvchi oʻzining qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni koʻrishi mumkinligi haqida uy sahifasidan ma’lumot oladi. Brauzer tomonidan dastur yuklangandan soʻng terminalda paydo boʻladigan web-sahifaning, portalning, majmuaning birinchi sahifasi hisoblanadi. Odatda, prezentatsiya va navigatsiya boʻyicha ham asosiy ish bajaradi.

Prezentatsion sayt – nomidan koʻrinib turibdiki, sayt firma (xizmatlar) mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi. Ma’lum sondagi sahifalarni oʻzida birlashtirib, kamdan-kam holatda yangilanadi. Saytning asosiy vazifasi – taqdim qilinayotgan xizmatlar va uning afzalliklarini tashrif buyuruvchilargacha vizual jihozlash yordamida maksimal tezlik va samara bilan yetkazib bera olishdan iborat. Bunday loyihalar tartib qoidalar boʻyicha aniq, noyob dizayn, grafikli jihozlanish matnli ma’lumotlar oldida ustunlik qiladi. Kamdan-kam ishlatiladigan flash-animatsiyalar yoki sayt toʻlaligicha Flashda tayyorlangan boʻlishi mumkin.
Misol sifatida http://www.lovalstudios.com va http://www. designchapel.com saytlarida keltirilgan sahifalarni aytish mumkin.
Korporativ saytlar – tashkilotning (firmalar, korporatsiyalar) internet tarmogʻidagi vakolatxonasi hisoblanadi va binobarin, bunday loyihalarda eng asosiy talab ma’lumotning, ya’ni grafika yoki matnning jihozlanishiga qaratiladi.
Informatsion resurslar – bu elektron kutubxonalar va gazetalar. Bunday tipdagi saytlarda ma’lumotlar bir sutkada bir necha marta yangilanadi. Ma’lumotlarning hajmi juda ham katta va bunday saytlarni ishlab chiqishda shuni ta’kidlash kerakki, tashrif buyuruvchi saytni tomosha qilish uchun emas – ular mazmuni uchun kelishadi. Yangiliklar nashri (misol uchun – http://www.cnews.ru) yoki http://sight.nmi.ru singari rasmlar galereyasida, loyihaning bosh maqsadi – yuqori tezlikda ma’lumotni tashrif buyuruvchiga taqdim qilish yoki bu ma’lumotni qidirish imkoniyatini ta’minlash. Har qanday grafikli bezaklar sahifaning hajmini ya’ni sahifaning yuklanish vaqtini oshirib yuboradi. Shuning uchun mumkin qadar bunday loyihalarda dizayn matnli koʻrinishda ishlab chiqiladi. Kartinkalar, fotografiyalar, grafiklar, sxemalar illustratsiyalar hisoblanadi.

Download 90.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling