1. Web-dizayn tushunchasi


Web-dizayn (ingliz tilidan olingan boʻlib, web-design


Download 90.98 Kb.
bet2/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

Web-dizayn (ingliz tilidan olingan boʻlib, web-design – web-sahifani loyihalash ma’nosini bildiradi) – bu web- sahifaning jihozlanishidir. Web-dizayn sayt uchun xuddi poligrafiya dizayni va qogʻozli nashrlar dastgohlari singari muhim rol oʻynaydi. Web-dizayn deganda nafaqat web-sayt uchun grafikli elementlarni yaratish, balki uning strukturasini loyihalash, unda harakatlanish vositalari, ya’ni butun savini yaratish tushuniladi. Shu sababli ham biz ushbu darslikda nafaqat web-muharfirlarni, balki grafik muharrirlar, animator dasturlami ham gapirib oʻtishni ma’qul koʻrdik.
Agar sayt juda ajoyib bezatilgan boʻlib, ammo unda qulay va tushunarli harakatlanish chizmasi hammabop kerakli matnlar boimasa, sayt yaxshi dasturchilar tomonidan tayyorlangan samarali dasturiy vositalarga ega boʻlmasa – bunday sayt tezda oʻz foydalanuvchilarini yoʻqotadi va undagi noqulaylik (hattoki u professional va munosib stilda tayyorlangan boʻlsa ham) muvaffaqiyatsizlikka mahkum boʻladi. Yaxshi web-dizayn saytning sahifalarini hamohanglik bilan birlashtiradi. Boshqacha aytganda, web-dizayn saytning joylashish oʻrnini belgilaydi.
Web-dizaynni oʻrganishda quyidagi uchta tushuncha muhim ahamiyat kasb etadi: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa – oʻzining unikal adresiga ega boʻlgan va maxsus koʻrish dasturi yordamida (brauzer) koʻriluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi – multimediali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Inglizcha «site» (tarjimasi «joy») soʻzining oʻzbekcha talaffuzi.
Umumjahon oʻrgimchak toʻri ma’lum axborot topish mumkin boʻlgan va noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL web-saytning bosh sahifasi manzilini koʻrsatadi. Oʻz navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar boʻladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin.

Download 90.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling