1. Web-dizayn tushunchasi


Download 90.98 Kb.
bet9/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

VBScript nima?


VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan boʻlib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information Server (IIS)lar bilan ishlashga moʻljallangan tildir. VBScript tilining JavaScript tili bilan umumiy qismlari bir nechta. Jumladan, u aynan Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qoʻlla nish sohasini cheklay olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli (sharhlovchi, izohl ovchi, tushuntirib beruvchi) til hisoblanib, Microsoftning Web-texnologiyalari (masalan ASP (Active Server Page)) bilan hamkorlikda ishlay oladi. Shunga qaramay VBScript mijoz tomonida ishlovchi ssenariy hisoblanadi, ASP esa server tomonida ishlaydi.
Server tomonidagi ssenariylar
Dasturning ishlashi toʻliq sayt joylashtirilgan serverga bogʻliq. Server tillarining ishlashining muhim jihatlaridan biri bu serverda tartiblangan holda saqlanuvchi va xohlagan paytda chaqirilishi mumkin boʻlgan ma ’lumotlarni bevosita ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan oʻzaro bogʻlangan holda faoliyat yuritadi. Eng koʻp ishlatiladigan ma ’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari quyidagilar: Firebird, IBM DB2 Express-C, Microsoft SQL Server, Microsoft SQL Server Express, mSQL, MySQL, Oracle, PostgreSQL, SQLite, Sybase Adaptive Server Enterprise.
Server tomonida bajarilishi kerak boʻlgan ssenariylar, odatda, sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi. Foydalanuvchi soʻroviga asosan server bu ssenariyni bajaradi. Bajarilgan ssenariy natijasi web-serverga uzatiladi va undan soʻng mijozga uzatiladi. Server tomonidagi ssenariylarni tashkil etishi uchun, odatda, Perl, ASP, PHP, JSP, SSI kabi tillar va texnologiyalardan foydalaniladi.
Perl nima?
Perl – bu protsedurali dasturlash tili boʻlib, juda keng qamrovli topshiriqlarni yechish uchun moʻljallangan universal uskunadir. Perl boshqa toʻlaqonli tillar singari platformalarga, operatsion tizim va boshqa vositalarga bogʻliq boʻlmagan funksiyalar va qoidalar toʻplamiga ega asosdan tashkil topgan. Perl tili Web-ilovalar yaratishda eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. Matnlarni qidirish va tahrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari uchun Perl tili Internetning asosiy tillaridan biri boʻlib qoldi. Perl – interpretatorli til hisoblanadi, shu bois unda yaratilgan ssenariylar ishlashi uchun server kompyuterda Perl- interpretator oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Bevosita Perl-kodning interpretatsiya qilinish jarayoni uning samaradorligini pasaytiradi. Bugungi kunda Perlning asosiy yutuqlaridan, uning barcha platformalar uchun ishlay olishi va uning barcha resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Koʻpgina web-serverlar UNIXda ishlaydi, Perl-interpretator esa bu operatsion tizimning bir qismi hisoblanadi.
ASP nima?

Download 90.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling