1. Web-dizayn tushunchasi


HTTP (HyperText Transfer Protocole


Download 90.98 Kb.
bet7/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

HTTP (HyperText Transfer Protocole) – Gipеtmatnlarni joʻnatish protokoli – wеb- brauzеr va wеb-sеrvеr muloqotining asosini tashkil etadi. HTTP Intеrnеtda foydalaniladigan yagona protokol emas.
TCP (Transmission Control Protocol) – Ma'lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli; IP (Internet Protocol) – Internet protokoli - Har bir kompyuterga qoʻyiluvchi manzil; FTP (File Transfer Protocol) – Fayllar uzatish protokoli; SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta uzatish protokoli; POP (Post Office Protocol) – pochta boʻlimi protokoli; HTTPS (HyperText Transfer Protocol Secure) – shifrlangan gipermatnlarni uzatish protokoli; IMAP (Internet Message Access Protocol) – Internet xabarlaridan foydalanish protokoli kabi protokollar mavjud.
Gipеtmatnlarni joʻnatish protokolida wеb-brauzеr HTTP maxsus komandasi orqali sеrvеr bilan bogʻlanish uchun soʻrov joʻnatadi. Agar soʻrov qoniqtirilsa, brauzеr sеrvеr bilan bogʻlanadi.
Qabul qiluvchi tomon nima qilishni oʻzi xal qiladi yoki ekranda faylni koʻrsatadi, yoki uni diskda saqlab qoʻyadi
Gipеrmatnlarni belgilash tili (HTML – HyperText Markup Language) wеb-brauzеrlar ekraniga ma’lumotlarni standart kodlar orqali chop etish imkoniyatini bеradi.
Web-saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari
Bugungi kunning talablaridan kelib chiqib toʻlaqonli web -saytlar yaratishda bir qancha turdagi dasturiy vositalardan foydalaniladi. Chunki toʻlaqonli web-saytni shakllantirish uchun uning turli formatdagi informatsion obyektlariga turli muharrirlar yordamida ishlov beriladi. Masalan, saytga tegishli turli formatdagi tasvirlar (rasmlar) grafik muharrirlar yordamida yaratiladi va ularga ishlov beriladi.
Shu kabi toʻlaqonli web-saytlar yaratishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalarni toʻrtta katta guruhga ajratish mumkin (1-rasm).

1-rasm. Web-saytlar yaratishda qoʻllaniladigan dasturiy vositalar guruhlari.

Unga koʻra: Grafik muharrirlar; Web muharrirlar; Animator dasturlar; Audio-video muharrirlar. Grafik muharrirlar: Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Illustrator, AutoCad, Ulead Photoimpact. Web muharrirlar: FrontPage, Macromedia Dreamweaver, HomeSite, WebStudio, Web Page Maker. Animator dasturlar: Adobe Flash, 3DS Max, GIF Animator, XARA 3D, Alias MAYA. Audio-video muharrirlar: Ulead VideoStudio, Pinnacle Studio, Video EditMagic, Sound Forje, Adobe Premiere Pro. Bundan tashqari web-muharrirlarning ham turlari juda koʻp. Ular oʻzining imkoniyati, tezkorligi, interfeysi va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi. Bular: Блокнот (NotePad), AkelPad, Sothing DHTML Menu, PHP Designer, HTML Reader, HomeSite, Dreamwearver CS4.


Web-dizaynda qoʻllaniladigan bir qancha dasturiy vositalar mavjud. Bir qancha uskunaviy dasturlar, turli dasturlash tillari va boshqalar. Eng koʻp qoʻllaniladigan tillarga misol qilib, HTML – gipermatnlarni belgilash tili, PHP, ASP, Java, JavaScript, DHTML va boshqa tillarni aytish mumkin.
Web-dasturlash tillari ikki guruhga boʻlinadi: mijoz va server tillari. Biz yuqorida web-serverga ta’rif berdik. Unga koʻra server sizning saytingiz saqlanadigan, brauzerning soʻrovlari qayta ishlanadigan, qaysidir sahifadagi dasturlar saqlanadi. Undan tashqari serverga quyidagicha ta’rif berish mumkin: server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar ba’zalari va boshqalar saqalanadi.
Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qoʻyilishiga koʻra cheklangan boʻlishi mumkin (2-rasm).


Download 90.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling